4-Mavzu : Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet madaniyati. Reja


-2. Kompyuter savodxonligi bilimini oshirish dolzarbligi haqida


Download 55.99 Kb.
bet2/5
Sana13.01.2023
Hajmi55.99 Kb.
#1090998
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 4-мавзу

4-2. Kompyuter savodxonligi bilimini oshirish dolzarbligi haqida.

Hozirgi kunda O’zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 27,2 mln.kishidan oshdi. Bu haqda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida qo’shimcha 50 000 kilometr optik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi va natijada ularning umumiy uzunligi 118 ming kilometrga etkazildi, aholi punktlarining qariyb 67 foizi tezyurar aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi. Keyingi yillarda optik-tolali aloqa liniyalarini kengaytirish ishlari davom ettiriladi.


Aholiga Internet xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha uskunalarning umumiy quvvati 3,6 millionga etdi.
Hozirgi vaqtda xalqaro aloqa kanallarining umumiy o’tkazish qobiliyati 1,800 Gbit/s ni tashkil etadi va 2022 yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar natijalariga ko’ra bu ko’rsatkich 3,200 Gbit/s ga etkaziladi. 2021 yilda viloyatlar va tumanlar o’rtasidagi umumiy quvvat 1,5 baravar oshirildi Internet xizmatlari uchun operator va provayderlar uchun tarif o’tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga pasaytirildi va bugungi kunda 30,0 Mbit uchun 1 ming so’mni tashkil etmoqda./ s. Bugungi kunga kelib, 95 foiz aholi mobil Internetga kirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Uy xo’jaliklarining qariyb 54 foizi yuqori tezlikdagi Internetga ulangan. Mobil aloqani rivojlantirish maqsadida mobil Internet tezligi 1,5 baravar oshirildi va 2021 yilda 14150 stantsiya o’rnatildi. Shunday qilib, ularning umumiy soni 45,890 donaga etkazildi. Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda internetdan foydalanuvchilar soni 27,2 mln.kishidan oshdi. Shu jumladan 25,3 mln.kishi mobil internetdan foydalanadi.
Vazirlik press-relizida qayd etilishicha, 2020-2022 yillarda butun mamlakat bo’ylab aholi punktlarini Internet bilan qamrab olish darajasini oshirish, xususan, keng polosali ulanish portlari sonini 2,5 million donaga etkazish, 20 ming km optik tolali kabellar yotqizish va nihoyat, uyali aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali, aholini mobil Internet bilan qamrab olishni 95% ga oshirish. 2020 yilda Mininfocom magistral transport Telekom tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha ikkita loyihani amalga oshirdi. 19 ming km optik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi (yil rejasi 10 ming km), ularning umumiy uzunligi 55,6 ming km ga etkazildi.
Yil boshidan buyon 4500 ta mobil baza stansiyalari qurilib ishga tushirildi, 3000 ta stansiya modernizatsiya qilindi. Natijada, moliya vazirligi qayd, mamlakatimizda hisob-kitoblar mobil qamrovi darajasi 97% ni tashkil etdi, va mobil Internet — 87%. Hisobot davrida 1 mln. port o’rnatilib, ularning umumiy soni 3 mln.donaga etdi. 1 dekabr holatiga maktablar, maktabgacha tashkilotlar va sog’liqni saqlash muassasalarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash uchun taxminan 12,8 ming km optik tolali liniyalar yotqizildi, natijada 7150 maktabda (mamlakatdagi umumiy sonning 70%), 4581 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (80%) va 2747 kasalxona va poliklinikalar (78%). Yil oxirigacha bolalar bog’chalari va sog’liqni saqlash muassasalarini Internet orqali qamrab olishni 100% ga oshirish rejalashtirilgan.
Xalqaro ma’lumotlar uzatish tarmog’ining umumiy o’tkazish qobiliyati 2018 yil noyabridan beri o’zgarmadi va 1200 Gbit/s. operator va provayderlar uchun narx yil boshidan beri 36,1% ga pasaydi va 45 Mbit/s.uchun 1 ming so’mni tashkil etdi.
Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o’zlarining Qarazli manfaatlari yo’lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o’sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko’rsatish orqali, hali ongi va
hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg’itish, ularning ongi va qalbini egallash yo’lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog’lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan. Jumladan, xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to’g’risida" Konventsiya, "Voyaga etmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to’g’risida" Evropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "Bola huquqlari to’g’risida" BMT Konventsiyasini, "Yoshlarni himoyalash to’g’risida" Germaniya, "Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to’Qrisida" Litva va "Bolalarni sog’ligi va rivojlanishiga ziyon etkazuvchi axborotdan himoyalash to’g’risida" Rossiya qonunlarini tilga olishimiz mumkin. Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog’lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida"gi Qonunda "O’zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo’ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida"gi Qonunda "Pornografiya, shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan. Yaqinda "Ma’rifat markazi" majlislar zalida "Axborot globallashuvi va yoshlar ma’naviyati" mavzuida bo’lib o’tgan videokonferentsiya ham Qonunchilik palatasi deputatlari, axborot sohasining mutaxassis va ekspertlari, olimlar, yoshlar vakillari buzg’unchi g’oyalar va axborot xurujlaridan yoshlarni himoyalashning tegishli tashkiliy- huquqiy asoslarni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Bugungi axborot globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ta’limi samaradorligini oshirish borasida qator taklif-mulohazalar bildirildi. Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog’lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to’g’ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo’ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko’magiga muhtoj. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan o’sib kelayotgan yosh avlodning media savodxonligi va Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, Internetning milliy segmentini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi. Videokonferentsiyada axborot makonining globallashuvi jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, buni amalga oshirishda jamiyatimizning keng qatlamlari: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ota- onalar va pedagoglarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq ekani
ta’kidlandi. Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo’yib bo’lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga solom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Bunda biz deputatlar jahon va rivojlangan demokratik davlatlar amaliyotidan kelib chiqib, axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimining qonuniy mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan qonunchilik jarayonini amalga oshirishimiz lozim bo’ladi. Zero, yoshlar ma’naviyatiga daxldor yumushlarda beparvolikka yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Insoniyat aql-zakovatining mahsuli bo’lgan shunday kashfiyotlar borki, ular bir paytning o’zida ham ezgulikka, ham yovuzlikka xizmat qilishi mumkin. Masalan, Alfred Nobel dinamitni ixtiro qilganida tog’ konchilari mehnatni engillashtirishni niyat qilgan bo’lsada, bu yangilik bir kun kelib insoniyatga musibatlar keltira boshladi. Yadroviy reaktsiyalarning mislsiz kuch-qudratini kashf etgan olimlar ham ushbu ixtiro asosida yaratilgan qurollar bashariyatga faqat kulfat olib kelishini tasavvur etmagan bo’lsalar kerak.

Har qanday kashfiyot kabi internet ham intellektual salohiyatning natijasi hisoblanadi. Biz internet yordamida istalgan ma’lumotlarga juda tez vaqt oralig’ida erishishimiz, masofadan turib ta’lim olishimiz, horijda yashayotgan qadrdonlarimiz bilan suhbatlashishimiz va hattoki elektron adabiyotlardan bahramand bo’lishimiz mumkin. Bugungi kunda butun insoniyatga xavf solayotgan diniy ekstremistik oqimlar o’z tarafdorlari sonini ko’paytirish va buzg’unchi g’oyalarini targ’ib qilishda internet tizimidan keng foydalanmoqda. Aytish joizki, so’nggi yillarda terrorchilik tashkilotlari g’oyalarini targ’ib-tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Hususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo’lsa, bugungi kunda terorrorchilar foydalanayotgan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo’lib, ularga xizmat ko’rsatuvchi portallar soni kundan kunga ortib bormoqda. Bunday saytlarga zo’ravonlik, axloqsizlik, tayinsiz sektalar, o’zlarini allaqanday diniy jamoalar vakillari deb nomlanayotganlirning chiqishlari hamda g’oyalari joylashtirilmoqda.
Bunday internet saytlarining yana bir o’ziga xosligi-to’satdan paydo bo’ladi, ma’lum vaqt o’tgach yo’qoladi, mazmunini o’zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o’zgartirib turadi. Shuningdek, ushbu toifadagi saytlar bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol a’zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad-muddaolarini bilmaydigan, ularni “kurashchilar”, “muholifat” va shu kabilar sifatida qabul qilishga o’rgangan odamlarga mo’ljallangan. Ulardan jamiyatda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantirish va qarama-qarshi (dushman) tomonga ruhiy ta’sir ko’rsatish, qo’rquv, vahima tarqatish orqali ichki ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko’zlanadi. Yoshlar hayoti va tarbiyasiga katta xavf solayotgan, butun jahonda balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday hurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliyotga aylanmoqda.
Bu kabi g’arazli maqsadlarni ko’zlagan kuchlarga qarshi kurashishda esa, ma’naviyat eng katta qurol bo’lib xizmat qiladi. Shunday ekan, voyaga etayotgan har bir farzandimizni kuchli mafkuraviy immunitet va yuksak ma’naviyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod, obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashimizning asosiy shartlaridan biri bo’lib qolaveradi.
Barchamizga ma’lumki hozirgi davrda hayotimizni internetsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dunyo bo’ylab internetning shiddat bilan rivojlanishi natijasida undan faqatgina ma’lumotlarni qabul qilish hamda tarqatish bilan cheklanib qolmasdan, balki bundanda katta ishlarni bajarish imkoniyatlari tug’ildi.
Internet orqali insonlar uzoqdagi do’stlari, yaqinlari bilan bemalol ko’rib gaplashadigan, bir-biriga xabarlar yuboradigan bo’ldi.
Tasavvur qilish uchun birgina misol keltirishning o’zi kifoya qiladi deb o’ylayman. Oddiygina talaba o’yga berilgan vazifani qilish uchun kutubxonaga borishi, u erdan kerakli kitoblarni qidirib topishi, hamda u erda o’tirib ikki uch soat o’qib daftarga yozishi kerak bo’ladi. Huddi shu ishni uyida internet orqali bajarsa juda ko’p foydali tomonlari bo’ladi. O’sha talaba kutubxonaga bormaydi, u erda vaqtini ketkazmaydi, kerakli ma’lumotlarni internet orqali yaxshilab o’qib o’ziga ma’lumot sifatida olib qolishi ham mumkin bo’ladi. Yana bir misol avvallari bir inson o’zining yaqiniga hat yozmoqchi bo’lsa, u xat yozish uchun qog’oz qalam olishi, unga gaplarni yozishi, uni esa po’chtaga olib borishi kerak bo’lardi. Xat tashuvchi uni olib kerakli joyga elitib bergunicha oradan bir necha kun vaqt o’tardi. Hozirda esa bunday ishlar oddiygina bir hol bo’lib qoldi. O’sha ishlarni internet orqali inson uzog’i bilan besh daqiqada bajarishi mumkin. Bunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda internetdan foydalanuvchilarning soni kundan kunga ko’payib, internetdan foydalanish borasida ko’pgina xalqlar ilgarilab ketmoqda. Qirq olti mamlakatda ellik ming kishidan so’rovnoma olgan mutaxasislar yaqin Sharqdagi, shuningdek Xitoyda internetdan foydalanuvchilar bu borada rivojlangan mamlakatlar aholisidan o’zib ketishdi deb xulosa chiqarishdi. So’rovlar natijasiga ko’ra, Misr va Saudiya Arabistonining ellik besh foiz aholisi internetga ko’milib yashaydi. Birorta Evropa mamlakati o’ntalik ro’yxatga kira olmadi. Rivojlangan mamlakatlar aholisi internetda asosan do’stlari bilan suhbatlashadi. Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va Xitoyda esa foydalanuvchilar haftada besh soatdan ko’p vaqtini ijtimoiy tarmoq saytlarida o’tkazadi. Qolgan to’rt soat esa elektron pochta orqali xat jo’natishga sarflanadi. Rivojlangan mamlakatlarda, aksincha, asosiy e’tibor elektron pochta orqali muloqotga qaratilar ekan. Ijtimoiy tarmoqdan eng ko’p foydalanadiganlar Malayziyaliklar bo’lib, har bir foydalanuvchining o’rtacha ikki yuz o’ttizdan ko’p “internetda do’sti” bor. Malayziyadan keyingi o’rinni Braziliyaliklar egallab turibdi.
Har bir narsani yaxshi tomoni bo’lgani kabi yomon jihatlari ham bor. Internetda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda, zararli behayo, buzuq ma’lumotlar ham keng tarqalgandir. Inson ma’naviyatiga ta’sir qiladigan
foxishabozlik, behayolikni, axloqsizlikni targ’ib qiluvchi saytlar juda ham ko’payib bormoqda. Ba’zi odamlar internet orqali bir-birlarini aldamoqda, bir-biriga tuxmat qilmoqda, u tufayli ko’pgina yosh oilalar ajrashib ketish holatlari kuzatilmoqda va hokazo. Internet orqakli nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa ko’pgina sohalarda ham ko’plab jinoyatlar sodir etilmoqda.
Yuqorida keltirib o’tilgan gaplar shuni ko’rsatib turibtiki internetni biz ham yaxshilikka, ham yomonlikka ishlatishimiz mumkin ekan. Bizni vazifamiz undan faqatgina yaxshilik yo’lida foydalanishimiz kerak. Buning uchun esa dinimizning umumiy ta’limotlari asosida internetdan foydalanish odoblarini yo’lga qo’yishimiz kerak bo’ladi.
Avvalo internetdan foydalanmoqchi bo’lgan odam niyatini to’g’ri qilishi kerak. Ana shunda bu ishdan foyda topadi. Internetdan foydalanishdan oldin vaqtni zoya ketkazmaslikni, uning har lahzasi hisobli ekanini o’ylash kerak. Internetda uzoq vaqt o’tirish ham zararli bo’lib, u sababli inson o’ziga xos xastaliklarga chalinishi mumkin. Bundan tashqari internetda ko’riladigan, eshitiladigan va o’qiladigan ma’lumotlarning barchasiga shariat ruxsat bergan bo’lishi kerak. Ammo ming afsuslar bo’lsinki, ko’pgina insonlar saytda o’zlariga ravo ko’rmaydigan narsalarni sayt orqali bemalol ko’rishadi. Bunday odamlarning axloqida kamchiligi bor.
Balog’at yoshidagi o’smirlarning internetdan foydalanishini to’g’ri tartibga qo’yib, ularni doimiy ravishda kuzatib borish kerak. Bunday holatlarda bolalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Ular foydalanadigan kompyuter, telefon jihozlari doimiy ravishda kuzatib borilishi kerak. Chunki bola ko’cha-kuyda o’rtoqlaridan yoki biron tanishlaridan ham turli behayo saytlarni o’rganib, shularga kirib foydalanishi mumkin. Bolaning internet yoki kompyuterda o’ynaydigan o’yinlari zehnni charhlaydigan, odob axloqqa targ’ib qiladigan bo’lishi kerak. Ularning vaqtlari behudaga ketmasligi uchun ota-ona doimiy ravishda harakat qilishi lozim bo’ladi. Agar ota-ona farzandiga internetdan foydalanish odoblarini doimiy ravishda o’rgatib, uni nazorat qilib borsa, unday farzandning hayosi, odobi o’z joyida bo’ladi. Begona yot g’oyalarga ergashib ketmaydi. Fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanadi.



Download 55.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling