4-ma’ruza osma yo‘l va konveyerlar a Konveyersiz osma yo‘llar
Download 69.58 Kb.
|
4-ma’ruzaOSMA YO‘L VA KONVEYERLARa) Konveyersiz osma yo‘llarCHorva mollari va parrandadan go‘sht va parrandani qayta ishlash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda korxona hududi va ishlab chiqarish sexlarida katta miqdordagi yuklar gorizontal, qiya va vertikal yo‘nalishda tashiladi. Ko‘p hollarda chorva va parranda go‘shtlarini tashish va qayta ishlash texnologik jaraѐnlari birlashtiriladi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun uzluksiz texnologik tizim (potochnaya-texnologicheskaya liniya) hosil bo‘ladi. Transpor va transport-texnologik operatsiyalar go‘sht va parrandani qayta ishlash korxonalarida barcha ishlab chiqarish jaraѐnining 20% -ni tashkil etadi. SHuning uchun zavod ichi transportining mexanizatsiyalanish darajasi, transport organlarining to‘g‘ri tanlanishi va ekspluatatsiya qilinishi katta ahamiyatga ega. Mahsulotni tashish va texnologik operatsiyalar o‘tkazish uchun uzluksiz liniyalarda osma transport vositasi va konveyerlar qo‘llaniladi. Osma yo‘llar mahsulot ishlab chiqarishning uzluksizligi va me’ѐrdagi sanitargigienik sharoitlarni ta’minlaydi. Osma yo‘llar konveyersiz ilgak ѐki roliklarga ilingan yukni qo‘l bilan harakatlanuvchi; ѐki konveyerli yukni mexanik usulda harakatlantiruvchi bo‘lishi mumkin. Bunda siltovchi ѐki uzluksiz harakatlanuvchi zanjir ѐki kanatli ilgak ѐki rolik ilingan konveyer qurilmalaridan foydalaniladi. Osma yo‘llar gorizontal ѐki og‘ma bo‘ladi. Osma yo‘larning joylashish poldan balanligi bo‘ylab harakatlanadigan mahsulot turiga bog‘liq, odatda go‘sht kombinatlarida osma kovshlarni mahsuloti bilan transportirovka qilish uchun 2,45 m, go‘sht-ѐg‘ sexlarida chorva go‘shtiga ishlov berish uchun va sovutgichlar 3,35 m – ni tashkil etadi. Osma yo‘llar iloji boricha engil, mustahkam, ishchi personal uchun xavfsiz, detallari tez almashinadigan bo‘lishi kerak. Osma yo‘llardan foydalanish oson bo‘lishi kerak. Konveyersiz osma yo‘llar. Konveyersiz osma yo‘llar (10 -rasm) karkas, osma, rels, strelka va yuruvchi yuk ko‘taruvchi organlardan iborat. Karkas. U asosiy va yo‘l to‘sinlaridan 2 iborat. Asosiy to‘sinlar bino qurilish to‘sinlariga tayanishi (devor va ustunlar) uchun maxsus tayanch temir asoslar 6 o‘rnatiladi va iskanja (xomut) va boltlar bilan mahkamlanadi. Asosiy to‘sinlar osma yo‘ldagi barcha yukni ko‘taradi. Ular odatda dvutavr ko‘ndalang kesimi 20-28 rusumli po‘lat to‘sinlardan ѐki shvellerdan tayѐrlanadi. Ba’zan ѐg‘och to‘sinlar ham ishlatiladi, lekin ular ishonchsizroq va xizmat muddati kamroq. Yo‘l to‘sinlari (2) asosiy to‘sinlarga pastdan boltlar va iskanjalar orqari mahkamlanadi. Ularga osmalar mahkamlanadi. Yo‘l to‘sinlari odatda 13x25 ѐki 25x25 sm kesimli ѐg‘ochdan yasaladi. To‘sinlar antiseptik eritmadan to‘yintiriladi va tashqi tomoni bo‘yaladi. Uch tomoni bo‘yalmaydi. To‘sinlarning ko‘ndalang kesimi yuzasining qiymati odatda yuk kattaligiga qarab hisoblab topiladi. Bunda po‘lat to‘sinlar uchun egilishning ruxsat etilgan kuchlanishi 400 kG/sm2 (13760 N/sm2), ѐg‘och to‘sinlar uchun esa - 100 kG/sm2 (981 N/sm2) bo‘ladi, ruxsat etilgan egilish esa to‘sin uzunligining 1:350 ga teng deb qabul qilinadi. 10-rasm. Konveyersiz osma yo‘l. 1 – asosiy to‘sinlar; 2 – yo‘lka to‘sinlari; 3 - osmalar; 4 - rels; 5- binolarning tayanch ustunlari; 6 – asosiy to‘sinlarni mahkamlash uchun temir asoslar (konsollar). Osmalar. Osma 3 unga yo‘l relsini mahkamlash va barcha yukni karkasga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Ular cho‘yan ѐki po‘latdan tayѐrlanadi va yo‘l balkalari bilan balkani teshib ichidan o‘tkaziladigan boltlar ѐrdamida biriktiriladi. Osmalar oralig‘i masofasi yo‘lning ishchi bo‘limlarda 0,6 m, yuksiz bo‘limlarda 1,2 m - ni; parrandaga ishlov berish yo‘lida esa 2 m – ni tashkil etadi. Rels profiliga va vazifaziga qarab osmalarning turli konstruksiyalari ishlab chiqariladi (11-rasm). Tasmali po‘lat ѐki quvurdan tayѐrlangan konveyersiz yo‘llar uchun osmalar bir tomonlama tayѐrlanadi, shunda relsning ikkinchi tomonidan g‘ildirak skobasi erkin o‘tadi (11-rasm, a, b) . Ishchi oraliqda konveyer yo‘llarning osmalari, relsni qotirish uchun kronshteyndan tashqari, burchakli po‘lat uchun maxsus qanotchasi bo‘lib, unda konveyer zanjiri harakat qiladi (11-rasm, v), yuksiz qismida esa faqat konveyer zanjirini ushlash detallari joylashgan (11-rasm, g). Quy va cho‘chqani so‘yish va qayta ishlash konveyerlariga osmalarning maxsus shakli ishlab chiqariladi (11-rasm, d, e). 11 - rasm. Osmalar: a – konveyersiz, tasmasimon yo‘llar uchun; b - konveyersiz quvursimon yo‘llar uchun; v - konveyerli ishchi tasmali yo‘llar uchun; g - konveyerli yuksiz; d va e - qo‘yni qayta ishlash uchun konveyerli maxsus liniyalar. Yo‘l to‘sinlariga qotirish uchun osmalar teshikli tayѐrlanadi. Rels. Rels 4 (10-rasmga qarang) yukni berilgan yo‘nalishda tashish uchun tayanch ѐki yo‘l vazifasini bajaradi. Go‘sht kombinatlarida asosan bir relsli (monorelsli) osma yo‘llardan foydalanilgan. Germaniya, Daniya va ba’zi boshqa mamlakatlarda ko‘p metall sarfini talab etuvchi ikki relsli osma yo‘llardan foydalaniladi. Ular murakkabroq va o‘zini oqlamaydi. Monorelsli osma yo‘llar odatda 65x12 o‘lchamli tasma shakldagi po‘lat ѐki diametri 51 mm – li quvurdan yasaladi. Rels o‘rnida dvutavr to‘sindan foydalaniladi. Telejkalarning yuruvchi roliklari dvutavrning ostki tokchalariga tayanib, harakat qiladi. Relsning 1 m uzunligiga o‘rtacha 250 kg yuk to‘g‘ri keladigan qilib loyihalanadi, biroq rels kesmasining yuzasi yo‘ldagi og‘irlik va osmalar oralig‘i masofasiga bog‘liq. Download 69.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling