4-mavzu. An’anaviy o’qitish texnologiyasi Mavzu rejasi


Download 128 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi128 Kb.
#1539900
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу


4-mavzu. An’anaviy o’qitish texnologiyasi


Mavzu rejasi:



  1. O’qitish metodlari.

  2. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va
    amalga oshirish metodlari



Tayanch so’z va iboralar:


O’qitishning og’zaki usuli. suhbat, hikoya, Ma’ruza, o’qitishning amaliy usullari. yozma mashq. tajriba-laboratoriya xarakteridagi mashklar, laboratoriya ishlari, amaliyotlar, o’rgatuvchi mashqlar, o’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat.
O’kitish metodlari.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda o’qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug’ullanuvchilar metodni o’quv jarayonining o’zagi, ko’zlangan maqsad va provard natijani bog’lovchi vosita deb izoxlaydilar.
O’qitish metodi «o’qitishning maqsadi - mazmuni – metodi, shakli -usullari» tizimida muhim o’rin egallaydi.
Metod deganda ta’limda maqsadga erishish, masalalarni xal qilish yo’llari, usullari tushuniladi. O’qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul - metodning unsuri bo’lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qshllanadi va alohida qadam hisoblanadi.

O’qitish metodi - murakkab, ko’p qirrali, ko’p sifatlarga ega bo’lgan


ta’limdir.
O’qitish metodida o’qitishning obyektiv konuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o’z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog’liq va biri ikkinchilarini takozo kiladi, ya’ni o’qitishning maksadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir ko’rsatadi.
Metodlar to’zilmasida obyektiv va sub’ketiv jihatlar ajralib turadi.
Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining shakllariga xos bo’lgan umumiy jihatlar aks etadi.
Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning o’ziga xosligiga va konkret sharoitga bog’liq bo’ladi.
O’qitish metodlarining ko’p o’lchovliligi ularning ko’plab tasnifini keltirib chiqardi.
O’qitish metodlari tasnifi - bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir.
Didaktik tadqiqotlar o’qitishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi.
Bunga ko’ra o’qitish metodlari tizimi dinamikada, xarakatda, ta’lim
mazmunida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni hisobga olingan holda deb
qaraladi. |
Eng asoslangan o’qitish metodlari tasniflariga quyidagilar kiradi:

  1. An’anaviy metodlar. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Xozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko’rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash, video metodlar.

  2. Maqsadiga ko’ra metodlar tasnifi: (M.A. Danilov, B.P. Yesinov)



  • bilimlarni egallash;

  • malaka va ko’nikmalarni shakllantirish;

  • bilimlarni qo’llash;

  • ijodiy faoliyat;

  • mustaxkamlash metodlari;

  • bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish metodlari.


3. Idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar tasnifi

  • tushuntirish - illyustrativ (axborot-reseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (resepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi;

  • reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o’zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi, bilimlarning mustaxkamligi tez-tez takrorlash yo’li bilan ta’minlanadi.

  • muammoli bayon qilish metodi;

  • qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni

kidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari buyicha must^kil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va xal kilinadi;
• tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi.
4. Didaktik maqsadi bo’yicha (T.I. Shukina, I.T.) quyidagilar
farklanadi:

  • ilk bor bilimlarni o’zlashtirish metodlari;

  • egallangan bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirish metodlari.

5. O’qitish metodlarining binar (qo’sh) va polinar (ko’p kirrali) tasnifi. M.I. Maxmutovning binar tizimi dars berish metodi va o’rgatish metodi majmuidan iborat.

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling