4-ma’ruza. Ta’lim innovatsiyalarining turlari
Download 1.55 Mb.
|
4-ma’ruza. Ta’lim innovatsiyalari. Ta’lim innovatsiyalarining turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- GUGURT DONALARI ” STRATEGIYASI
GALEREYA” STRATEGIYASI
Strategiya o‗quvchi (talaba) larda kichik guruh asosida bir yo‗la bir nechta masalani muhokama qilish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo‗llashda guruhning har bir a‘zosi taklif etilgan barcha masalalar yechimini topishga o‗z hissasini qo‗shish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Mashg‗ulotlar davrida ―Galereya‖ strategiyasidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Strategiyani qo‗llash jarayonini sxema asosida quyidagicha ifodalash mumkin: Izoh: doira ichidagi 1-T, 2-T, 3-T va 4-T ifodalari quyidagi mazmunni bildiradi: 1-T – 1-topshiriq, 2-T – 2-topshiriq, 3-T – 3-topshiriq, 4-T – 4-topshiriq. “GUGURT DONALARI ” STRATEGIYASI ―Gugurt donalari ‖ strategiyasi o‗quv materiallarning o‗quvchi (talaba) lar tomonidan o‗rganilganligi qay darajada egallanganligini aniqlash maqsadida qo‗laniladi. Strategiya o‗quvchi (talaba) larga o‗quv materialining mavzusidan kelib chiqqan holda turli muommoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash, tahlil qilish, ta‘riflashda yordam beradi. Shuningdek, strategiya mashg‗ulot davomida har bir o‗quvchi (talaba) ga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu strategiya o‗quvchilarda bir qator tarbiyaviy xarakteradagi, ya‘ni: mustaqil ishlay olish; muloqotga kirishuvchanlik; xushfe‘llik; o‗zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatning samarali bo‗lishiga qiziqish va intilish; o‗zini o‗zi baholash kabi sifatlarni shakillantirishga yordam berdi. Strategiya qo‗lanilgan mashg‗ulot o‗quvchilarni o‗rganilgan yoki o‗rganilishi kerak bo‗lgan mavzu bo‗yicha yakka jamoa bo‗lib fikrlash, o‗zlashtirilgan bilimlarni yodga olish, to‗plangan fikrlarni umumlashtirish, ularni yozma ravishda yoki rasm, chizma, tasvir, sxema, model ko‗rinishida ifodalshga o‗rgatadi. Mazkur strategiya juftlik, kichik guruhlar yoki jamoada ta‘riflaydi va ularni taqdimot asosida jamoaga namoyish qiladi. Mashg‗ulotda strategiyani qo‗llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Izoh: o‗quvchi (talab) lar tomonidan tanlangan har bir gugurt donasi yoki oddiy cho‗p bittadan tushunchani ta‘riflash shartlarini anglatadi. Shunga ko‗ra o‗quvchi (talaba) agarda ikkita gugurt donasini tanlagan bo‗lsa, u holda ikkita tushunchani ajratib ko‗rsatib, ularni ta‘riflaydi. Gugurt donalari sonining ortib borishiga ko‗ra tushunchalar soni va ularga beriladigan ta‘riflar miqdori ham ko‗payib boradi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling