- avariya kartochkalari raqamlarini uzatish (yo‘l vedomostining teskari tomonidan ko‘rsatilgan) yoki avariya kartochkalari mazmunini bildirish (ular tashish hujjatlariga ilova qilingan hollarda);
- elektrlashtirilgan liniyalarda kuchlanishni olish kerak yoki kerak emasligi.
Yuk yoyilib ketgan yoki to‘kilgan hamda yondosh (qo‘shni) yo‘l bo‘ylab gabarit bo‘lmagan holda – xavfli joy belgilangan tartibda to‘sib (o‘rab) qo‘yiladi;
Yondosh yo‘l bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalish poezdi paydo bo‘lganida javob signalini olishga qadar projektorni qisqa yonib-o‘chirish tarzidagi umumiy trevoga signalini berish, bir vaqtning o‘zida radioaloqa bo‘yicha mashinistni xavfdan xabardor etish;
Mashinist o‘zining keyingi harakatlarini DNS bilan kelishgan holda amalga oshirishi talab etiladi. Zarur hollarda mashinistga DNS ga avariya kartochkasining raqamiga ma'lum qilish uchun tashish hujjatlari solingan paketni ochishiga ruxsat etiladi.