4-ma’ruza. Modellashtirish va uning tilshunoslikka tatbiqi
Download 43.65 Kb.
|
052e7a8a-ca2a-42c6-847d-5c0c04cd9e1f
- Bu sahifa navigatsiya:
- = ega, O = to’ldiruvchi, V = kesim.
- Adabiyotlar
4-ma’ruza. MODELLASHTIRISH VA UNING TILSHUNOSLIKKA TATBIQI Reja: Model tushunchasining mohiyati. Modellashtirish va uning tilga tadbiqi. Modellashtirishning pragmatik jihatlari va kamchiliklari. Model tushunchasi lotincha “modelus” so’zidan olingan bo’lib, tabiiy fanlar yoki umuman fanda shunday moddiy qurilma sifatida tushuniladiki, unga muayyan obyekt haqida ma’lumotlar kiritilganda hosila sifatida yana shu obyekt yuzaga keladi. Boshqacharoq tudhuntirganda, model tabiiy obyektlarning immitatsiyasidir (o’xshashi, taqlidi, tabiiy ko’rinishidir), u o’zbek tilidagi qolip, andoza so’zlariga mos keladi. U hodisalarning yuzaga kelishi uchun asos vazifasini o’taydi va aniq yoki mavhum obyektlar kichraytirilgan obyektlar va sxemalarda tadqiq etiladi. Buni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo’lsak, olmani xarakterlovchi belgilar, atributlar – uning dumaloqligi, mevaligi, shirinligi kabilar o’sha tushunchaning fikriy modeli hisoblanadi. Agar biz olmani loydan yoki sun’iy bir materiallardan yasasak, bu uning moddiy modeli hisoblanadi. Model quyidagi asoslarga ko’ra bilishda muhin hisoblanadi: birinchidan, u o’rganish obyektini soddalashtiradi; ikkinchidan, uni boshqa obyektlar ta’siridan ajratadi; uchinchidan, model obyektni ta’riflashni osonlashtiradi. Model dastlab amaliy sohalarda ishlatilgan. Keyinchlik ilm fanning ijtimoiy sohalariga ham kirib keldi. Bu matematika, kimyo fanlariga keng tadbig’ qilingani yaqqol ko’rinadi. Modellarni quyidagicha tasniflash mumkin: Tabiiy modellar – o’rganilayotgan obyekt bilan bir turda bo’ladi va undan faqat o’lchamlari jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladi. Matematik modellar – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo’ladi. Mantiqiy-matematik modellar – belgilardan iborat bo’lib, abstrakt model hisoblanadi va tafakkur jarayonini o’rganishda qo’llaniladi. Modellashtirish har bir fan obyektini soddalashtiruvchi metoddir. Lingvistik birliklarni modellashtirish bu belgilar tarkibidagi elementlarning barqaror munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham butunlik tarkibidagi elementlar o’rtasida munosabatlarning barqaror va beqaror turlarga ajratilishi lingvistik modellashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Modellashtirish barcha fanlar uchun xos bo’lgan umumilmiy metod hisoblanadi va u quyidagi tamoyillarga amal qiladi: deduktivlik – mantiqiy xulosa chiqarishga asoslangan bo’ladi, xususiylikdan umumiylikka tamoyilida bo’ladi; tafakkur eksperimentidan foydalanish; modelni ideallashtirilgan obyekt sifatida talqin qilish. Shu o’rinda aytib o’tish zarurki, modellashtirish obyektni umumlashtirish darajasiga ko’ra quyidagicha bo’ladi: Lingvistik faktni tavsiflashga qaratilgan analaitik model. Oraliq model yoki to’ldiruvchi model. Maksimal umumlashtirishga asoslangan sintezlovchi model. Lingvistik model tushunchasi struktur tilshunoslikning E.Sepir, L. Blumfild, R.Yakobson, Chomskiy, Harris, Hokket kabi namoyandalari tomonidan kirib kelgan. Uning taraqqiyoti esa XX asrning 60-70 yillariga (matematik va kibernetik lingvistika rivojlana boshlagan davrga) to’g’ri keladi. Lingvistik modelni quyidagi turlarga ajratish mumkin: Inson nutqiy faoliyati moderllari. Bu modellar konkret nutq jarayonini va hodisalarini aks ettiradi. Masalan, aniq bir tovushning talaffuz modeli yoki nutqning yuzaga chiqish modeli. Lingvistik tadqiqot modellari. Bunda muayyan til hodisalari asosida olib borilgan tadqiqot jarayonini aks ettiradi. Metamodellar – bunda lingvistik modellar saralanadi, u gipotetik-deduktiv xarakterga ega bo’ladi, o’ta abstraktlashgan va ratsionallshgan bo’ladi. Modellashtirish metodi ayrim tillarda, jumladan, ingliz tilida faol tadbiq qilingan. O’zbek tilida sodda gap qurilishi: S + O + V : Men kitob o’qidim. Men xat yozdim. = ega, O = to’ldiruvchi, V = kesim.Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, o’zbek tilida qo’shma gapning eng kichik modeli quyidagicha bo’ladi: S1 + V1, S2 + V2 : Bahor keldi, ishlar qizib ketdi.Ingliz, rus tillarida sodda gap qurilishi quyidagicha belgilangan: S + V + O: Я пишу диссертацию. Он читает книгу. I have read the book. I am writing a research workModellashtirish metodi keyingi paytlarda tilshunoslikda faol tadbiq qilina boshlandi. Bunda olimlar bu metodning bir qator abzalliklari va pragmatik jihatlarini nazarda tutadilar. Buni quyidagicha izohlash mumkin: Birinchidan, modellashtirish amaliy metod hisoblanadi, tavsifiy emas. Ikkinchidan, modellashtirish metodi har qanday sharoitda optimal hisoblanadi. Optimal – eng qulay,eng yaxshi degan ma’nolarni ifodalaydi. Uchinchidan, modellashtirish metodi ekonomiya prinsipiga tayanadi. Bunda so’z tejaladi. To’rtinchidan, obyektni tushuntirish va izohlashni osonlashtiradi va soddalashtiradi. Borliqdagi hamma narsalarning ijobiy va salbiy tomonlari bo’lgani kabi, modellashtirish metodining ham pozitiv va pragmatik tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham bor. Uning kamchiliklari, salbiy tomonlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: Birinchidan, modellashtirishda faqat struktur va formal belgilarga asoslaniladi. Bunda mazmuniy tomon, semantik qirralar e’tibordan chetda qoladi. Vaholanki, har qanday hodisaning, xususan, lisoniy hodisaning, mohiyati shakl va mazmun birligida o’z ifodasini topgan bo’ladi. Ikkinchidan, bizning obyekt haqidagi bilimlarimiz rivojlanib brogan sari modellar eskiradi. Avvalgi bilimlarni inkor qilish hisobiga fan rivojlanadi. Mavjud modellar bilimlarimiz ufqini cheklaydi va xato tasavvurlarga olib keladi. Uchinchidan, tabiat va jamiyatdagi hech bir narsa boshqa obyektlar ta’siridan holi bo’lmaydi. Ya’ni modellar nisbiylik xarakteriga ega bo’ladi, biz ularni mutlaq haqiqat sifatida qabul qila olmatymiz. «Model» tushunchasi fan va texnikada turli ma'nolarda ishlatilgani bois modellashtirish turlarining yagona tasnifi mavjud emas. Tasnif modelning xarakteriga ko‘ra, modellashtirilayotgan ob'ektning tabiatiga ko‘ra, modellashtirish tatbiq qilinayotgan soha yoki yo‘nalishga qarab amalga oshirilishi mumkin. Modellarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: 1.Tabiiy modellar – o‘rganilayotgan ob'ekt bilan bir turda bo‘ladigan va undan faqat o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba'zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladigan modellar. 2.Matematik modellar – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan farq qiladigan, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘lgan modellar. 3.Mantiqiy-matematik modellar – belgilardan iborat bo‘lgan, tafakkur jarayonini o‘rganishda qo‘llanadigan abstrakt modellar. 4.Kompyuter modellari – matematik, mantiqiy modellashtirish metodlariga asoslanib kompyuterda algoritm va dasturlardan foydalangan holda yaratiladigan modellar. Modellashtirish har bir fan ob'ektini soddalashtiruvchi metoddir. Lingvistik birliklarni modellashtirish bu belgilar tarkibidagi elementlarning barqaror munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham butunlik tarkibidagi elementlar o‘rtasida munosabatlarning barqaror va beqaror turlarga ajratilishi lingvistik modellashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Modellashtirish barcha fanlar uchun xos bolgan fanlararo metod hisoblanadi va u quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
deduktivlik–mantiqiy xulosa chiqarishga asoslanish, xususiylikdan umumiylikka boorish tamoyili; tafakkur eksperimentidan foydalanish; evristik funksiyaga ega bo‘lish,yangi g‘oyalar bera olish va uni amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish; modelni ideallashtirilgan ob'ekt sifatida talqin qilish. -eksplanatorlik xususiyatiga, ya'ni tushuntirish kuchiga ega bo‘lishi kerak. Shu tamoyillarga asoslansagina model an'anaviy nazariyalar tushuntirib bera olmagan muammoni hal qiladi, ob'ektning ilgari kuzatilmagan, ammo kelajakda amalga oshishi mumkin bo‘lgan tomonini kashf etadi.1 Modellashtirish jarayoni uch asosiy tushunchani o‘z ichiga oladi: sub'ekt (tadqiqotchi); tadqiqot ob'ekti; o‘rganuvchi sub'ekt va o‘rganiluvchi ob'ekt munosabatini aks ettiruvchi model. Modellashtirishning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: informatsion modellashtirish, lingvistik modellashtirish, kompyuter asosida modellashtirish, matematik modellashtirish, matematik-kartografik modellashtirish, molekulyar modellashtirish, mantiqiy modellashtirish, pedagogik modellashtirish, psixologik modellashtirish, statistik modellashtirish, struktur modellashtirish, fizik modellashtirish, iqtisodiy-matematik modellashtirish, imitatsion modellashtirish, evolyusion modellashtirish, kognitiv modellashtirish kabi. Kompyuter asosida modellashtirish bugungi kunda barcha fanlarda, xususan, kompyuter lingvistikasida ham samarali qo‘llanayotgan metod hisoblanadi.2 Kompyuter asosida modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
masalaning qo‘yilishi, modellashtirish ob'ektining aniqlashtirilishi; konseptual (tushunchaviy, fikriy) modelning ishlab chiqilishi, asosiy tushunchalarning ajratib olinishi; formalizatsiya, ya'ni matematik model bosqichi; algoritmyaratilishi hamda dastur tuzilishi; kompyuter eksperimentlarini o‘tkazish; natijalar tahlili va talqini. Sun'iy intellekt tizimi doirasidagi tabiiy tilli interfeys, ekspert tizimlari, neyron tarmoqlar, lingvoanalizatorlar, gapiruvchi avtomatlar – barchasi kompyuter asosida modellashtirish natijasi hisoblanadi. Modellashtirishning ob'ektni umumlashtirish darajasiga ko‘ra turlari quyidagicha: Lingvistik faktni tavsiflashga qaratilgan analitik model. Oraliq model yoki to‘ldiruvchi model. Maksimal umumlashtirishga asoslangan sintezlovchi model. Lingvistik model tushunchasi struktur tilshunoslikning E.Sepir,L.Blumfild, R.Yakobson, N.Xomskiy, Z.Harris, Ch.Hokker kabi namoyondalari tomonidan kirib kelgan. Lingvistik model taraqqiyoti esa XX asrning 60 - 70-yillariga (matematik va kibernetik lingvistika rivojlana boshlagan davrga) to‘g‘ri keladi. Lingvistik modelni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1.Inson nutqiy faoliyati modellari. Bu modellar konkret nutq jarayonini va hodisalarini aks ettiradi. Masalan, aniq bir tovushning talaffuz modeli yoki nutqning yuzaga chiqish modeli. 2.Lingvistik tadqiqot modellari. Bunda muayyan til hodisalari asosida olib borilgan tadqiqot jarayoni aks ettiriladi. Masalan, o‘zbek tilida morfologik usul asosida so‘z yasalishining umumiy modeli: asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha; xususiy modellari: asos + -chi; asos + -dosh; asos + -do‘z kabi. 3.Metamodellar– bunda lingvistik modellar saralanadi, u gipotetik-deduktiv xarakterga ega, abstraktlashgan va ratsionallashgan bo‘ladi. Modellashtirish metodi ayrim tillarga, jumladan, ingliz tiliga faol tatbiq qilingan. Ingliz, rus tillarida sodda gap qurilishi quyidagicha belgilangan: S + V + O: S = ega, O = to‘ldiruvchi, V = kesim. Я пишу диссертатсию. Он читает книгу. I have read the book. I am writing a research work. O‘zbek tilida sodda gap qurilishi: S + O + V: Sen she'r bitding. Men she'r yod oldim. S = ega, O = to‘ldiruvchi, V = kesim. O‘zbek tilida qo‘shma gapning eng kichik modeli quyidagicha bo‘ladi: S,,+V, S2 + V2: Bahor keldi, qalblar huzurga to‘ldi. T –H so‘z birikmasining modeli ( tobe – hokim ). WPm minimal sodda gapning modeli. M: O‘qidim. Yozding. Ko‘p yillar davomida tilshunoslikda kuzatish metodlari yagona metod hisoblanib keldi. Ammo bu metodlar yordamida lingvistik hodisalarning ichki mohiyati ochilmaydi. Kuzatish metodi orqali so‘z shakllari, gap tuzilishi va boshqa struktur xususiyatlarni o‘rganish mumkin bo‘ladi. Til va nutqning tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli kuzatish metodi yordamida ularni to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Keyingi davrlarga kelib til hodisalarini yoritishda modellashtirishdan foydalanila boshladi. Modellashtirish metodida tadqiqotchi ob'ektning o‘zini emas,balki uning modelini o‘rganadi. Original bilan model o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va mutanosiblik mavjud bo‘ladi. Tilshunoslikda modelning uch turi farqlanadi:
Original modellar – ob'ektning tuzilishini o‘rganadi. 2. Funksional modellar – original modellarning ishlash tartibini o‘rganadi. 3. Struktur modellar – har ikkalasi haqida ma'lumot beradi. Original modellarga quyidagi talablar qo‘yiladi: Model tabiiy ob'ektning aynan nusxasi bo‘lishi kerak. Original model o‘zida elementlarning murakkab tuzilishini namoyon eta olishi kerak. Tabiiy ob'ektning hamma xususiyatlari original modelga to‘g‘ri kelishi lozim. Gipotetik (nazariy) modellarga xos xususiyatlar sifatida o‘z-o‘ziga zid emaslik, tavsifning to‘liqligi, modelning soddaligini keltirish mumkin. Yaratuvchi modellar tilshunoslik rivojlanishi natijasida yuzaga keldi. Bunda lingvistik modellar mavjud narsani tekshirishdan o‘tib, yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi. Yaratuvchi modellar invariantligi asosida variantlar haqida xulosa chiqariladi. Modellashtirish metodi keyingi paytlarda tilshunoslikka faol tatbiq qilina boshladi. Bunda olimlar mazkur metodning bir qator afzalliklari va pragmatik jihatlarini nazarda tutadilar. Buni quyidagicha izohlash mumkin: -birinchidan, modellashtirish tavsifiy emas, amaliy metod hisoblanadi; ikkinchidan, modellashtirish metodi har qanday sharoitda optimal («eng qulay», «eng maqbul») hisoblanadi; uchinchidan, modellashtirish metodi ekonomiya prinsipiga tayanadi. Bunda uzun ta'rif va tavsiflarga ehtiyoj bo‘lmaydi; to‘rtinchidan, ob'ektni tushuntirish va izohlashni osonlashtiradi va soddalashtiradi. Modellashtirish metodining pozitiv va pragmatik tomonlari bilan birga cheklangan tomonlari ham bor. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: -modellashtirishda faqat struktur va formal belgilarga asos- laniladi. Bunda mazmuniy tomon, semantik qirralar e'tibordan chetda qoladi. Vaholanki, har qanday hodisaning, xususan, lisoniy hodisaning mohiyati shakl va mazmun birligida o‘z ifodasini topadi; -ob'ekt haqidagi bilimlar rivojlanib borgan sari modellar eskiradi. Fan, ma'lum ma'noda, avvalgi bilimlarni inkor qilish hisobiga rivojlanadi. Mavjud modellar bilimlar chegarasini nisbatan cheklaydi va xato tasavvurlarga olib kelishi mumkin; -tabiat va jamiyatdagi hyech bir narsa boshqa ob'ektlar ta'siridan xoli bo‘lmaydi. Ya'ni modellar nisbiylik xarakteriga ega, ularni mutlaq haqiqat sifatida qabul qilib bo‘lmaydi. Modellashtirish tilshunoslikda strukturalizm yo‘nalishi ta'sirida faol tatbiq qilina boshlandi. Gap strukturasini modellashtirish g‘oyasi XX asrning 50-yillarida amerikalik tilshunos Charlz Friz tomonidan olg‘a surildi. Olim o‘z qarashlarini umumlashtirib 1952-yilda «Thye Struture of English» nomli tadqiqotini yaratdi. Ch.Friz o‘z konsepsiyasini distributiv model deb nomlagan. Unga ko‘ra, gap muayyan so‘z turkumlariga oid bo‘lgan so‘zlar zanjiri hisoblanadi va tahlilda morfologiya bazasiga tayaniladi. Masalan, «The young man painted thye door yesterday» jumlasi distributiv model asosida quyidagicha tahlil etiladi: D 3 P 2-d D Ib 4. Bu yerda D – otning aniqlovchisi (inglizcha determiner), 3 – sifat, I – birlikdagi ot, 2-d – o‘tgan zamon shaklidagi fe'l, 4 – ravishni anglatadi. Demak, mazkur modelda turli so‘z turkumlariga mansub so‘z shakllarining nutq zanjiridagi distribuwiyasi(tarqalishi, qurshovi) gap strukturasini modellashtirishning asosiy mezoni sanaladi. AdabiyotlarYoqubov T., Karimbekov S. Matematik mantiq elementlari.Toshkent: O’qituvchi, 1996. Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. – М.: МГОУ. 1992. Кодухов В.И. Методы лингвистического анализа. – Ленинград. 1963. Пулатов А. Текст лекций по математической и компьютерной лингвистике (электронный вариант). 1 Po‘latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. - Toshkent, 2007. -B.23 2 Grishman R. Computational linguistics // Cambridge University Press. 1994. -P-.7-8. Download 43.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling