4-mavzu. 1945-2015 yillarda Xitoy, Pokiston va Hindiston


Download 130.44 Kb.
bet7/8
Sana31.10.2023
Hajmi130.44 Kb.
#1735464
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu.


inqirozi Pokiston iqtisodiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mamlakatda keng iste’mol tovarlarining narxi ko‘tarilib ketdi. Ishsizlar soni kundan-kunga oshib bordi. Bu hol boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazishga imkon bermadi. Buning ustiga diniy mutaassiblar 1974-yilda yirik jamoaviy to‘qnashuvni keltirib chiqardilar. Natijada 1975-yilning fevralida Z. Bxutto hukumati asosiy muxolifatchi partiya — Milliy Xalq partiyasi faoliyatini taqiqlab qo‘yishga majbur bo‘ldi. Og‘ir siyosiy sharoitda bo‘lsa ham 1977-yilda parlament saylovi o‘tkazildi. Unda Z. Bxutto partiyasi g‘alaba qozonganligi e’lon qilindi. Biroq muxolifatchi partiyalar ittifoqi — Pokiston Milliy Alyansi buni tan olmadi va hukumatga qarshi keng kampaniyani avj oldirdi. Shunday sharoitda, yuqorida ta’kidlanganidek, harbiylar navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar.
1977-yil 5-iyulda hokimiyat general Ziyoulhaq qo‘liga o‘tdi. Mamlakatda harbiy holat joriy etildi. Z. Bxutto hibsga olindi va Jahon jamoatchiligining e’tiroziga qaramay, 1979-yilda qatl etildi. 1973-yilgi Konstitutsiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘ydi, parlamentni tarqatib yubordi. 1979-yildan barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ziyoulhaq jamiyat hayotini to‘la islomlashtirish siyosatini yuritdi. 1979-yilda Pokiston SENTO blokidan chiqdi. Qo‘shilmaslik harakatining qatnashchisi bo‘ldi. 1981—1987- yillarda AQSHdan 3,2 mlrd miqdorida harbiy-iqtisodiy yordam oldi.
Harbiylarning navbatdagi hokimiyatdan ketishiga Ziyoulhaqning 1988-yil 17-avgust kuni samolyot halokati oqibatida halok bo‘lishi sabab bo‘ldi. G‘ulom Is’hoqxon Prezident bo‘lib qoldi.
Shu yilning 16-noyabr kuni parlament saylovi o‘tkazildi. Unda Z. Bxuttoning qizi — Benazir Bxutto boshqargan Pokiston Xalq partiyasi g‘alaba qozondi va u Bosh vazir lavozimini egalladi. B. Bxutto ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydi. Uni korrupsiyada ayblab, 1990- yilda hokimiyatdan chetlatishdi. Uning o‘rniga Navoz Sharif bosh vazirlikka tayinlandi. Lekin ahvol tinchimadi. Prezident Legari yangi saylov o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
1993-yilgi parlament saylovida ham B. Bxutto partiyasi g‘alaba qozondi. Biroq ichki siyosiy vaziyat nihoyatda chigal bo‘lgan Pokistondek davlatni boshqarish oson emas edi. Siyosiy tajribasizlik B. Bxuttoga mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlash imkonini bermadi. U yana korrupsiyada ayblandi.
1997-yilgi saylovda esa Pokiston Musulmon Ligasi g‘olib chiqdi. Uning rahbari N. Sharif bosh vazir lavozimini egalladi. Bu partiya hukmronligiga oxir-oqibatda navbatdagi — uchinchi harbiy to‘ntarish chek qo‘ydi. Bu davrda mamlakat tashqi qarz botqog‘iga botgan edi. Hindiston bilan
Download 130.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling