4-ma’ruza: O'simliklarda suv almashinuvi reja: suvning o'simlik hayotidagi o'rni suvning hujayradagi taqsimoti
Download 33.46 Kb.
|
4-Ma\'ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.3. TURGOR VA PLAZMOLIZ
Xloroplastlardagi suv. Ma'lumki, hujayra plastidalari uning boshqa organoidlari bilan o'zaro ta'sirda bo'lsada, ko'proq darajada erkin (avtonom)dir, ya'ni sitoplazma plastidalar uchun ularning ko'payishi, o'sishi va bir avloddan ikkinchi avlodga berilishida ichki muhit bo'lib xizmat qiladi.
Xloroplastlarning avtonomligi ularning ikkita membranalardan iborat qobiq bilan o'ralganligi va o'ziga xos genomga ega ekanligi bilan ifodalanadi. Xloroplatlarning o'z genomiga egaligi esa ularga hujayra ichida maxsus ko'payish imkonini beradi. Masalan, qurg'oqchilik ta'sirida dukkakli o'simliklarning barglaridagi suvning miqdori 48% ga kamaygani holda, ular xloroplastlari tarkibidagi suv 21% atrofida kamaygan xolos. Binobarin xloroplastlarning suv rejimi ham mustaqildir. Shuningdek barglardagi normal suv rejimida ham xloroplastlarning surish kuchi anchagina yuqori bo'ladi. Xloroplastlardagi suvning harakatchanligi haroratning ko'tarilishi bilan kam o'zgaradi, ya'ni xloroplastlardagi suv o'zi joylashgan hujayradagiga nisbatan turg'unroqdir. IV.3. TURGOR VA PLAZMOLIZ O'simlik hujayrasi qobig'ining asosiy qismi pektosellyulozadan iborat. Pektosellyulozali qobiq suv va unda erigan moddalarni yaxshi o'tkazadi. Plazmolemma va tonoplast yarim o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, suvni juda yaxshi o'tkazadi, ammo unda erigan moddalarni sekin o'tkazadi. Agar hujayra toza suvga tushirilsa, hujayra shirasining osmotik bosimining yuqori ekanligi tufayli, hujayra suvni tortib ola boshlaydi. Buning natijasida vakuolaning hajmi ortadi va hujayra sitoplazmasini siqa boshlaydi va uni hujayra qobig'iga yaqinlashtiradi. Bu esa hujayra qobig'i ichki bosim ta'sirida cho'zilishiga va hujayra qobig'ining taranglashishiga olib keladi. Bu holat hujayraning turgor holati deyiladi. Hujayra po'stining taranglashishiga olib keluvchi ichki kuchni turgor bosimi (T) deb ataladi. Aynan hujayralarning tarangligi butun o'simlik organizmini tik turish qobiliyatini ta'minlaydi. Agar hujayra yuqori kontsentrasiyali eritmaga, masalan osh tuzi eritmasiga solinsa, hujayra shirasidagi suv tashqi eritmaga chiqa boshlaydi va hujayraning hajmi kichrayadi. Shuning bilan birgalikda sitoplazma ham qisqaradi va u hujayra po'stidan ajrala boshlaydi. Hujayraning bunday holatini plazmoliz deb ataladi (IV.3-rasm). Plazmoliz holatidagi hujayra toza suvga tushirilsa, u suvni shimib yana o'zining avvalgi holatiga qaytadi. Bunga deplazmoliz deyiladi. Asosan plazmolizning uch xil holati kuzatiladi, ya'ni plazmolizning boshlang'ich fazasi, botiq va qavarik plazmoliz. O'simlik hujayralarining turgor holati fiziologik jarayonlarning muqobilligini belgilaydi. Buning uchun hujayra shirasini osmotik bosimi tuproq eritmasining osmotik bosimidan katta bo'lishi lozim. Download 33.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling