4-ma’ruza Tabiiy gazlarning qovushqoqligi va issiqlik xossalari Reja
Kristallogidratlar va ularning hosil bo’lish sharoitlari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5 – rasm. Gidratlarning 1 (a) va 2 (b) turdagi tuzilish kristall panjaralari.
4.2. Kristallogidratlar va ularning hosil bo’lish sharoitlari.
Gaz va gazokondensat konlarini sovuq iqlim sharoitlarida ishlatishda gazlar tarkibida kristallogidratlar hosil bo’lish hodisalari uchrab turadi. Gaz quvuri ichida ham qattiq modda - kristallogidrat hosil bo’lishi, quvurning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ayniqsa, keyingi vaqtlarda Sibir va Chekka shimol rayonlaridagi konlarni ishlatish munosabati bilan kristallogidratlarni tuzilishi, ularni hosil bo’lishiga qarshi kurash yo’llarini o’rganish muhim vazifa bo’lib qoldi. Kristallogidratlar (bundan buyog’iga faqat gidratlar deb aytamiz) - tashqi ko’rinishdan oq kristall modda bo’lib, muz yoki qattiq qorga o’xshaydi. Gidratlarning asosiy tarkibi suv molekulalarining karbonsuvchil molekulalari bilan birlashishidan hosil bo’ladi. Agar gidratlarning kristall panjarasini tekshirib ko’rsak, bu panjarada bir modda molekulalari (mas.suv) orasida boshqa bir modda (karbonsuvchil) molekulalari joylashib olganini ko’rishimiz mumkin. Bunday joylashish va molekulalar orasidagi tortishish Van - der - Vaals kuchlari yordamida vujudga keladi. Bu kuchlar natijasida gidratlar ikki turda hosil bo’lishi mumkin (4.5 - rasm.) 4.5 – rasm. Gidratlarning 1 (a) va 2 (b) turdagi tuzilish kristall panjaralari. Birinchi turdagi gidratlar (4.5 a - rasm) hosil bo’lishida suvning 46 molekulasi 8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi va bu panjara ikki xil - katta va kichik bo’shliqlarni hosil qiladi. Kichik bo’shliqlar ikkita bo’lib, ularning diametri 0,52 nm.ga teng bo’ladi. Katta bo’shliqlar soni oltita bo’lib, ularning diametri 0,59 nm.ga teng bo’ladi. Bu bo’shliqlarning hammasi gidrat hosil qiluvchi moddalar bilan to’lganda, bunday gidratlar 8 M 46 H 2 O yoki M 5,75 H 2 O ko’rinishda yoziladi. Ikkinchi turdagi gidratlar (4.5 b - rasm) hosil bo’lishida suvning 136 ta molekulasi 8 ta karbonsuvchil molekulasi bilan kristall panjara yasaydi. Bu panjaralar 16 ta bo’lib, diametri 0,48 nm.ga teng, katta bo’shliqlar 8 ta bo’lib, diametri 0,69 nm.ga teng. Bu kichik va katta bo’shliqlarning hammasi gidrat hosil qiluvchi moddalar bilan to’lganda, bunday gidratlar 8 M 136 H 2 O yoki M 17 H 2 O ko’rinishda yoziladi. Gidratlar hosil bo’lish jarayoni juda murakkab bo’lib, buning uchun bir vaqtning o’zida suv, gaz, suyuq gidrat hosil qiluvchi modda va muz o’rtasida bosim bilan harorat o’zgarishi natijasida geterogen (getero - grekcha “har xil” makroskopik bir xil bo’lmagan fizik - kimyoviy sistema, har xil xossalarga suyuq, qattiq, gaz) tizimlarning muvozanat holatlari mavjud bo’lishi kerak. Bu holatlarni 4.6 - rasmdagi diagrammadan yaqqol ko’rish mumkin. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling