Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari:
1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali, unda har bir belgi mavjud strukturaning ichki munosabatidir
2. Tilning asosiy birliklari - fonema va morfemalar, ular o‘rtasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish shakllari hisoblanadi.
3. Tilni o‘rganishda diaxronik metodlarga qaraganda sinxronik tavsif metodlari afzalroqdir.
4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi o‘rinda turadi.
Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi:
1. Praga funksional lingvistika maktabi;
2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi;
3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi.
Savollar:
Sossyur tilshunosligining asosiy g‘oyalari nimalardan iborat?
Sossyur tilshunoslikda qaysi yo‘nalishga asos soldi?
Sossyur tilni til va nutqqa ajratishi nima ahamiyatga ega?
Strukturalizm qanday yo‘nalish?
Til tizim va u ierarxik tuzilmaga ega ekanligi til birliklari tadqiqiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.
2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.
3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.
5. Minniqulov I. Lingvistik tahlil metodlari. Toshkent. 2021.
Do'stlaringiz bilan baham: |