4-mavzu. 1945-2015 yillarda Xitoy, Pokiston va Hindiston


partiyasi g‘alaba qildi. Lekin hokimiyatga


Download 130.44 Kb.
bet6/8
Sana31.10.2023
Hajmi130.44 Kb.
#1735464
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu.


Z. A. Bxutto boshliq Xalq partiyasi g‘alaba qildi. Lekin hokimiyatga birdaniga kelolmadi. Hukumat repressiya boshladi. Bunga javoban, 1971- yilda Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. 26-mart kuni Sharqiy Pokiston hududida Bangladesh Xalq Respublikasi tuzilganligi e’lon
qilindi.
Bu harakatni Hindiston qo‘llab-quvvatladi. Oqibatda Pokiston — Hindiston urushi yuz berdi. Bu urushda Pokistonning g‘arbiy frontdagi armiyasi yengildi, Bangladeshdagi armiyasi esa taslim bo‘ldi. Mag‘lubiyat Yahyoxon harbiy diktaturasining qulashiga olib keldi. Shu tariqa fuqarolik
hukumati tuzilishiga yo‘l ochildi. 1971-yil 20-dekabrda Pokiston Xalq partiyasi hokimiyatga keldi. Uning rahbari Zulfiqor Ali Bxutto bosh vazir lavozimini egalladi. Yangi hukumat harbiy holatni bekor qildi.
Sanoatning yetakchi tarmoqlarini, bank va sug‘urta kompaniyalarini
milliylashtirdi.
Mamlakatda agrar islohot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, katta yer egaligi hajmi 150 akr (60 ga) bilan cheklab qo‘yildi. Ortiqcha yerlar kam yerli va yersiz dehqonlarga tekinga bo‘lib berildi. Bu islohot 1977-yilda yana davom ettirildi. Endi yer egaligi hajmi 100 akr (40 gektar) bilan cheklab qo‘yildi.
Soliq o‘ziga to‘q dehqonlardan va katta yer egalaridan olinadigan bo‘ldi. Mamlakat tarixida birinchi marta pensiya ta’minoti joriy etildi.
1973-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra, Pokiston parlament respublikasi deb e’lon qilindi. Z. Bxutto hukumati xalqaro miqyosda real vaziyatni hisobga olgan holda siyosat yurita boshladi. Chunonchi, 1972-yilda Pokiston SEATO dan chiqdi. 1974-yilda Bangladesh Respublikasini tan oldi. 1976-yilda esa Hindiston bilan diplomatic aloqasini tikladi. Biroq fuqaro hukumati ko‘p yashamadi. 1977-yilning 5-iyunida Pokiston tarixida ikkinchi marta harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Bunga mamlakatda yuz bergan chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz yo‘l ochgan edi. Chunonchi, 1973-yilda Yaqin Sharqdagi urush munosabati bilan yuz bergan energetika
Download 130.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling