4-ma’ruza X. K. Qarshiboyeva tipi sbot btpii
Integratsion dars turlari
Download 14.23 Kb.
|
4-ma’ruza sbot tipi btpii
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’limni integratsiya asosida tashkil etish tajribalari
Integratsion dars turlari.Auktsion dars. Mazkur integratsion dars turi auktsion tarzda o’tkaziladi. Unga ko’ra, muayyan mavzular bo’yicha qisqacha tushuntirish berilib, o’quvchilarning fikri o’rganiladi va ular mutaxassis tomonidan baholab boriladi. Bunday darsda o’quvchilar to’rt guruhga bo’linadi va guruh a’zolari qo’yilgan mavzular bo’yicha fikrlar taqdimotini o’tkazadi. Qaysi guruhning fikri mavzuni keng yoritib bersa, shu g’uruh g’olib hisoblanadi va guruh a’zolarining har bir teng baholanadi. Auktsion dars yakunida uy vazifasi berilmaydi.Hamkorlik darsi. Integratsion darsning bu turi muayyan mavzularni mutaxassislarning ishtirokida o’tkazishga asoslanadi. Unda mutaxassis mavzuni ma’ruza tarzida tushuntiradi va dars yakunida o’quvchilarning savollariga javob beradi. Hamkorlik darsining amaliy mashg’uloti bo’lib, u maxsus dars sifatida o’tiladi. Unda mutaxassis ma’ruzasi muhokama qilinadi va o’quvchilarning mavzuni qanday tushunganligi hamda o’zlashtirganligi aniqlanadi. O’qituvchi o’quvchilarning muhokamada ishtirok etishiga tayanib ularning bilimini baholaydi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida har chorakda bir marta hamkorlik darsi o’tkazish tavsiya etiladi.Innovatsion dars. Integratsioon darsning bu turida ko’p hollarda kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Unga ko’ra, o’qituvchi tomonidan mavzu va uning matni kompyuter dasturiga joylashtiriladi. Dars jarayoni ham kompyuter vositasida o’tiladi va taklif qilingan mutaxassis yoki o’qituvchilar masofadan turib kompyuter vositasida dars jarayonini kuzatib boradi. Darsning yakunida bu kuzatuvchilar darsga nisbatan o’z munosabatini bildiradi va uning yangilik darajasini baholaydi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida innovatsion darslarni tashkil qilish o’qituvchining mahorat darajasi sifatida baholanmoqda.2.Rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’limni integratsiya asosida tashkil etish tajribalari
Buyuk Britaniyada aniq fanlar, Germaniyada gumanitar fanlar ustivorligi ko‘zga tashlanadi. Gumanitar fanlar asosida “ olmon – ulug‘ millat” milliy g‘oyasi singdiriladi. Italiya boshlang‘ich ta’limida tabiiy fanlar ustivor. Shu sababli boshlang‘ich ta’limdayoq Antropologiya va Biologiya fanlari o‘qitila boshlanadi. Bu mamlakatlarning boshlang‘ich ta’limida quyidagi umumiylik mavjud:Download 14.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling