4-Mavzu : Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet madaniyati. Reja


-4. Yoshlar o’rtasida internet madaniyatini yuksaltirish chora-tadbirlari


Download 55.99 Kb.
bet4/5
Sana13.01.2023
Hajmi55.99 Kb.
#1090998
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 4-мавзу

4-4. Yoshlar o’rtasida internet madaniyatini yuksaltirish chora-tadbirlari


XXI asr yuqori kompyuter texnologiyalari asridir. Bugungi kunning zamonaviy o’quvchisi elektron madaniyat dunyosida yashayapti. Axborot madaniyatini shakllantirishda o’qituvchi-ning vazifasi o’zgarmoqda – u axborot oqimi koordinatori bo’lishi kerak. Taraqqiyot bilan bir xil qadam tashlayotgan o’qituvchilarning ko’pchiligi bugun o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishga texnik va psixologik jihatdan tayyordir.
O’qituvchi dars o’tar ekan u darsning ixtiyoriy bosqichini yangi texnik vositalarni joriy etish orqali jonlantirish mumkin. O’quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish o’qituvchiga darslarda o’quv-biluv faoliyatining turli shakllaridan foydalanishga, o’quvchilarning mustaqil faoliyatini faollashtirishga va aniq maqsadga yo’naltirishga imkon beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o’quv axborotidan foydalanishga imkoniyat beruvchi, axborotni qidirib topish, yig’ish va axborot manbasi bilan ishlash, shu jumladan internet tarmog’idagi manbalar, shuningdek axborotni saqlash va etkazib berish vositasi sifatida qarash mumkin. O’quv jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o’quv materiali sifatini oshirishga va ta’lim samaradorligini kuchaytirishga yordam beradi.
Ixtiyoriy pedagogik texnologiya – bu axborot texnologiyasidir, chunki ta’lim berish texnologik jarayoni asosini axborotni olish va uni o’zgartirish tashkil etadi. Kompyuterdan foydalanishga asoslangan texnologik ta’lim uchun kompyuter texnologiyalari iborasi mos keladi. O’qitishning kompyuter (yangi axborot) texnologiyalari–bu ta’lim oluvchiga beriladigan axborotni tayyorlash va etkazib berish jarayoni bo’lib, uni amalga oshirish vositasi kompyuter hisoblanadi. Amaliyotda o’qitishning axborot texnologiyalari deb axborot (EHM, audio, video, kino) vositalaridan foydalanuvchi barcha maxsus texnik texnologiyalarga aytiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan darsga tayyorlanishda o’qituvchi shuni esdan chiqarmasligi kerakki, bu DARS, shuning uchun dars rejasini uning maqsadlaridan kelib chiqib tuzishi, o’quv materialini tanlab olishda esa asosiy didaktik printsiplarga amal qilish shart: tizimlilik va ketma-ketlik, differentsial yondashuv, ilmiylik va boshqalar. Bunda kompyuter o’qituvchini almashtirmaydi, balki faqat to’ldiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo’llab o’tilgan darsga quyidagi xususiyatlar xosdir:

  1. Moslashuvchanlik printsipi: kompyuterni bolaning individual xususiyatlariga moslashtirish;

  2. Boshqaruvchanlik: har qanday vaziyatda ta’lim jarayonini o’qituvchi tomonidan o’zgartirilishi, tuzatishi mumkinligi;

  3. O’qitishning dialog va interfaollik xususiyati; axborot- kommunikatsiya texnologiyalari o’qituvchi va o’quvchi harakatiga munosabat bildirish, javob berish xususiyatiga ega, ular bilan dialogga kirishishi mumkin, bu esa kompyuterli ta’lim metodining eng asosiy xususiyatini tashkil etadi;

  4. Yakka va guruhli ishlarning eng mutanosib (optimal) mosligi;

  5. Kompyuter bilan muloqotda o’quvchilarning psixologik ko’tarinki kayfiyatini ushlab turish.

Maktab o’quvchilari ta’limi jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi o’quv jarayoni umumiy darajasini oshiradi, o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan faolliklarini kuchaytiradi. Buning uchun o’qituvchi bir qator ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Bulardan asosiylari: texnik, ya’ni kompyuterda ishlash uchun standart dasturiy ta’minotdan foydalana olish ko’nikmasi; uslubiy, ya’ni o’quvchilarni savodli o’qitish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar; texnologik, ya’ni turli darslarda o’qitishning axborot vositalaridan samarali foydalanish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar.
Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foyda- lanish o’quvchilarga o’zlarini o’rab turgan olamning axborot oqimida to’g’ri yo’nalishga tushib olishlariga, axborot bilan ishlashning amaliy usullarini egallashga, zamonaviy texnik vositalar yordamida axborot almashishga imkoniyat beruvchi ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi ta’lim olish uchun ijobiy motivatsiyani kuchaytiradi, ta’lim oluvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari didaktik materiali mazmuni va shakli bo’yicha turli- tumandir: elektron darsliklar, videorolik, musiqa, ma’lum mavzudagi taqdimotlar, rivojlantirish xususiyatiga ega turli testlar, topshiriqlar va boshqalar. Darslarda axborot texnologiyalarini qo’llash bilish faoliyatini faollashtiruvchi asosiy printsiplar-ishonish va teskari aloqa, tadqiqotchilikni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ushbu printsiplarning amalga oshirilishini axborot texnologiyalari qo’llanilgan barcha darslarda kuzatish mumkin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash mustaqil faoliyat imkoniyatlarini kengaytiradi, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantiradi, turli ma’lumotlar tizimi, elektron kutubxona, boshqa axborot manbalaridan foydalanishga imkoniyat beradi, umumlashtirib aytganda ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llab o’tiladigan dars ishlab chiqilayotganda ta’lim oluvchilar sog’ligiga alohida e’tibor qaratish kerak. Dars rejasiga fizik va dinamik pauzalar kiritish, ko’z uchun mashqlar va boshqa sog’likni saqlashga qaratilgan texnologiyalar elementlaridan foydalanish kerak. Shunday qilib, bilish faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida tashkil qilish barcha yo’nalishlarda o’zini oqlaydi: bolaning umumiy rivojlanishida ko’maklashadi, qiyinchiliklarni engib o’tishda yordam beradi, bola hayotiga quvonch olib kiradi, o’quv jarayonida o’quvchi va o’qituvchi hamkorligiga va ularning bir-birini yaxshiroq tushunishiga qulay sharoit yaratadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklariga quyidagilarni keltirib o’tish mumkin: ta’limni shaxsga yo’naltirish, o’quvchilar mustaqil faoliyatini intensivlashtirish, darsda bajarilgan topshiriqlar hajmining ortishi, internetdan foydalanganda axborot oqimining ortishi, kompyuter o’qituvchiga yangi imkoniyatlar beradi, yangi texnologiyalar yordamida o’quvchilar bilan birgalikda qiziqarli bilish jarayonidan lazzatlanish, yorqin rangli yangi dunyoga kirishga sharoit yaratadi. Bunday mashg’ulot bolalarda ruhiy ko’tarinkilik keltirib chiqaradi, o’zlashtirishda ortda qolayotgan o’quvchilar ham qiziqish bilan kompyuterda ishlashadi.
Odatdagi darsni kompyuter bilan integratsiyalash o’qituvchiga o’z ishining bir qismini kompyuterga yuklash, bu orqali esa ta’lim jarayonini yanada qiziqarliroq, turli-tuman, intensiv o’tishiga imkon beradi. Dars jarayonida kompyuter testlari va tahliliy dastur jamlanmalaridan foydalanish o’qituvchiga qisqa vaqt ichida o’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan materialning o’zlashtirish darajasi haqida aniq ma’lumot olish va o’z vaqtida tegishli tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Bunda har bir o’quvchiga beriladigan topshiriq qiyinchilik darajasini tanlash imkoniyati bo’ladi. O’quvchi uchun testni bajargandan keyin darhol, ushbu axborot uning uchun dolzarbligini yo’qotmagan vaqtda, yo’l qo’ygan xatolari ko’rsatilgan natijalarni olish juda muhimdir. Buni esa odatdagi sinovda birdaniga bajarib bo’lmaydi.
Dars jarayonida o’quvchilar turli fanlardan materiallar bilan ishlashda kompyuterdan foydalanishni o’rganishadi, kompyuter yordamida misol va masalalar ishlashadi, rasm va chizmalar chizishadi, matnlar tayyorlashadi. Bu esa o’quvchilar uchun o’z ijodiy qobiliyatlarini ko’rsatish imkoniyatidir. Ushbu ijobiy tomonlar bilan birgalikda darsga tayyorlanish va uni o’tish vaqtida turli muammolar ham chiqib qoladi. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashni joriy etishda mavjud kamchiliklar va muammolarga quyidagilarni keltirib o’tishimiz mumkin: ko’pchilik o’qituvchi va o’quvchilarda uyda kompyuterdan foydalanish imkoniyati yo’q; kompyuterdan foydalanib o’tiladigan darslarga tayyorlanish uchun o’qituvchilarda etarli darajada bo’sh vaqtning yo’qligi; o’qituvchilar kompyuter savodxonligining etarli darajada emasligi; informatika o’qituvchilari bilan mustahkam aloqaning yo’qligi; o’qituvchilar ish grafigida internet imkoniyatlaridan foydalanishni o’rganib chiqish uchun vaqt ajratilmaganligi; dars jadvaliga kompyuterdan foydalanishni joylashtirishning qiyinligi; hamma uchun kompyuterdan foydalanish vaqtining etmasligi; kompyuterda ish bajarish jarayonida etarli darajada motivatsiya paydo qilinmaganligi sababli o’quvchilarning o’yin, musiqa, kompyuter texnik xarakteristikalarini tekshirib ko’rish va hokazolarga e’tibor qaratishi; darslarga axborot-kommunikatsiya texno- logiyalarini tatbiq qilishga berilib ketgan o’qituvchining rivojlantiruvchi ta’limdan ko’rgazmali-illyustrativ metodga o’tib, unga bog’lanib qolish holatining mavjudligi.
Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi ta’lim jarayonining eng muhim masalalaridan biri– o’quvchilar bilimlari darajasini oshirishga katta imkoniyatlar beradi.
Bundan foydalanish esa faol, ijodkor, izlanuvchan o’qituvchilarimizga bog’liqdir. O’qituvchilarning turli faoliyat yo’nalishlarida axborot- kommunikatsiya texnolo-giyalaridan foydalanishi ularning metodik va ilmiy-tadqiqot ishlari darajasi va o’quv jarayoni samaradorligining oshishiga yordam beradi
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bugun biz yuksak texnologiyalar zamonida yashayotganimiz bilan faxrlansak-da, ushbu texnologiyalar ayrim yovuz kuchlar tomonidan g’arazli maqsadda ishlatilishi oqibatida axborot xurujlari kuchayayotganini nazarda tutishimiz lozim. Jamiyatimizni vayronkorlik va buzg’unchilik mazmunidagi axborot oqimidan himoyalash, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash yo’lida internetdan foydalanish madaniyatini yaxshilash masalasi tegishli davlat organlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislarning uzoq muddatli uzluksiz va tizimli hamkorligini talab etishini unutmaslik darkor.
Internet isoniyatning qanday manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak? Bugun bu savol ko’pgina mutaxassis va tahlilchilar oldidagi asosiy ko’ndalang masalalardan biri bo’lib turibdi. Bir haqiqat aniqki, endi internetning rivojlanish tezligini to’xtatib ham to’siq qo’yib ham bo’lmaydi.
Yaqinda Rossiya parlamenti tomonidan qabul qilingan “Antiqaroqchilik to’g’risida”gi qonun kutilmaganda ko’pgina nufuzli internet saytlari egalari tomonidan norozilik bilan kutib olindi. Biroq shunga qaramay ayni paytda shaxsan Rossiya Federatsiyasi prezidenti ishtirokida ushbu qonunni yangi talab va takliflar asosida puxta ishlab, maromiga etkazish va qayta qabul qilish maqsadida jadal ishlar olib borilmoqda.
Rossiya va boshqa qator mamlakatlarda axborot hurujlariga qarshi kurash borasida qat’iy qonun hujjatlari ishlab chiqilayotgan bir paytda, Xitoy qonunchilik organi tomonidan qabul qilinib, amalga kiritilgan yangi qonun bu yo’nalishda ter to’kayotgan mamlakatlarni bir oz ortda qoldirdi, deyish mumkin. Boisi, Xitoyda qabul qilingan yangi qonun axborot qaroqchilariga qarshi keskin jazo choralari belgilanganligi bilan ahamiyatli.
Unda belgilanishicha internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda agar yolg’on axborot ko’p sonli foydalanuvchilar tomonidan muhokama qilinsa yoki 5000 dan ortiq kishi tomonidan o’qilsa uni tarqatgan kimsa bir necha yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi. Bunday qaroqchilarga qarshi kurash Xitoyda biroz vaqt avval boshlangan bo’lib, yaqinda Uxan shahridan 27 kishi aynan yolg’on axborot tarqatish aybi bilan qo’lga olinganligi katta shov-shuvga sabab bo’lgandi3.
Bundan ko’rinib turibdiki, dunyo miqyosida axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi bilan axborot texnologiyalaridan foydalanib davlat va insonlar zarar etkazishi mumkin bo’lgan noqonuniy xarakatlarni sodir etish xavfi ortib bormoqda. Shu boisdan, axborot xavfsizligiga talab hozirgi vaqtda jamiyat hayoti va davlat faoliyatining barcha sohalarida birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lib qolmoqda.
Bugun tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, ko’pgina yolg’on axborotlar internet tarmog’idagi ijtimoiy saytlarning o’z foydalanuvchilariga yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda sodir etiladi. Internet tarmog’ining jinoyatchilar e’tiborini tortuvchi jihatlaridan biri – insonlarga axborot – ruhiy ta’sir ko’rsatishni global miqyosda amalga oshirish imkoniyatidir. Internet tarmog’i aynan jinoyat sodir etish quroli sifatida qulay vosita bo’lib qoldi. Eng oddiy holatda bu jinoyatlar mualliflik huquqini poymol qilish bilan bog’liq. Ana shu jihati bilan ham internet saytlaridagi qaroqchilarga qarshi keskin kurash choralarini qo’llash kunning eng dolzarb masalasi bo’lib qoldi. 3
http://sharh.uz/
Tarqatilayotgan axborot avvalo to’g’ri va holisligi bilan qimmatli. Har bir berilayotgan ma’lumot hayotiylikka asoslanishini inobatga olsak, unda kamida ikki va undan ortiq ma’lumot manbaasiga tayanishili lozim. Shu jihatdan axborot tarqatish bilan shu soha vakillari yoki javobgarlikni zimmasiga olgan, aniq yuridik manzilga ega shaxslar shug’ullangani maqsadga muvofiq. Ammo internet olamidagi ijtimoiy tarmoqlarning barcha foydalanuvchilar uchun yaratib bergan imkoniyati alal- oqibat jamiyat oldidagi mas’uliyat hissidan yiroq, g’o’r va tajribasiz ayrim toifa odamlar uchun ko’ngil tusagan axborotni omma e’tiboriga havola etish imkoniyatini yaratib berdi. Bunda Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari bilan qat’iy belgilab qo’yilgan inson sha’ni, qadr-qimmatiga dahl qilmaslik kabi me’yorlar himoyasiz qoldi. Oqibat yaxshi maqsadlar yo’lidan xizmat qilishi lozim bo’lgan ijtimoiy saytlar ba’zi bir kimsalar uchun buzg’unchi, isyonkor, hayosiz axborotlar tarqatish vositasiga aylanib qoldi. Bunday saytlar qatorida bugun odnoklassniki.ru, Fasebook hamda mail.ru kabi ijtimoiy tarmoqlar etakchilik qilayotganligini ham qayd etib o’tish joiz. "Google" kompaniyasining tahlillariga ko’ra esa O’zbekistondan bir kunda o’rtacha telegram ilovasidan 18 million, Instagramm saytiga 3,7 mln, Fasebook saytiga — 4,7 mlnga yaqin, V kontakte -2,6 mln nafardan ortiq kishi kirib, foydalanmoqda ekan.
Mamlakatimiz qonunchilik tizimida yoshlarni yolg’on va buzg’unchi axborotlardan himoya qilish borasida bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar o’rtasida odob- ahloqni buzishga, zo’ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni targ’ib etishga qaratilgan harakatlar ta’qiqlanishi belgilangan. Shuningdek, "Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunda ham buzg’unchi, yolg’on adabiyotlarni tarqatish va filmlar namoyish etish ta’qiqlab qo’yilgan.



Download 55.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling