4-mavzu. 1945-2015 yillarda Xitoy, Pokiston va Hindiston


Download 130.44 Kb.
bet8/8
Sana31.10.2023
Hajmi130.44 Kb.
#1735464
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu.


munosabatning yomonligi Pokistonni katta harbiy xarajatlar qilishga majbur etardi. Bu esa tashqi qarzning tobora ortishiga olib kelgan asosiy omil edi. 1999-yilning may oyida o‘tkazilgan yadro bombasi sinovi juda katta xarajatlar evaziga, xalq ommasi rizqi evaziga amalga oshganligi sir emas.
Biror-bir siyosiy partiya mamlakatni inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo‘la olmadi. Ular uchun bir-birlarini korrupsiyada ayblash odatiy holga aylanib qoldi. Bu esa aholi ko‘z o‘ngida ularning obro‘sini to‘kdi.
Harbiylar vujudga kelgan vaziyatdan yana foydalandilar. 1999-yilning 3- oktabrida ular hokimiyatni qo‘lga oldilar. Armiya bosh shtabi boshlig‘i general P. Musharraf o‘zini prezident deb e’lon qildi. Pokistonda harbiy diktatura hukmronligi hamon davom etmoqda. Mustaqillik yillarida Pokiston va Hindiston taraqqiyotini taqqoslaydigan bo‘lsak, ular o‘rtasida qator jiddiy farqlar borligini ko‘rish mumkin. Masalan, Hindiston parlament respublikasi bo‘lsa, Pokiston prezidentlik respublikasidir. Sh. Aziz Bosh vazir lavozimida ishlamoqda. Pokistonda jamiyat hayotini diniy asosda qurish bu davlat hududiy yaxlitligiga tahdid solmaydi. Hindistonda esa bu omil uning parchalanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Pokistonda 3 marta harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgani holda, Hindistonda biror marta ham bunday hodisa sodir bo‘lgani yo‘q. Ayni paytda, har ikki davlat mustaqillik yillarida sanoat potensialini yarata oldi. Hindiston bu borada ancha ilgarilab ketdi ham. Buning misoli o‘laroq, u 1980-yilda o‘zining sun’iy yer yo‘ldoshini uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Har
ikki davlat ham yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga erishdi. Bu hodisa Osiyoda
tinchlikning barqaror bo‘lishiga xizmat qilmaydi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Hindiston va Pokistonning tashkil etilishi sabablari va mustaqillikka erishishi qanday yuz berdi?
2. J. Neru davrida Hindistonning ahvoli qanday edi?
3. Pancha chila nima?
4. Hindiston tarixida I. Gandining roli qanday bo‘ldi?
5. Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi mojaroning asosiy sababi nima?
6. M. Desai davrida Hindiston taraqqiyoti haqida gapirib bering.
7. «Bxarati janati parti» qanday partiya?
8. Pokiston 1958-yilgacha qanday idora qilindi?
9. Pokistonda harbiy diktaturalar nega o‘rnatildi?
10.Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati qanday bo‘ldi?
11.Bangladesh mustaqillikka qanday erishdi?
12.Benazir Bxutto qanday siyosat yurgizdi?
13.Hozirgi bosqichda Pokiston — Hindiston munosabatlari qanday?
14.AQSHning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari qay tarzda davom etmoqda?
15.O‘zbekistonning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Download 130.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling