4-Mavzu – Avtomobil yo‘llarining rejadagi egrilari reja
Download 1.52 Mb.
|
4-Ma\'ruza
Virajlar
Ko`pgina hollarda joy sharoitlari - relef yoki qimmatli inshootlar mavjudligi-hisobiy radiusli egri chiziqni joylashtirishga imkon bermaydi. Aynisa arshi polosadan yurayotgan avto-mobillar uchun noulay sharoitlar vujudga keladi, chunki atnov ismi iyaligiga parallel bhlgan otsirlikning tashkil etuvchisi markazdan ochma kuchning tegishli proeksiyasiga hshiladi. Bundan tashqari, qarshi harakatlanish polosalari uchun shinalarning yonaki surilishi katta bo`lganligi sababli avtomobilni boshqarish murakkablashadi. Bunday hollarda avtomobilning turg`unligini oshirish va ishonchli boshqarish uchun egri uchastkalarda bir nishabli ko`ndalang profil-viraj quriladi – qatnov qismi va yo‘l yoqasi egri chiziq markaziga qarab qiyalantiriladi. Uzoq vaqtlargacha virajlarga kichik radiusli egri chiziqlarda avtomobillarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan yoyning faqat qo‘shimcha elementi sifatida qarab kelindi. Biroq avtomobil magistrallaridan foydalanish tajribalari shuni ko‘rsatdiki, virajlar haydovchilarga ijobiy ruhiy ta’sir ko‘rsatadi, egri uchastkalarda tezlikni o‘rinsiz pasaytirmasdan ishonch bilan o`tib ketishlariga imkon beradi. Virajlar bo`lmaganida egri chiziqli uchastkalarda tezlik kamaytiriladi. SHuning uchun I toifali yo`llardagi radiusi 3000 m dan kam bo`lgan barcha egri uchastkalarda, qolgan toifadagi yo`llarda radiusi 2000 m bo`lgan egri uchastkada virajlar qilinadi. 3 - rasm. Yo‘lning ikki nishabli qatnov qismida virajning sxemasi: L - ikki iyalikdan bir iyalikka o‘tish va o‘tish egri chizig`i; K - doiraviy egri chiziq; V - qatnov qismining eni; Δ - qatnov qismining kengayishi. 4 - rasm. O‘tish egri chizig‘i uzunligini aniqlashga oid sxema. Bu uchastkaning uzunligi juda qisqa bo`lmasligi kerak, aks holda avtomobil ko`ndalang profili o`zgaruvchi yo`lda katta tezlikda harakatlanganida yo`lovchi uchun yoimg`iz bo`lgan yonaki chayqalish sodir bo`ladi. O‘tish egri chizig‘ining kerakli qisqa uzunligi o‘tish egri chizig‘ining uzunligidan kam bo`lmasligi kerak, uning uzunligi virajni qurishda qatnov qismining tashqi chetidan (kromka) uni ko`tarish natijasida hosil bo`ladigan qo`shimcha qiyalik asosida aniqlanadi. M 2.05.02-95 ga asosan virajdagi qatnov qismining ko`ndalang nishabligi plandagi egri chizi radiusiga ko`ra belgilanadi.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling