4-Mavzu – Avtomobil yo‘llarining rejadagi egrilari reja
Download 1.52 Mb.
|
4-Ma\'ruza
4-Mavzu – Avtomobil yo‘llarining rejadagi egrilari REJA: 1.Avtomobillarning egri uchastkalarda harakatlanishi va ularga tasir etuvchi kuchlar 2.Ko‘ndalang kuch koeffitsienti. 3.Virajlar.Rejadagi egrilarda ko‘rinishni ta’minlash Ma’ruzachi : Z.M.Jalolov Yo`lning egri chiziqli qismida harakatlanayotgan avtomobilga egrilik radiusi R ga teng bo`lgan egri chiziqning nuqtasida markazdan qochma kuch ta’sir qiladi: bu erda m - avtomobilning massasi, kg; - uning tezligi, m/s. Harakat yo`nalishiga tik yo`nalgan markazdan qochma kuch avtomobilga, haydovchiga va yo`lovchiga ag`daruvchi va siljituvchi ta’sir ko`rsatadi. Bu kuch o`ng va chap g`ildiraklar orasida bosimni qayta taqsimlab va shinalarning yonaki sirpanish hodisasini yuzaga keltirib, u shuningdek, avtomobilni boshqarish sharoitini murakkablashtiradi. Kichik radiusli egri chiziqlarda yonilg`i sarfi va shinalarning eyilishi ortadi. Kechki paytlarda (tunda) yo`lning egri qismlaridan o‘tish shuning uchun ham murakablashadiki, bunda chiroqlarning yorug`i avtomobil oldidagi yo`lni to‘g‘ri uchastkalardagiga qaraganda kichik masofada yoritadi. Aytib o`tilgan omillarning hammasi egri chiziqlarning plandagi radiusi qanchalik kichik bo`lsa, shuncha kuchliroq namoyon bo`ladi. SHuning uchun avtomobillarning havfsiz, qulaylik va tejamkorlik bilan hisobiy tezlikda harakatlanishiga faqat egri chiziqlarning radiuslari etarlicha katta bo`lganidagina erishiladi. Plandagi doiraviy egri chiziqlarning radiusini aniqash ifodasi umumiy ko`rinishda quyidagi muloxazalardan kelib chiqib hosil qilinishi mumkin. Har ikkala kuchni avtomobil yo`lining qatnov qismidagi ko`ndalang qiyalik yo`nalishiga proeksiyalab, quyidagini hosil qilamiz: bu erda Y - avtomobilni yo`ldan surib chiqarishga intiladigan natijalovchi kuch. Bu kuch ko`ndalang kuch deb ataladi. Yo‘l ko`ndalang qiyaligining yo`nalishiga qarab avtomobil og`irligining mgi ga teng tashkil etuvchisi «+» yoki «-» ishorali bo`lishi mumkin. Plandagi egri chiziq bo`yicha harakatlanganda avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling