4-ma’ruza. Ta’lim innovatsiyalarining turlari


Download 1.55 Mb.
bet2/5
Sana10.03.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1257767
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma’ruza. Ta’lim innovatsiyalari. Ta’lim innovatsiyalarining turlari.

AQLIY HUJUM STRATEGIYASI.
Strategiyani o’quvchi (talaba) larni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o’z tasavvurlari, g’oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko’nikma, malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. U yordamida tashkil etilgan mashg’ulotlarda ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original (o’ziga xos) yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. Strategiyaga mavzu doirasida ma‘lum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Uni samarali qo’llashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

Mashg’ulotda strategiyani qoo’llashda quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim:

BALIQ SKELETI” GRAFIK ORGANAYZERI (GO)
Grafik organayzer o’quvchi (talaba) larda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakillantiradi. Uni qo’llashda o’quvchi (talaba) larda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma‘lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko’nikmalari rivojlanadi.
Undan foydalanish quydagicha amalga oshiriladi.

5) jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi
O’quvchi (talaba) lar topshiriqlarni quydagi tasvir asosida bajaradi:

BARCHA OMILLARNI HISOBGA OL!” (BOHO) METODI
BOHO-bu shaxs e‘tiborini muayyan omillarga qaratishga xizmat qiluvchi metod sanalib, uni qo’llashdan ko’zlangan maqsad shaxs ongini rivojlantirish, tasavvurini kengaytirish, tafakkurini boyitishdir.
Metod qanchalik aniq maqsad asosida qo’llanilsa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Agar o’quvchi (talaba) u yoki bu fikrni ochiq aytishga tortinsa, u holda metodni qo’llash hech qanday samara bermaydi.
Mashg’ulotlar jarayonida metoddan foydalanishda quyidagi savollarga javob topgan holda mavzuni samarali o’zlashtirish imkonini beradigan omillarning ro’yxatini tuzib olish maqsadga muvofiqdir:

BAHS –MUNOZARA” STRATEGIYASI
Strategiya ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan muayyan vaqt oralig’i va qat‘iy qoidalarga muvofiq tashkil etiladigan og’zaki bahs bo’lib, o’quvchi (talaba) larda o’rganilayotgan mavzu bo’yicha erkin, asosli fikrlarni bildirish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
O’quv mashg’ulotlarida bahs-munozaradan foydalanishda mavzuga doir ma‘lum masalalar hal qilinadi.
Uni qo’llashda quyidagi tartibda ish ko’radi:

Izoh: 1) bir o’quvchi (talaba) ga ikki marta so’zga chiqishga ruxsat berilmaydi
2) o’quvchi (boshlovchi) o’quvchi (talaba) larning mavzudan chetga chiqmasliklarini qa‘tiy nazorat qilib boradi, bordi-yu, shunday holatlar sodir etilsa, so’zlovchilar bu haqda ogohlantiriladi.
BESHINCHI (OLTINCHISI, YETTINCHISI) ORTIQCHA” STRATEGIYASI
O’quvchi (talaba) larning mantiqiy taffakur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu strategiyasi alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
 O’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan tushunchalar tizimini shakllantirish;
 Hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan to’rtta (beshta, oltita, …) va taalluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishish;
 O’quvchi (talaba) larga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
 O’quvchi (talaba) ni o’z harakatlari mohiyatini sharxlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o’tish, ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslash talab qilinadi)
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni ko’rsata olish va asoslay olish o’quvchi (talaba) larda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondaszhuvlarini dalillash tengdoshlarning fikrlari va shaxsiy g’oyalarni o’zaro taqqoslash ko’nikmalarini ham shakllantirishga imkon beradi.
BILAMAN, BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM” (BBB)

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling