4-ma’ruza Tabiiy gazlarning qovushqoqligi va issiqlik xossalari Reja


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana28.10.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1731697
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma\'ruza

4.6 – rasm. Gidratlar hosil bo’lish 
fazaviy diagrammasi. I - gazsimon 
gidrat hosil qiluvchi karbonsuvchil, II 
- gidrat hosil qiluvchi suyuq eritma, 
III - suv eritmasi gidrat hosil qiluvchi 
modda holatida, IV – gidrat holati va 
V – moda muz holatida. 
4.6 - rasmdagi “C” nuqtada to’rt xil xususiyatga ega bo’lgan modda mavjud, 
ya’ni karbonsuvchil, gidrat hosil qiluvchi suyuq eritma, suv va gidrat moddalari bor 


bo’lgan murakkab geterogen sistemasi bor. Xuddi shuningdek V nuqtada, uch xil 
xususiyatga ega bo’lgan geterogen sistemasi mavjud. Bu sistemalarni parchalash 
uchun harorat yoki bosimni birozgina o’zgartirish kifoya, shunda geterogen 
sistemasi parchalanib, alohida bir turkumdagi moddalarga aylanadi.
Gazlarning gidratlanishini oldini olish uchun avvalo, yer ostidan olingan gaz 
maxsus qurilmalarda namlikdan tozalanadi, quritiladi. Quritish shu darajada olib 
boriladiki, to gazni quvurlardan haydash normal (ya’ni halokat yoki gidratsiz) 
sharoitlarda bo’lishi ta’minlanadi. Ba’zan gaz yig’uvchi shahobchalarga yoki 
uzoqqa gaz uzatuvchi quvurlarga antigidrat, ya’ni gidrat hosil qilishni oldini oluvchi 
maxsus moddalar - ingibitorlar ham qo’shib haydaladi. 
Shuningdek, gidrat hosil bo’lishdan paydo bo’lgan to’siqlarni yo’qotish uchun 
ham ingibitorlardan foydalaniladi, ba’zan esa quvur ichidagi gaz bosimini 
o’zgartirish (ko’pincha pasaytirish) yoki haroratini oshirish natijasida ham gidratlar 
yo’q qilinadi. 
Nazorat savollari 
1. Gazlar va suyuqliklarning qovushqoqligi deb nimaga aytiladi? 
2. Gazlarning kinematik qovushqoqligi deb nimaga aytiladi? 
3. Gazlarning izoxorik issiqlik sig`imi nima? 
4.Gazlarning izobarik issiqlik sig`imi nima? 
5.Gazlarning adiabata ko`rsatgichi nima? 
Qo’shimcha adabiyotlar 
1. B.SH. Akramov, R.K. Sidikxo'jaev, SH.X. Umedov. Gaz qazib olish bo'yicha 
ma'lumotnoma., Toshkent. 2012. 
2. Ermatov N.X., Avlayarova N.M., Azizova D.G’., Mo’minov A.T., Ashurov M.X. 
Gaz, gazkondensat konlarini ishlatish. Darslik. –T. 281 bet 
3. Siddiqxo'jaev R.K., Akramov B.SH. “Neft va gaz qatlam fizikasi”. Toshkent
2007 y. 
Internet ma’lumotlari. 
www.Oilgas.ru
.
www.gubkin.ru
.
www.ziyonet.uz


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling