- 3. TS ishlarini o’tkazish usulini tanlash
- TS postlari texnologik vazifalariga ko’ra universal va maxsuslashtirilgan postlarga ajratiladi. Universal postlarda hamma yoki ishlarning ko’pchiligi bajarilsa, maxsuslashtirilgan postlarda bir yoki bir nechta operastiyalar bajariladi.
- Universal postlarda turli rusumli va ish hajmlari har xil bo’lgan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish mumkin.
- TS ishlarini oqimli qatorda tashkil etish ilg’or usullardan bo’lib, u quyidagilarni ta’minlaydi:
- - ishchi postlar maxsuslashtirilishi hisobiga ish hajmi qisqaradi va mehnat unumdorligi oshadi;
- - texnologik jihozlardan foydalanish darajasi oshadi;
- - ishlab chiqarishning uzluksizligi va sur’atliligi, ishlab chiqarish va mehnat intizomini ko’taradi;
- - ishlarning sifati oshadi, tannarxi esa kamayadi;
- - ishchilarning mehnat sharoiti yaxshilanadi va ishlab chiqarish maydonlari qisqaradi.
-
Ishlarni oqim qatorida bajarish uchun ma’lum sharoitlar bo’lishi kerak. Bularga quyidagilar kiradi: - Ishlarni oqim qatorida bajarish uchun ma’lum sharoitlar bo’lishi kerak. Bularga quyidagilar kiradi:
- - yetarli maydon va shularga mos rejalashtirilgan xonalar;
- - xizmat ko’rsatilayotgan avtomobillarning bir xil rusumliligi;
- - etarli kunlik ishlab chiqarish dasturi;
- - avtomobillarni TXK ga yuborish jadvaliga rioya qilinishi;
- - ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirishi;
- - ehtiyot qism va materiallar bilan o’z vaqtida ta’minlanishi;
- - TXK-1 yoki TXK-2ga avtomobilni qo’yishdan oldin JT ishlarining bajarilishi.
- TXK ishlarining oqimli qatorlarda o’tkazilishining asosiy omillaridan biri TXK turlari bo’yicha kunlik reja miqdoridir.
- Agar kunlik reja Nkxk=100, Nts-1=12-15, Nts-2,3,4= 5-6 qiymatlardan kam bo’lsa, TS ishlari alohida maxsuslashtirilgan yoki universal postlarda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |