4-ma’ruza Tabiiy gazlarning qovushqoqligi va issiqlik xossalari Reja
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Qo’shimcha adabiyotlar
- Internet ma’lumotlari.
4.6 – rasm. Gidratlar hosil bo’lish
fazaviy diagrammasi. I - gazsimon gidrat hosil qiluvchi karbonsuvchil, II - gidrat hosil qiluvchi suyuq eritma, III - suv eritmasi gidrat hosil qiluvchi modda holatida, IV – gidrat holati va V – moda muz holatida. 4.6 - rasmdagi “C” nuqtada to’rt xil xususiyatga ega bo’lgan modda mavjud, ya’ni karbonsuvchil, gidrat hosil qiluvchi suyuq eritma, suv va gidrat moddalari bor bo’lgan murakkab geterogen sistemasi bor. Xuddi shuningdek V nuqtada, uch xil xususiyatga ega bo’lgan geterogen sistemasi mavjud. Bu sistemalarni parchalash uchun harorat yoki bosimni birozgina o’zgartirish kifoya, shunda geterogen sistemasi parchalanib, alohida bir turkumdagi moddalarga aylanadi. Gazlarning gidratlanishini oldini olish uchun avvalo, yer ostidan olingan gaz maxsus qurilmalarda namlikdan tozalanadi, quritiladi. Quritish shu darajada olib boriladiki, to gazni quvurlardan haydash normal (ya’ni halokat yoki gidratsiz) sharoitlarda bo’lishi ta’minlanadi. Ba’zan gaz yig’uvchi shahobchalarga yoki uzoqqa gaz uzatuvchi quvurlarga antigidrat, ya’ni gidrat hosil qilishni oldini oluvchi maxsus moddalar - ingibitorlar ham qo’shib haydaladi. Shuningdek, gidrat hosil bo’lishdan paydo bo’lgan to’siqlarni yo’qotish uchun ham ingibitorlardan foydalaniladi, ba’zan esa quvur ichidagi gaz bosimini o’zgartirish (ko’pincha pasaytirish) yoki haroratini oshirish natijasida ham gidratlar yo’q qilinadi. Nazorat savollari 1. Gazlar va suyuqliklarning qovushqoqligi deb nimaga aytiladi? 2. Gazlarning kinematik qovushqoqligi deb nimaga aytiladi? 3. Gazlarning izoxorik issiqlik sig`imi nima? 4.Gazlarning izobarik issiqlik sig`imi nima? 5.Gazlarning adiabata ko`rsatgichi nima? Qo’shimcha adabiyotlar 1. B.SH. Akramov, R.K. Sidikxo'jaev, SH.X. Umedov. Gaz qazib olish bo'yicha ma'lumotnoma., Toshkent. 2012. 2. Ermatov N.X., Avlayarova N.M., Azizova D.G’., Mo’minov A.T., Ashurov M.X. Gaz, gazkondensat konlarini ishlatish. Darslik. –T. 281 bet 3. Siddiqxo'jaev R.K., Akramov B.SH. “Neft va gaz qatlam fizikasi”. Toshkent, 2007 y. Internet ma’lumotlari. www.Oilgas.ru . www.gubkin.ru . www.ziyonet.uz . Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling