4-mavzu: Amir Temur va temuriylar davri ma’naviyati Reja


 Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan moddiy va ma’naviy


Download 460.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.10.2023
Hajmi460.42 Kb.
#1726857
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-мавзу

3. Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan moddiy va ma’naviy 
meros 
Yurtimizda mustaqillik yillaridan boshlab qadriyatlarimizning tiklanishi bilan ilm-
fan sohasida faoliyat ko‘rsatgan ko‘pgina allomalarning yubileylari o‘tkazildi. 
Shunday allomalardan biri Mirzo Ulug‘bek (1394-1449)ning 600-yilligi 1994 
yilda YuNESKO tomonidan nishonlangan edi. Mana bu yil ham olimning 625-
yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida Mirzo Ulug‘bek haqida 
shunday fikrlarni bildiradi: “Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan 
saltanatning vorisi bo‘lishdek o‘ta mas’uliyatli vazifa aynan Ulug‘bekka nasib 
etdi. Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining 
donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi – tinchlik, totuvlik, ilm-
fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo‘lida ulkan shijoat va matonat 
ko‘rsatdi
18
. Mirzo Ulug‘bek temuriyzodalar ichida fan va madaniyat 
taraqqiyotiga eng ko‘p va salmoqli hissa qo‘shgan hukmdordir. U Samarqandda 
birinchi falakiyotshunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga 
nom taratadi. Bu haqdagi fransuz yozuvchisi Volter (1694-1778) so‘zlarini 
eslaymiz: “Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, yer 
17
Temur tuzuklari. – T., 1991. – B. 53-54.
18
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008, 46- bet.


kurrasini o‘lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok 
etdi”. Bu haqda o‘z davrining yetuk olimlaridan G‘iyosiddin Koshiy 
Movarounnahrning ilm-fan markazlaridan biriga aylanganligi to‘g‘risida otasiga 
yozgan maktubida quyidagilarni keltiradi: “Hozir Samarqandda eng mashhur 
olimlar va hamma fanlarni o‘rgatuvchi mudarrislar yig‘ilgan bo‘lib, ularning 
ko‘pchiligi matematiklardir. Shuningdek, bu yerda ko‘pgina astronomlar ham 
yig‘ilishgan”
19
. Ulug‘bek ham xuddi bobosi Amir Temur kabi binokorlik 
ishlarini davom ettirgan. Lekin uning yo‘nalishi boshqacha bo‘lib, Ulug‘bek, 
ko‘proq madaniy va ilmiy muassasalar qurish bilan shug‘ullangan. Masalan, u 
Buxoroda, G‘ijduvonda, Samarqandda madrasalar solib, ilm-fanning 
rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Bu madrasalar orasida Ulug‘bek qurdirgan 
Buxorodagi madrasa (1417) eng birinchisi hisoblanadi. Bu madrasada 
Abdullaxon II davrida katta ta’mir ishlari olib borilgan. Abdurazzoq 
Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulug‘bek (1419 yil 28 noyabrda) madrasaga 
kelib, ilm oluvchi talabalarga in’omlar ulashgan. Bizgacha Ulug‘bekning 
Buxorodagi madrasasi ancha o‘zgargan holda yetib kelgan. Darvoza 
tabaqalariga Qur’ondan olingan oyat – “Talab ul-ilma farizatun alo kulli 
muslimin va muslimatun”, ya’ni (Ilm olish har bir musulmon erkak va ayol 
uchun farzdir) degan iboralar o‘yib yozilgan. Bu yerda har bir erkak va ayolning 
ilm olishi farz ekanligi ta’kidlanadi. Fan, adabiyot va san’atning mashhur 
namoyandalaridan bo‘lgan “Zubdat ut-tavorix” asarining muallifi Hofizi Abro‘, 
“Yusuf va Zulayho” dostonining muallifi Durbek, qasidalar janrini yaratgan 
shoirlardan biri Sakkokiy, Lutfiy va boshqa ko‘pgina fan va madaniyat arboblari 
Ulug‘bek davrida yashagan va ijod qilganlar. Ulug‘bekning astronomiya ilmida 
qilgan kashfiyotlari haqida shuni aytish kerakki
Samarqand astronomiya 
maktabi va atoqli olimning olamshumul ixtirolari zaminida Sharq xalqlari, 
xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining zo‘r ilmiy va madaniy merosi yotadi. 
“Har qanday tarixiy shaxsning jahon maydonida paydo bo‘lishi, – deydi 
akademik T.N.Qori-Niyoziy, – hech vaqt tasodifiy bo‘lmay, balki uning ijodi 
ma’lum meros va ma’lum zamin asosida vujudga keladi. Shuning kabi, Ulug‘bek 
ijodining zamini ham, tabiiy, tasodifiy emas”
20
. Ulug‘bek va uning safdoshlari 
ana shu boy merosga tayanib ish tutdilar. Temuriylar sulolasi davrida ma’naviyat 
va ma’rifat rivojiga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri Alisher Navoiy 
(1441-1501) hisoblanadi. O‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat 
arbobi, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O‘rta Osiyoning 
ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Birinchi 
Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda: “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u 
avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir 
desak, shoirlarning sultonidir”
21
. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid 
19
Yusupova D. Pismo Giyas ad-Dina Kashi k svoemu otsu iz Samarkanda v Kashan //Iz 
istorii nauki epoxi Ulugbeka. – T.: Fan, 1979, s. 46.
20
Kari-Niyazov T.N. Astronomicheskaya shkola Ulugbeka //Izbr. trudi: V 8 t. T. 6. – T.: Fan, 
1967. s. 94.
21
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008, 47-bet.


qirqdan ortiq asar yaratdi. “Chor devon”, “Xamsa”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, 
“Majolis un-nafois”, “Lison ut-tayr” va boshqalar shular jumlasidandir. 
Navoiy o‘z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni 
qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini 
qo‘yadi. 
Odami ersang demagil odami, 
Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. 
Mazkur bayt Navoiy ma’naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, 
hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri davomida insonparvarlikni, 
odamiylikni kuylab, uni ulug‘lab o‘tgan. Kishilar g‘amida bo‘lish, yaxshilik 
qilish, muruvvat ko‘rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo‘lgan. Uning 
qabrida mana bu so‘zlar bitib qo‘yilgan: “Shohi g‘aribon”, ya’ni g‘ariblar, 
yolg‘izlar, faqirlar shohi. Navoiy saxovat va muruvvatda benazir inson bo‘lgan. 
O‘zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini 
to‘laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Hirot shahrida o‘zining 
jamg‘armasi hisobidan qanchadan-qancha binolar, inshootlar barpo etgan. Injil 
kanalining janub tomonida katta tibbiyot o‘quv yurti va shifoxona barpo ettirgan, 
ularga taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Ixlosi madrasasi yonida katta 
saroy qurdirib, undagi mehmonxonada kambag‘al beva-bechoralarni tekin ovqat 
bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po‘stin va kiyim-kechak 
tarqatgan. Bundan tashqari, kanal qazdirib, Mashhad shahriga suv keltirgan. 
Navoiyning bundan qariyb 550 yil avval ilgari surgan g‘oyalari asrlar osha 
ahamiyatini, hayotiyligini yo‘qotgani yo‘q.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va 
she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga, yirik 
dvlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-
zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat 
tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan 
“Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy 
oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatning eng nodir durdonalari 
bo‘lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, “Aruz 
haqida”gi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi 
sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Ma’lumki, Bobur 1527 yilda 
Hindistonda o‘zining hukmronligini o‘rnatadi. Yevropa tarixchiligida “Buyuk 
mo‘g‘ullar” nomi bilan “g‘alati mashhur” bo‘lgan, aslida “Boburiylar sulolasi” 
Hindistonda 332 yil hukmronlik qildi. Bobur bu g‘alabadan keyin uzoq 
yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning 
vasiyatiga ko‘ra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar. Biroq, 
qisqa vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, 
Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq 
masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlariga homiylik qildi. Hindiston san’ati va 
me’morchiligida Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. 
Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida 
Javaharla’l Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin 
katta siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, 


me’morchilikka toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-
birlariga tutashib ketdi”. 
Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari “Boburnoma”dir. 
Asar asosan, uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi – XV asrning 
ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni, ikkinchi qismi – 
XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya’ni 
Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni, uchinchi qismi – XVI asrning birinchi 
choragida Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan. Shuning bilan 
birga, asarda o‘z yurti Farg‘ona uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy 
Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, O‘sh, 
Urganch, O‘ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nodir ma’lumotlar 
keltirilgan. “Boburnoma” – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron 
xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini aks ettirish 
bilan birga, u yerdagi xalqlar, qabila, elatlar va ularning yashash sharoitlari, urf-
odatlari, muhim tarixiy inshootlari – hindular va musulmonlarning 
ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir ma’lumotlarni 
o‘ziga qamrab olgan shoh asardir. Bobur o‘zbek adabiyotida o‘zining nozik lirik 
asarlari bilan ham mashhurdir. Uning she’riyatida Vatan tuyg‘usi, Vatan 
sog‘inchi, unga qaytish umidi mavj urib turgan.
Tole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, 
Har ishnikim, ayladim xatolig‘ bo‘ldi, 
O‘z yerini qo‘yib Hind sori yuzlandim, 
Yorab, netayin ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. 
Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri jahon ilm-fani, ma’rifati va ma’naviyati 
rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Bunda ulug‘ bobomiz, davlat arbobi
sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir.

Download 460.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling