4-ma’ruza Tabiiy gazlarning qovushqoqligi va issiqlik xossalari Reja


Kristallogidratlar va ularning hosil bo’lish sharoitlari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1365818
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma\'ruza

4.2. Kristallogidratlar va ularning hosil bo’lish sharoitlari. 
Gaz va gazokondensat konlarini sovuq iqlim sharoitlarida ishlatishda gazlar 
tarkibida kristallogidratlar hosil bo’lish hodisalari uchrab turadi. Gaz quvuri ichida 
ham qattiq modda - kristallogidrat hosil bo’lishi, quvurning buzilishiga olib kelishi 
mumkin. Shuning uchun ayniqsa, keyingi vaqtlarda Sibir va Chekka shimol 
rayonlaridagi konlarni ishlatish munosabati bilan kristallogidratlarni tuzilishi, ularni 
hosil bo’lishiga qarshi kurash yo’llarini o’rganish muhim vazifa bo’lib qoldi. 
Kristallogidratlar (bundan buyog’iga faqat gidratlar deb aytamiz) - tashqi 
ko’rinishdan oq kristall modda bo’lib, muz yoki qattiq qorga o’xshaydi. 
Gidratlarning asosiy tarkibi suv molekulalarining karbonsuvchil molekulalari bilan 
birlashishidan hosil bo’ladi.


Agar gidratlarning kristall panjarasini tekshirib ko’rsak, bu panjarada bir 
modda molekulalari (mas.suv) orasida boshqa bir modda (karbonsuvchil) 
molekulalari joylashib olganini ko’rishimiz mumkin. Bunday joylashish va 
molekulalar orasidagi tortishish Van - der - Vaals kuchlari yordamida vujudga 
keladi. Bu kuchlar natijasida gidratlar ikki turda hosil bo’lishi mumkin (4.5 - rasm.)
4.5 – rasm. Gidratlarning
1 (a) va 2 (b) turdagi
tuzilish kristall 
panjaralari. 
Birinchi turdagi gidratlar (4.5 a - rasm) hosil bo’lishida suvning 46 molekulasi 
8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi va bu panjara ikki xil - 
katta va kichik bo’shliqlarni hosil qiladi. Kichik bo’shliqlar ikkita bo’lib, ularning 
diametri 0,52 nm.ga teng bo’ladi. Katta bo’shliqlar soni oltita bo’lib, ularning 
diametri 0,59 nm.ga teng bo’ladi. Bu bo’shliqlarning hammasi gidrat hosil qiluvchi 
moddalar bilan to’lganda, bunday gidratlar 8 M 46 H
2
O yoki M 5,75 H
2

ko’rinishda yoziladi. 
Ikkinchi turdagi gidratlar (4.5 b - rasm) hosil bo’lishida suvning 136 ta 
molekulasi 8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi. Bu 
panjaralar 16 ta bo’lib, diametri 0,48 nm.ga teng, katta bo’shliqlar 8 ta bo’lib, 
diametri 0,69 nm.ga teng. Bu kichik va katta bo’shliqlarning hammasi gidrat hosil 
qiluvchi moddalar bilan to’lganda, bunday gidratlar 8 M 136 H
2
O yoki M 17 H
2

ko’rinishda yoziladi. 
Gidratlar hosil bo’lish jarayoni juda murakkab bo’lib, buning uchun bir 
vaqtning o’zida suv, gaz, suyuq gidrat hosil qiluvchi modda va muz o’rtasida bosim 
bilan harorat o’zgarishi natijasida geterogen (getero - grekcha “har xil” makroskopik 
bir xil bo’lmagan fizik - kimyoviy sistema, har xil xossalarga suyuq, qattiq, gaz) 
tizimlarning muvozanat holatlari mavjud bo’lishi kerak. Bu holatlarni 4.6 - rasmdagi 
diagrammadan yaqqol ko’rish mumkin.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling