4-mavzu: Amir Temur va temuriylar davri ma’naviyati Reja


 “Temur tuzuklari”da ma’naviyat masalalari


Download 460.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.10.2023
Hajmi460.42 Kb.
#1726857
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-мавзу

 
2. “Temur tuzuklari”da ma’naviyat masalalari 
Amir Temurning ma’naviy va ma’rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari, 
nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari “Temur tuzuklari”da 
mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning 
9
Vamberi H. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. – T., 1990. – B. 52-53.
10
Ma’naviyat yulduzlari. – T.: Ma’naviyat, 1999, 148-bet.
11
Mo‘minov I.M. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. – T.: Fan, 1968, 
16-bet.
12
Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. – T.: Fan, 1968, 
17-bet.
13
Pugachenkova G.A., Rempel L.I.. Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremen do 
seredinы devyatnadsatogo veka. – M., 1965, 309-bet.


vazifalari, o‘z ishiga munosabati, aholi turli qatlami – raiyatning haq-huquqini 
himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma’naviy-axloqiy qonun-
qoidalar o‘z ifodasini topgan. “Temur tuzuklari” haqida Birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov quyidagi fikrlarni bildirganlar: Shaxsan men “Temur 
tuzuklari”ni har gal o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-
quvvat topgandek bo‘laman. O‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror 
murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun 
bugun ham oziq bo‘ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko‘p 
bor ishonch hosil qilganman. Masalan, “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, 
tabirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan 
yaxshiroqdir”, degan so‘zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar 
dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon
14
. Herman Vamberi “Temur 
tuzuklari”ga shunday izoh beradi: tuzuk so‘zining asli eski turkchadagi tutsuq 
(arabcha nizom) ma’nosidadir: bu so‘zga arabcha ko‘plik qo‘shimchasini 
qo‘shib, “tuzukot” yasalgan. Olim yana bir izohida “Temur tuzuklari”ning asl 
chig‘atoycha nusxasi Yaman voliysi Ja’farning kutubxonasida saqlanishini 
aytadi
15
. “Temur tuzuklari” haqida Yevropa olimlarining quyidagi fiklari ham 
katta ahamiyatga ega. Nemis olimi F.Shlosser o‘zining “Jahon tarixi” (III tom) 
asarida: “Baxtiyor jangchi, jahongir, uzoq Sharqda qonunshunos bo‘liщ bilan 
birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi”, 
- deb yozsa, atoqli nemis tarixshunosi M.Veber: “Temur o‘z dushmanlariga 
nisbatan juda berahm, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik 
sohasida buyuk talantga ega edi”, - deb ta’riflaydi. Shuningdek, “Tuzuki 
Temur” – “Temur tuzuklari”da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy 
hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy 
qoidalari haqida gap boradi. “Temur tuzuklari”ni inglizchadan fransuz tiliga 
tarjima qilib, 1787 yilda nashr etgan fransuz olimi Lyangle Temur haqida 
shunday yozadi: “Temurxon (Temur) siyosiy va harbiy taktika haqida risola 
yozgan va o‘z avlodlariga juda dono tizim qoldirgan. Biz buni tasavvur ham 
qilmagan edik va uning urushlarini bosqinchilik va talon-taroj qilish deb 
baholab kelgan edik. Deyarli yengib bo‘lmaydigan ikki to‘siq – bizdagi taassub 
hamda tarixiy nohaqlik Temurni bilishimizga va to‘g‘ri baholashimizga xalaqit 
berib keldi”
16
. Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli xislatlari 
namoyon bo‘lgan. Buni boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo‘lish 
inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi: “Menga yomonlik qilib, boshim uzra 
shamshir ko‘tarib, ishimga ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-
tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. 
Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo‘l tutdimki, agar 
xotiralarida menga nisbatan shubhayu qo‘rquv bo‘lsa, unut bo‘lardi”. “Menga 
hasad qilib, o‘ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg‘a-in’omlar 
berib, muruvvatu ehson ko‘rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko‘rib, xijolat teriga 
14
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 45- bet.
15
Vamberi H. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. – T., 1990, 7-bet.
16
Ma’naviyat yulduzlari. – T.: Ma’naviyat, 1999. – B. 146-147. 


g‘arq bo‘ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do‘stlarim oldimga 
panoh tilab kelganlarida, ularni o‘zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech 
qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim”. “Temur 
tuzuklari”da davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib 
borilganligi bir necha bor ta’kidlanadi. “Saltanatim martabasini, - deb 
ta’kidlaydi Amir Temur, - qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, 
saltanatim ishlariga aralashib ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi 
yetmasdi”, yoki “Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatladim. Yana bir 
tajribamda ko‘rib bildimki, davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra-
tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi 
yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni ko‘rgan har 
kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan 
tomsiz, eshiksiz to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi. Shuning uchun ham men o‘z 
saltanatim binosini dini Islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Adolat 
va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim”
17
. Amir 
Temurning do‘stlik haqidagi pandu-nasihatlari biz uchun ahamiyatlidir. “Sodiq 
va vafodor do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining dushmanini o‘z 
dushmani deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi”. 
“Temur tuzuklari”da insonning Vatanga, el-yurtiga bo‘lgan muhabbati 
haqidagi fiklari o‘z aksini topgan. “Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq 
vazifangizdir. Zaiflarni qo‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. 
Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin”. Bu jumlalarda Amir Temur 
ma’naviyati jamuljam bo‘lgan bo‘lsa ne ajab. 

Download 460.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling