4-ma’ruza. Struktural metodlarning yaratilishida ferdinand de sossyurning lingvistik ta'limoti va strukturalizm maktablarining tutgan o‘rni. Reja
Sossyurning zamonaviy tilshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni
Download 28.68 Kb.
|
LTM 4-mavzu
2. Sossyurning zamonaviy tilshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni.
Zamonaviy sossyurshunosliqda tilning semiologik modeli tushunchasi belgining o‘ta darajadagi ixtiyoriyligi haqidagi goya targibi doirasida talqin qilinmokda. Buning ustiga, ko‘nchilik Sossyur ta’limotini anglashning kaliti ham aynan ixtiyoriylik goyasida deb hisoblaydi. Biroq bu masala atrofida ma’lum darajada tortishuvlar ham yo‘q emas. Masalan, R.Amaker ta’kidicha, Sossyur «Umumiy tilshunoslik kursi»ni nashrga tayyorlovchilar muallifning ayrim fikrlarini buzib talqin qilishgacha borib etishgan. Sossyurning «ifodalanmish va ifodalovchini boglovchi aloqa to‘ligncha ixtiyoriydir» mazmunidagi fikrida narsa-hodisalar va ularni atovchi nutqiy birliklar munosabati nazarda tutilmasdan, balki insonlarning tarixan shakllangan ijtimoiy tajribasiga asoslangan voqelik haqidagi bilimi inobatga olinadi. Ixtiyoriylik goyasi lisoniy belgilarning mazmundorligi (mazmuniy ahamiyati) tushunchasining talqinida ham o‘z ifodasini topadi. Hozirgi paytda tilning semiologik modeli olim taklif qilgan dixotomiyalar (juftliklar) umumlashmasi doirasida talqin qilinmoqda. Masalan, tilning «ijtimoiy mahsulot» yoki «tizim, kod» sifatida ta’riflanishi qarama-qarshi fikrlar talqinida qaralmasdan, balki to‘liq ixtiyoriylik tamoyili zaminida birlashuvchi yagona goya doirasiga kiritilmokda. Zero, tilning ijtimoiy hodisa (jamiyatda ta’sis qilingan, kelishilgan qoidalar umumlashmasi) bo‘lishi uning tizimlilik xususiyatini hech qachon inkor qilmaydi. Buiday ta’rif doirasida epistemiologik, bilishga oid (struktura, sub’ekt va ob’ekt munosabati, yaratuvchanlik), semiologik (lisoniy qobiliyat, muloqot, tizim, belgi) hamda turli lingvistik tushunchalarning o‘zaro bogliqligi masalasi ham nazardan qochirilmaydi. Tilning ushbu turdagi semiologik modelida odatda uning umumiy xususiyatlari ta’kidlanadi. Bu xususiyatlar nutqda substansiya shakliga ega bo‘lsa (ifodalanishda - tovushli, mazmun jihatidan - psixik), umuman tilda – bizning lisoniy qobiliyatimizga bogliq bo‘ladi. Alohida tillarda esa bunday semiotik umumiylik yo‘q, chunki belgi har bir tilda ixtiyoriy va har bir til alohida belgilar tizimidan foydalanadi. Tilni siixron ixtiyoriy belgilar tizimi sifatida talqin qilish sossyurshunosliqda an’anaviy tus olgan. Odatda, til tizimini ushbu ko‘rinishda taxdil qilish tilning boshqa ixtiyoriy tizimlardan farqini ajratish maqsadini ko‘zlaydi. Zero, til alohida birliklarni (dastlabki o‘riida - lugaviy birliklarni) qo‘llashda vaziyatga moslashuv xususiyatiga ega. Boshqa turdagi formal tizimlar (jumladan, mantiqiy-matematik tizimlar)da bunday emas. Ular til tizimi umumiyligiga bo‘ysunishga majburdirlar, chunki faqatgina lison barcha tizimlarni yorituvchi vosita - metatil vazifasini o‘tash qobiliyatiga ega. Tilshunosliqsa uzluksiz muhokama qilinib kelinayotgan Sossyur ta’limotiga oid masalalardan yana biri «belgining sof lingvistik mohiyati va uning tahlili» masalasidir. Bu masala muhokamasida asosiy e’tibor belgining ikkiyoqlama xususiyatga ega bo‘lishiga qaratilmoqda. Buida Sossyur umuman «so‘z» tushunchasi xaqida so‘z yuritayotib, «konkret birlikni» aniqlashga harakat qilganligini unutmaslik lozim. «Konkret birlik» so‘zlovchi ongida dastlab ifodalovchi belgilarni farqlovchi vosita sifatida ajratilsa, keyingi bosqichda ma’no va shaklni moslashtiruvchi vosita sifatida tasavvur qilinadi. Tilning boshqa semiotik tizimlardan asosiy farqi shundaki, lisoniy birliklar nutkda ketma-ket tarzda ifoda topadi. Bugungi sharoitda «assotsiatsiya» va «sintagma» tushunchalari tahlili masalasi yanada dolzarblashmokda, chunki sintagmaning til tizimiga yoki nutqqa oidligini aniqlash Sossyur ta’limotining sintaksisga oid tomonlarini tavsiflash uchun muhimdir. Ma’lumki, olim so‘zlovchining sintagmalar tuzishdagi shaxsiy istagi, ixtiyori bilan bir qatorda nutqiy vaziyatda hosil bo‘ladigan sintagmalarni ularning negizini tashkil qiladigan mavhum qoliplardan farqlash kerak ekanligini qayd qilgan edi. «Assotsiatsiya» va «sintagma» tushunchalari munosabati ikkiyoqlama ekanligini e’tiborga olish natijasida murakkab birliklarni tarkibiy qismlarga ajratishda assotsiativ guruhlarni farqlash amalidan foydalaniladi. Bu esa har bir ajratiladigan tarkibiy birlik asosida ma’lum guruhga oid mavhum assotsiativ birlik turishi to‘grisidagi fikrning isbotidir. Sossyur lisoniy birliklarning quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega bo‘lishini uqtirgan edi: Har qanday lisoniy belgi ixtiyoriy, o‘zgalardai farqlaiadi, belgilari o‘zaro qarama - qarshi va ifoda vositasiga befarqlik. Sossyur izdoshlari ushbu xususiyatlarning alohida tillar tizimida va bu tizimlarning turli taraqqiyot bosqichlarida qay ko‘rinishda namoyon bo‘lishi masalasini tadqiq etib kelishmokda. Bunday tadqiqotlar, albatta, eslatilgan xususiyatlarning umumiylik darajasini tasdiqlash bilan bir qatorda, ularning alohida tillar tizimidagi faollashuv darajasida ma’lum farqlar mavjudligini isbotlovchi dalillar to‘plash imkonini ko‘paytirmokda. Sossyurning sintaksisga oid ta’limoti alohida e’tiborga loyiqdir. Ma’lumki, ushbu ta’limot nuqtai nazaridan qaralgaida, tilning sintaksis tuzilishi taxlilida sintagmalarni ajratish va ularning strukturaviy mundarijasini o‘rganish lozim. Ammo Sossyur ta’limotining davomchilari sintagmani barcha hollarda ham ajratib bo‘lmasligini sezishib, «signifikativ parallellik»ni vujudga keltiradigan holatlarni ham nazardan qochirmaslikni ta’kidlashdi. Grammatikaning lugat tizimi bilan munosabati Sossyur targib qilgan «mazmuniy muhimlik» (ua1eigz) goyasi nuqtai nazaridan qaralgaida, o‘ziga xos nomutanosiblikni ko‘rish mumkin. Lugaviy birliklarning psixologik va semantik jihatdan muhimligi aniq, ammo grammatik muhimlik mantiqan etakchi o‘rinda turadi, chunki grammatik ma’no mustaqil ravishda ifoda topishi mumkin (yordamchi so‘zlar) hamda grammatik shakllar farqlovchi xususiyatlarga ega bo‘ladi. SHu tarzda sintaksisning «mavhum birliklari» ajratiladilar. Bunday mavhumlashtirish jarayonida yuzaga keladigan mazmun «sintaktik muhimlik» deb nomlanadi. Mavhum sintaktik birlik til tizimi birliklariga xos bo‘lgan qariyb barcha xususiyatlarga, shu jumladan, belgining ixtiyoriyligi xususiyatiga ham ega. Gap va boshqa murakkab sintaktik birliklar tuzilishi bir mavhum tuzilmaning boshqasi bilan birikishidan iboratdir. Sossyurning sintaksisga oid fikrlari bevosita lisoniy analogiya va ijodkorlik (yaratuvchanlik) haqidagi goyalar bilan bogliq holda talqin qilinishi lozim. Sossyur analogiya hodisasini til taraqqiyoti jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlar ko‘rinishida emas, balki ma’lum taraqqiyot bosqichidagi lisoniy yaratuvchanlik sifatida o‘rganishni ma’qul ko‘radi. Bu esa tilning o‘zgarishidan ko‘ra uning ma’lum holati haqida gap ketayotganidan daraqdir. Demak, psixologik jihatdan ta’riflanganda, analogiya yaratuvchanliqsir, grammatik hodisa sifatida qaralgaida esa - til tizimi sinxron holatining ajralmas qismidir. Analogiya tadrijiy rivojning negizini tashkil qiladi va tilning yaratuvchanlik qobiliyatini ta’minlovchi vositalarning cheksizligini tasdiqlovchi hodisadir. Bu hodisa alohida shaxs tomonidan yaratilgan nutqiy birlik - gap va ayni paytda, til belgisi sifatida qaralishi lozimligini izohlab beradi. Aytish joizki, Sossyurning o‘zi sintaksis taxdili modeli haqida biror bir to‘liq darajada shakllangan goyani olga surmaydi. Ammo uning izdoshi R.Godel (1957) ustozining mulohazalarini jamlab, Sossyurning sintaksis modelini shakllantirishga harakat qilgan. Ushbu modelning sintaksis qismini «muhimliklar va birikishlar» umumlashmasi sifatida ta’riflash mumkin. Bunda sintagmaning sintaksis uchun muhim bo‘lgan ma’no xususiyatlari e’tiborga olinadi. Sintaktik muhimlik esa, o‘z navbatida, turli xil tarkibiy o‘zgarishlar (transpozitsiya va transformatsiya) uchun asos bo‘la oladigan assotsiativ munosabatlarda aks topadi. Umuman olganda, hozirgi sossyurona tilshunoslik o‘z asoschisi boshlab bergan yo‘ldan borib, semiologik tamoyillarga tayangan holda sintaksis hodisalarini yoritishni ma’qul ko‘rmoqda. Ma’lumki, Sossyurning o‘quvchilari tomonidan nashr ettirilgan «Umumiy tilshunoslik kursi» da uning semiologiyaga oid goyalari ancha batafsil (ba’zan bir oz uzuq holatda bo‘lsa ham) yoritilgan. Ammo uning sintaksisga oid fikr-mulohazalari esa ko‘proq keyingi yillarda nashr ettirilayotgan ishlarida mavjuddir. Bu fikr-mulohazalarda lisoniy belgining ketma- ketlik tamoyili va sintagma nazariyasi asosiy o‘rin egallaydi. Aynan shu ikki mezon Sossyur lingvistikasining o‘zagidir. Bu ikki mezon til va nutq hodisalarini farqlash bilan bir qatorda, tilshunoslik fanining ob’ektini aniqlashda ham xizmat qiladi. Til va nutq munosabatini o‘rganishda ushbu hodisalarga nisbatan tarixiy yondashuv muhimdir. Ushbu hodisalar munosabati masalasi esa Sossyur tilshunosligining markaziy muammosi bo‘lib, faqatgina uning muhokamasi asosida boshqa sossyurona goyalarning mohiyatini anglash mumkin. Masalan, lisonni lisoniy faoliyatdan ajratish masalasini olsak, uning echimiga faqatgina dialektikaning (umumiylik - xususiylik) qonuniyatini tadbiq etgaidagina erishish mumkin. Sossyur ko‘targan masalalardan yana biri - lisonning ijtimoiy institutitsionallik (jamiyatdagi kelishilganlik, ta’sis etilish) darajasi masalasi zamonaviy tilshunoslikda o‘z echimini topmokda desak, xato qilmaymiz. Binobarin, iragmalingvistikada keng miqyosda targib qilinayotgan muloqot tamoyillari (Grays va uning izdoshlari) aynan «lisoniy kelishuv» qonuniyatlariga amal qiladi. Ushbu muammo bevosita zaruriyat va erkinlik haqidagi ko‘hna falsafiy munozara bilan bogliq ekanligini sezamiz. Bundan tashqari, bu muammo echimi yo‘lidagi izlanish yana bir muhim masalaga, ya’ni tilning paydo bo‘lishi haqidagi azaliy munozaraga ham borib taqaladi. Sossyurning lisoniy faoliyatni ikki qismga, ya’ni shaxs erkinligi namunasi bo‘lgan nutq va ijtimoiy majburiyat namunasi bo‘lgan til bosqichlariga ajratish borasidagi fikrlari tilning paydo bo‘lishi hamda rivoj topishi haqidagi muammo echimini topish yo‘lidagi o‘ziga xos harakat bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Sossyurning o‘zi ham tilning ijtimoiy tabiatini uning semiotik tizimliligi bilan bogliq «nchki xususiyati» deb hisoblaydi. Semiologik tahlilga tortiladigan ob’ektlar, Sossyurning qaydicha, ma’lum turdagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak. Birinchidan, ular belgi ko‘rinishida bo‘lishlari lozim. Belgilar tarixan ixtiyoriy, ammo ularning qo‘llanishi kelishuvga (qoidalarga) asoslanadi. Belgilar majmuasi tizimni tashkil qiladi, ularning muhimlik qiymati qarama-qarshiliklar qatoridan o‘rin olishiga nisbatan aniqlanadi. Har bir semiologik belgi paradigmatik va sintagmatik qatorlarda o‘z o‘rniga egadir. Semiologik tizimlar o‘zgarib turadi. Sossyur tilning boshqa semiologik tizimlarga nisbatan o‘zgacha tarkibiy xususiyatlar va vazifaviy imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham lisoniy belgilarning ixtiyoriyligi boshqa belgilardan ko‘ra yuqori darajada. YAgona bir til sohibi bo‘lgan ijtimoiy guruh a’zolari ushbu tilni bilishadi va undan foydalanadilar; til tizimini alohida shaxs yoki bir guruxdagi shaxslar istagi bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi; til miqdor jihatdan chegaralangan lisoniy birliklar vositasida cheksiz miqdordagi nutqiy birliklarni yasashi mumkin. German afsonalari haqidagi Sossyurning dastxatlari matni guvoxdik berishncha, u folklorni ham semiologik tizim sifatida tadqiq qilish tarafdori bo‘lgan. Demak, u oddiy va estetik tizimlarni keskin chegaralash fikridan yiroq bo‘lgan. Sossyurning semiologik ta’limotida belgining ixtiyoriyligi tamoyili alohida o‘rin egallaydi. Lekin u ushbu tamoyilning ayrim jihatlardan chegaralanganligini eslatishni ham unutmaydi. Zero, ushbu tamoyil doirasidagi talqiida ikki soha - semiologiya va grammatikaning o‘zaro qarama-qarshiligiga duch kelish ehtimoli ham yo‘q emas. Darhaqiqat, ularning birinchisi lisoniy belgini uning ixtiyoriyligi nuqtai nazaridan o‘rgansa, ikkinchisi esa tahlilda tizim tarkibidagi birliklarni assotsiativ qatorlarda guruhlanishiga tayanadi. Godelning fikricha, Sossyur o‘z ma’ruzalarida lisoniy birliklarning tarkibiy qismlarga ajralishi assotsiatsiya qatorlari munosabatlari bilan bogliq ekanligi haqida biror bir aniq fikr aytmagan, ammo u so‘z yasash hodisasi analogiya tamoyiliga mos kelishini bir necha bor qayd qiladi. Godel, bundan tashqari, lisoniy belgini mutlaq (absolyut) ixtiyoriy deb qarash tilning tizimiy talqiniga ma’lum darajada halaqit berishi mumkinligini qayd qiladi. Ma’lumki, tizimda barcha hodisalar bir-birini taqozo etadi, o‘zaro aloqada. Ifodalovchi (belgi) va ifodalanmish (referent) ning aloqasi o‘ta ixtiyoriy ekanligini aniqlash uchun tizimdan uzoqlashish, bu aloqani mavhumlashtirish lozim bo‘ladi. Bu yo‘sindagi amal bajarilganda, lisoniy belgi o‘zining muhimlik qiymatini yo‘qotishi aniq. Godel SH. Balli bilan munozara yuritib, ixtiyoriylikning chegarasi lisoniy belgining assotsiatsiya qatori va sintagmatik muhitda turgan o‘rni bilan bogliq deb hisoblaydi. Bizningcha, olimning lisoniy belgining ixtiyoriylik darajasi haqida bildirgan ushbu fikri barcha semiologik tizimlar tadqiqi uchun muhimdir va ushbu tamoyil til tizimining siixronik va diaxronik taxdilida bir xilda qo‘llanishi mumkin. Har bir olimning fan rivojiga qo‘shgan hissasiga beriladigan baho turli davrlarda turlncha bo‘lishi mumkinligini hech kim inkor etmaydi. Ammo Sossyurning nomi mana qariyb bir asr davomida tildan tushmaydi, uning ta’limotini kamsitishga hech kim jur’at qilmaydi. Olimning tilshunoslik nazariyasiga qo‘shgan hissasi, lisoniy belgilar tizimi haqidagi ta’limoti doimo yuqori baholanib kelinmokda. SHu sababli Ferdinaid de Sossyurning nomini buyuk fan arboblari bilan bir qatorga qo‘yishadi. Sossyur ta’limoti negizida strukturalizmning turli yo‘nalishlari rivoj toidi va shuni aytish joizki, bu yo‘nalishlarning ba’zilari sossyurona strukturalizmdan qanchalik uzoqlashmasinlar (masalan, N.Xomskiy nomi bilan bogliq Amerika strukturalizmi), baribir metodologik asos saqlanadi. Download 28.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling