4-ma’ruza osma yo‘l va konveyerlar a Konveyersiz osma yo‘llar


Download 69.58 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi69.58 Kb.
#1837779
1   2   3   4   5   6
Taranglash stansiyasi. Ushbu stansiya o‘qqa o‘tkazilgan kronshteynda qotirilgan tishli yulduzchadan iborat. U yo‘naltirgich bo‘ylab harakatlanib zanjir ѐki kanat tarangligini ta’minlaydi.
Taranglash vint ѐki yuk osilgan tros ѐrdamida amalga oshiriladi, shuning uchun vintli ѐki trosli stansiya deb ataladi.
Rasm - 17, a – da ko‘p ishlatiladigan vint turli taranglash stansiyasi ko‘rsatilgan. U yo‘l to‘sinlariga 1 balkani teshib o‘tkazilgan boltlar 2 ѐrdamida qotiriladi.
Taranglash stansiyasi yo‘naltirgichlarga 3 o‘rnatilgan cho‘yan materialli quyma karetkadan (kronshteyn) 4 iborat. Karetka yo‘naltirgichda vint 5 ѐrdamida harakatlantiriladi. Vint gayka va kontrgayga ѐrdamida mustahkam qotiriladi.
Karetkada o‘q vertikal mustahkamlangan, o‘qda esa aylanuvchi yulduzcha mavjud.
Aylantirish stansiyasi. Rasm -17, b dagi stansiya chuyan kronshteynga qotirilgan o‘qqa kiydirilgan yulduzchadan iborat va zanjir harakati yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
O‘q 6-ga o‘rnatilgan yulduzchali 7 quyma cho‘yan kronshteyn 8 bolt va gaykalar 1, 2, 3 va 5 ѐrdamida yo‘l to‘sinlariga qotiriladi. YUlduzcha ostiga konveyerda o‘taѐtgan go‘sht tanalari moy bilan ifloslanmasligi uchun moy yig‘uvchi idish qo‘yiladi.

17-rasm. Osma konveyer detallari.
a — vint tipidagi taranglash stansiyasi: 1- yo‘lli to‘sinlar; 2-
boltlar: 3- yo‘naltiruvchilar; 4- karetka (kronshteyn); 5-vint; 6-yulduchali o‘q; b – aylantirish stansiyasi: 1-3,5-boltlar; 4- ѐg‘ uchun yig‘gich; 6-o‘q; 7-
yulduzcha; 8- kronshteyn.
Konveyerning tortish organi (zanjir). Uning vazifasi yukni osma yo‘lda bevosita harakatlantirishdir.
Konveyerning vazifasiga qarab tortish organi tekis ѐki vaqtning ma’lum oraliqlarida turtuvchi harakat bajarishi mumkin.
Konveyerlarning tortish organi sifatida ko‘pincha plastinkali sharnirli zanjir ishlatiladi. Payvandlangan zanjir ѐki kanat kamroq ishlatiladi, chunki ular ishlatishda qulay emas. Ularga barmoq qotirish juda qiyin, buning ustiga ish jaraѐnida kanat va payvandlangan zanjirlar tez cho‘ziladi, natijada barmoqlarni oraliq masofasi o‘zgaradi.
Konveyerlar uchun sharnirli kiydirilmaydigan (vtulkasiz) po‘lat zanjirlar keng qo‘llaniladi. Ularning bo‘limlari shtampalash usulida tayѐrlanadi, qadami 150 mm-ni tashkil etadi, shtirlar (boltlar) ѐrdamida bir-biriga ulanadi. Bunday konstruksiya zanjirni tez yig‘ilishini ta’minlaydi, yaroqsiz bo‘limlar tez almashtiriladi, zanjir plastinalariga turli yuk tashuvchi ѐki siljituvchi organlar qotirilishi mumkin. Kiydiriladigan (vtulkali) zanjirlar uzoq xizmat qilishiga qaramay vtulkasizga ko‘ra murakkab va qimmatroq, shuninguchun ular qo‘llanilmaydi.
18-rasmda osma konveyer zanjirlari ko‘rsatilgan.

18 - rasm.: Osma konveyer zanjirlari: a- ostki barmoqli zanjir; b – ѐn barmoqli zanjir; v – shoxli yirik mol kallasini osish uchun zanjir; g – shoxli kichik mol go‘shtini ilish uchun zanjir.
Ostki barmoqli zanjirning (18-rasm, a) ma’lum masofasida, ostki qismida, barmoqlarni sharnirli ulash joyi yasalgan plastinalar o‘rnatiladi. Barmoqlarda bo‘rtgan joyi mavjud bo‘lib ular barmoqlarni faqat bir tomonga ag‘darilish imkonini beradi. Zanjir harakatlanish vaqtida barmoqlar bo‘rtgan joyi bilan plastinalarga tayanadi, vertikal holatini saqlaydi va yuk ilingan roliklarni itaradi. Zanjirni yig‘ish vaqtida barmoqlarni bir juftdan shunday o‘rnatish mumkinki, ular turli tomnga ag‘darilsin. Bu konveyerdagi molning orqa oѐg‘ini tortib kengaytirish imkoniyatini beradi. Barmoqlar oralig‘idagi masofa zanjir qadamiga proporsional.
YOn barmoqli zanjir (18-rasm, b) dumaloq po‘latdan yasalgan barmoqni plastinaning ѐniga o‘rnatilishi bilan farq qiladi va ag‘darilmaydi. Bu zanjirlar asosan yukni pastga tushiruvchi ѐki balandga ko‘taruvchi og‘ma konveyerlarda qo‘llaniladi.
YUk ilgagi taqilgan zanjir (18-rasm, v,g) plastinaga sharnirli o‘rnatilgan po‘lat ilgak bilan ta’minlangan.
Plastinali zanjirlarning juft-juft ulangan bo‘limlaridan ikkitasi birgalikda va ikkitasi oraliq masofa bilan yig‘iladi. Ochiq qolgan oraliqqa yulduzcha tishlari kiradi.
Zanjir tarangligi konveyer uzunligi bo‘yicha notekis bo‘ladi. Nuqtalardan birida u minimal, keyin konveyerni harakatlantirish uchun kuch sarflashda, yuk tushish natijasida taranglik asta-sekin maksimalgacha o‘sib boradi.
Konveyerni ekspluatatsiya qilish uchun eng yaxshi sharoit yaratish natijasida yuritish stansiyasi odatda zanjirning eng tortiladigan joyiga o‘rnatiladi, taranglash stansiyasini esa – zanjirning eng kam tortiladigan joyiga o‘rnatiladi.
YUlduzchalarning zanjir bilan qamralish burchagi 1800 dan kam emas. Konveyerning tortish organi po‘lat kanat ѐki tros ko‘rinishida tayѐrlanishi mumkin. Unda bir xil masofada siqish boltlari ѐrdamida yuk osish ilgaklari taqilgan kolodkalar o‘rnatiladi.
Tortish organining bunday konstruksiyasi konveyerga xohlagan yo‘nalishga harakatlanish imkoniyatini yaratadi, natijada u fazoviy nomini olgan.
Ekspluatatsiya vaqtida kanat ѐki tros tortiladi, qisish kolodkalari esa bir-biriga yaqinlashadi, natijada ularning orasidagi masofa qisqaradi.
Gorizontalga nisbatan fazoviy konveyer mukammalroq . Uning tortish organi ma’lum masofada burchakli po‘lat yo‘naltiruvi bo‘ylab harakatlanuvchi ikki rolikli karetkalarga osilgan payvandlab tayѐrlangan zanjir hisoblanadi (19-rasm).

19-rasm. Parrandani qayta ishlash fazoviy konveyeri:
1– osma yo‘l; 2 – payvandlangan zanjir; 3 - karetka; 4 – tayanch roliklar.
Ushbu konveyerlar parrandani so‘yib ishlov berish uchun hamda yuklarni xohlagan yo‘nalishda, xohlagan balandlikda tashish uchun qo‘llaniladi.
Fazoviy konveyerlar ham yuritma va taranglash stansiyalaridan, aylanish shkivlari va bloklar, karetkali taranglash zanjiri va yo‘naltirgichlardan iborat.
Go‘sht va parrandani qayta ishlash korxonalarida konveyerlar ishlab chiqarishning ma’lum maromini (ritm) yaratadi. Ishlab chiqarishning texnologik mustahkamligini ta’minlaydi, ish unumdorligini oshiradi va ishlov berilgan mahsulot sifatini yaxshilaydi.
Download 69.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling