4-Mavzu: Avstraliya va Okeaniya xalqlari (4 soat) Reja
Download 41.37 Kb.
|
Avstraliya va Okeaniya xalqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’morchiligi va turarjoylari
Xo‘jaligi. Yangi Zelandiya - qishloq xo‘jaligi yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo‘jaligi 9 foiz, sanoat 25 foiz, xizmat ko'rsatish tarmog‘i 66 foizni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligining asosi - sut, go‘sht va go‘sht-jun chorvachiligi mashhur hisoblanadi. 47,5 mln. qo‘y, 9 mln. qoramol boqiladi. Yangi Zelandiya sari yog‘, go'sht, jun va pishloq eksport qilish bo'yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Yem-xashak ekinlari, bug'doy, arpa, suli, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlari ekiladi. Meva, jumladan, kivi yetishtiriladi. Bog‘dorchilik (sitrus mevalar, olma, nok, shaftoli, gilos), tokchilik rivojlangan. Baliq va kit ovlanadi. 0‘rmonda yog‘och tayyorlanadi. Sanoatida oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, yog‘ochsozlik va sellyuloza-qog‘oz, kimyo, to‘qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Alyuminiy, plastmassa, o‘g‘it, sement, chinni zavodlari bor. Kon sanoatida tabiiy gaz, temir rudasi, mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin, kumush, qo‘ng‘ir va toshko‘mir, titan (magnetit qumi) qazib olinadi. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati, avtomashinalarni yig‘ish va ta’mirlash korxonalaridan iborat. Keyingi yillarda AQSh, Yaponiya va Avstraliya sarmoyasi yordamida bir qancha qog'oz va yog‘ochni qayta ishlash korxonalari, alyuminiy zavodi qurilgan. Ta’lim 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun majburiy va bepul. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. 0‘qish muddati boshlang‘ich maktablarda 6 yil, oraliq maktablarda 2 yil, 8 yillik maktab (boshlang‘ich va oraliq)dan keyingi bosqich o‘rta maktab (o‘qish muddati 3 yil). Kollej va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish pulli bo‘lib, mamlakatda 7 ta universitet va texnika institutlari bor. Me’morchiligi va turarjoylari. Ingliz mustamlakachilari kelgunga qadar maorilar to‘g‘ri burchakli, ikki nishabli tomi o‘tlar bilan yopiladigan yog‘och uylardan iborat qishloqlarda yashagan. XIX asrning ikkinchi yarmidan aniq reja bilan (Kraystcherch, Oklend) yoki tabiat manzarasi bilan uyg‘unlashtirib qurilgan (Vellington) shaharlar qad ko‘tara boshladi. Ma’muriy bino va ibodatxonalar avval neoklassitsizm va neogotika uslubida, XX asrning 20-30-yillaridan zamonaviy shakllarda qurildi. 1960-1970-yillardan yangi qurilish materiallari va konstruksiyalar qo'llanila boshladi. Bir qavatli uylar inglizlarnikiga o‘xshatib qurilsa ham, o‘ziga xos mahalliy xususiyatlarga ega. Download 41.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling