4-mavzu: Avstriya (Gabusburglar) XVII asrning ikkinchi yarmi-xx asr boshida Reja


TURKIYA BILAN URUSH. KARLOVITSA SULHI


Download 22.92 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.92 Kb.
#1411603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avstra

TURKIYA BILAN URUSH. KARLOVITSA SULHI.
Usmoniylar imperiyasi 1683 yilda Avstriyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Shu yili yozda turklarning 100 ming kishilik armiyasi imperiya poytaxti Venani qamal qilishni boshladilar. Imperator poytaxtni o’z holiga tashlab, saroy ahli bilan Yuqori Avstriyaning poytaxti Lintsga qochdi. 12 ming kishilik garnizonga ega bo’lgan Vena himoyachilari turklarga bas kela olmas edi. Sentabr oyiga kelib ahvol juda og’irlashdi. Nihoyat Vena turklarni Yevropa bo’sag’asida to’xtatib turgan so’nggi to’siq ekanligini tushunib etgan Yevropalik hukmdorlar turklarga qarshi birlashishga kirishdilar. Papa Innokentiy XI vositachiligida Polsha qiroli Yan Sobeskiy Avstriya imperatori bilan ittifoq tuzdi, unga keyinroq Venetsiya, Genuya, Toskana, Portugaliya, Ispaniya va bir necha yildan keyin Rossiya ham qo’shildi. Shu davrning eng qudratli davlati hisoblangan Fransiya ittifoqdan chetda qoldi. Shu tariqa musulmon Usmoniylar imperiyasiga qarshi xristian Yevropasining “Muqaddas Liga”si tuzildi. Turklarning Venani shturm qilishga tayyorlanayotgan bir davrda ittifoqchilar yordamga etib keldilar va turklarni mag’lubiyatga uchratdilar.
1688 yilda imperator armiyasi Belgrad qal’asini qo’lga kiritdi va Bolqonga kirib bordi. Avstriyaning g’alabasidan tashvishga tushib qolgan Fransiya qiroli Lyudovik XIV Leopold bilan tuzilgan sulhni buzib, Pfaltsga bostirib kirdi va avstriyaliklar o’z kuchlarining bir qismini Germaniyaga tashlashga majbur bo’ldilar. Urush harakatlari cho’zilib ketdi, unga Avstriya shahzodasi Evgeniy Savoyskiy rahbarlik qila boshlagach, avstriyaliklar ustun kela boshladilar. Mohir sarkarda va diplomat bo’lgan E.Savoyskiy Vena va Buda uchun bo’lgan janglarda o’zini ko’rsatdi va 30 yoshida feldmarshal unvoniga ega bo’ldi. U 1697 yilda Zenta yonida Vengriya taqdirini hal qilgan va imperiyani buyuk davlatga aylantirgan tarixiy g’alabani qo’lga kiritdi. 1699 yilda Karlovitsa sulhi tuzilib, Vengriyaning katta qismi ustidan deyarli bir yarim asrdan beri hukm surib kelayotgan turklar zulmi tugatildi. Mamlakatning Temesh Banatidan tashqari deyarli barcha hududi ozod qilindi.
Vengriyaning deyarli butun hududida davom etgan o’n yillik urush mamlakatni xarobaga aylantirdi. Buning ustiga imperator qo’shinlari bu yerda o’zlarini bosqinchilardek tutib, aholini talar edilar. Boy savdo markazi bo’lgan Debretsen bir kun ichida qashshoq shaharga aylantirildi. 60-80 ming kishilik armiyani ta’minlash butunlay aholi zimmasiga yuklatilgan edi. Saroy vengr dvoryanlarining musodara qilingan er mulklarini saxiylik bilan o’zga erliklarga – generallar va armiya ta’minotchilariga tarqatar edi. Avstriya absolyutizmi Vengriyani avval o’ziga bo’ysundirish, keyin esa uni qashshoq va katolik mamlakatga aylantirish rejasini amalga oshira boshladi.

Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling