4-ma’ruza. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.08.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1664920
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MA\'RUZA

Tarmoq topologiyalari. Tarmoqda kompyuterlarning ulanish va joylashish 
tartibi tarmoq topologiyasi deb ataladi. Topologiyani ishchi stansiyalar, serverlar va 
boshqa tarmoq qurilmalari tasvirlangan tarmoq haritasi bilan o‘xshatish mumkin. 
Topologiya tanlovi tarmoqning umumiy imkoniyatlari, qo‘llaniluvchi tarmoq 
qurilmalari, protokolllar, shuningdek kelgusida tarmoqni kengaytirish imkoniga ta‘sir 
o‘tkazadi. Fizik topologiya — tarmoqning fizik elementlari qay tarzda ulanishining 
tasviridir. Mantiqiy topologiya tarmoq ichidagi ma‘lumotlarning o‘tish yo‘lini 
belgilaydi.
Tarmoqning besh turdagi topologiyalari farqlanadi: 


 
umumiy shina; 
 
yulduz; 
 
halqa; 
 
yacheykali;
 
aralash. 
1. 
Umumiy shina (bus). Bu holda barcha kompyuterlar ma‘lumotlar 
shinasi deb nomlangan bir kabelga ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga ulangan 
barcha kompyuterlar tomonidan qabul qilinadi. Tarmoq tezligi ko‘p jihatdan 
umumiy shinaga ulangan kompyuterlar soni bilan belgilanadi. Bu kompyuterlar soni 
qancha ko‘p bo‘lsa, tarmoq shuncha sekin ishlaydi. Bundan tashqari, bunday 
topologiya, bir necha kompyuterlar tarmoqqa bir vaqtda ma‘lumot uzatishga harakat 
qilgan vaqtda, turli kolliziyalar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Kolliziya – tarmoq ishi 
vaqtida sodir bo‘luvchi normal holat. Kolloziyani taxlil qilish va bartaraf etish uchun 
barcha kompyuterlar kabelda payo bo‘luvchi signallarni o‘rganadilar. Agar uzatilayotgan 
va qabul qilinayotgan signallar bir-biriga mos kelmasa, kolliziya mavjudligi qayd 
etiladi. Kolliziyani sezgan kompyuterlar tarmoqqa 32-bitli jam - ketma-ketlik deb 
ataluvchi xabarni jo‘natadi. Tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni ortgan sari kolliziya 
paydo bo‘lish ehtimolligi ortadi. Suratda terminatorlar aks etgan. Bu qurilmalar 
tarmoq oxiriga o‘rnatiladi va ma‘lumotlar chetga chiqishidan himoyalaydi. Biror 
yerda kabel uzilsa, yoki tarmoqning biror chetiga terminator o‘rnatilmasa, signal 
kabelning uzilgan joyidan yoki tarmoq oxiridan aks eta boshlaydi va aloqa 
uzilishi kelib chiqadi. 
―Umumiy shina‖ topologiyasini qo‘llashning avzalliklari: 
- kabel tejaladi
- oson kengaytiriladi; 
- soda va kafolatli. 
Asosiy kamchiliklar: 

Kabelning ishdan chiqishi tarmoq ishini to‘xtatadi; 

Ma‘lumotlarning ko‘pligi o‘tkazish qobiliyatini pasaytiradi; 

Tarmoqda kompyuterlar soni ortishi kolliziya paydo bo‘lish htimolligini 
oshiradi. 

Har bir kompyuter tarmoq bo‘ylab uzatiluvchi ma‘lumotlarni olishi mumkin. 


2. 

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling