Temir yo‘l transporti va jalb etilgan bo‘linmalar ishchi-xizmatchilarining harakatlari avariyaviy vaziyat yuzaga kelganida maksimal darajada tezkor, avariyaviy vaziyat xarakteri va ko‘lamiga mutanosib bo‘lishi hamda yuklarning xossalarini (yong‘in chiqish jihatidan xavfliligi, tokliklik, korrozionlik, oksidlovchi ta'siri va h.k.), xavfli yuklarni tashish qoidalari va ushbu Avariya kartochkalarida ko‘zda tutilgan xavfsizlik va profilaktika choralariga rioya etgan holda amalga oshirilishi talab etiladi. - Temir yo‘l transporti va jalb etilgan bo‘linmalar ishchi-xizmatchilarining harakatlari avariyaviy vaziyat yuzaga kelganida maksimal darajada tezkor, avariyaviy vaziyat xarakteri va ko‘lamiga mutanosib bo‘lishi hamda yuklarning xossalarini (yong‘in chiqish jihatidan xavfliligi, tokliklik, korrozionlik, oksidlovchi ta'siri va h.k.), xavfli yuklarni tashish qoidalari va ushbu Avariya kartochkalarida ko‘zda tutilgan xavfsizlik va profilaktika choralariga rioya etgan holda amalga oshirilishi talab etiladi.
- Yuklarning tashish (transport) xavfliligi namoyon bo‘lishining asosiy shakllari, shuningdek xavfli yuklar bilan yuz bergan avariyaviy vaziyatlarni bartaraf etishda rioya qilinishi talab etilgan ehtiyotkorlik choralari guruhli yoki shaxsiy avariya kartochkalarida keltirilgan. Guruhli avariya kartochkalari, ular bilan yuz bergan avariyaviy vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi zarur harakatlar xarakteri ko‘rsatkichlari bir xil yoki u qadar farq qilmaydigan o‘xshash tashish xavfliligiga ega bo‘lgan yuklarni (7-sinf xavfli yuklaridan tashqari)o‘z ichiga oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |