4 mavzu. Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi Reja 1
Download 100.89 Kb. Pdf ko'rish
|
A.K.T.pdf 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
6.4-rasm. Pachoqni chiqarish va tekislash shakli: a-ushlagich yordamida
pachoqni chiqarish; b-ushlagich yordamida to‘g’rilash; v-bir pachoqni bartaraf elish; g-bir necha pachoqni bartaraf etish. O‘tkir qirrasi va egilishi bo‘lmagan chuqur pachoqlarni o‘rtasidan boshlab, bolg'acha yoki rezina bolg'acha bilan asta- sekin tekislanadi va tashqi tomonga qarab davom etliriladi. O‘tkir qirrali burchaklari bo‘lgan pachoqlami o‘tkir qirradan yoki taxlanib qolgan yeridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurcha bo‘lsa, metallning tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg'acha bilan urib bartaraf etiladi (6.4 v-rasm). Chuqurcha chegarasiga yaqinlashganda bolg'acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. Qancha ko‘p aylana bo‘ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifalli bajariladi. Agarda bir-biriga yaqin, bir necha chuqurchalar bo‘lsa (6.4 g- rasm), avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurchaga keltiriladi, so‘ngra chuqurchalarning shakliga qarab keyingi silliqlash ishlari bajariladi. Silliqlash ishlari to‘g’rilanayotgan yuzaning shakliga mos ushlagichlar – 1 bilan tekislash bolg’achalari yordamida qo‘lda yoki maxsus jihozlar va mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi. Masalan, avtomobil qanotlarining cho‘zilib ketgan yerlarini urish yo‘li bilan to‘g'rilab bo‘lmaydi. Bu hollarda juda pachoq bo‘lgan va tekis bo‘lmay qolgan yuzalar kesib olib o‘rniga kerakli listni payvandlash yo‘li bilan tekislanadi. Qiyshiqliklar va egilishlar maxsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida to‘g‘rilanadi. G'adir-budur bo‘lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik massalar (PFN-12, TPF-37), epoksid yeliralari yoki yumshoq kavsharlash usullarini qo‘llash bilan silliqlanadi. Yuza tekislab bo‘lmas holatda bo‘lsa, ayrim bolaklari temir arra, temir qaychi yoki boshqa asboblar yordamida kesib tashlanib, o‘rniga shablon yordamida metali listlardan tayyorlangan bo‘laklar payvandlanadi. Yengil avtomobillar va avlobuslaming kuzovlari urilmagan taqdirda, zangiash oqibatida yaroqsiz holatga keladi. Hozirgi vaqtda katta yuzadagi yemirilishni tiklash uchun ta’mirlashning "panel” usuli ko‘p qo‘llaniladi. Zanglash yoki falokatga uchrash natijasida shikastlangan kuzov bo‘lagi olib tashlanadi, hamda uning o‘rniga yangisi yoki boshqa avtomobildan kesib olingan xuddi shunga o‘xshash ta’mirlash detali (paneli) o‘rnatiladi. Avariyaga uchragan kuzovlarni to‘g'rilash uchun maxsus moslamalardan foydalaniladi, ular kuzov profili bo‘yicha, geometrik o‘lchamlariga rioya qilgan holda, tortish yo‘li bilan o‘z holatiga keltiriladi. Bu maqsadlar uchun R620 rusumdagi jihozlardan foydalaniladi. Uning ramasiga avtomobil qotiriladi, qo‘lda yoki gidravlik to‘g'rilash moslamalarida kuzovni tortish va to‘g'rilash ishlari bajariladi. Yuk avtomobillarining metall kuzovlari kabina va tayanchlardagi kabi to‘g'rilanadi. Kuzov metallining qalinligi tayanch metallining qalinligidan katta bo‘lganligi uchun payvandlash ishlari osonlashadi, ammo to‘g'rilash qiyinlashadi. Payvandlash ishlari ko‘pincha elektr yoyli usulda bajariladi, to‘g'rilash ishlaridan avval esa yuza 600...650°C gacha qizdiriladi. Bo‘yoqchilik ishlari kuzov ishlari bilan o‘zaro bog'liq. Avtotransport korxonalari sharoitida bo‘yash va gruntlash bo‘yoqsepgichlar yordamida bajariladi. Eng ko‘p tarqalgani bosim ostida bo‘yoq sepish ( 0,3…0.7 MPa) bo‘lib, u mahsus jihozlar talab qilmaydi. Buning uchun bo‘yoq eritkichlar yordamida suyultiriladi. Lekin bo‘yoq qurigach, eritgich uchib ketadi va yuzadagi bo‘yoq zarrachalari orasida yoriqlar hosil bo‘lib, yuzaning zanglashga qarshi xususiyati, ko‘rinishi va sifati pasayadi. Takomillashgan bo‘yash usullaridan biri kamroq eritkich qo‘shilgan bo‘yoqlardan foydalanish: bo‘yoq 50... 70 C gacha qizdiriladi va 0.15 MPa bosim ostida sepiladi, natijada bo‘yoqni 25% gacha tejash mumkin. Bu usul bo‘yoqni yuzaga tekis va qalinroq sepish imkonini beradi va yuza silliq chiqadi. Ammo yong'inga qarshi havfsizlik qoidalariga asosan, bo‘yoqchilik ustaxonalarida bo‘yoqni faqat issiq suv bilan isitish mumkin, lekin isitish anjomi bo‘yash kamerasidan tashqarida bo‘lishi kerakligi qiyinchiliklar tug'diradi. Hozirda vaqtda bo‘yoqni maxsus jihozlar yordamida 10…30 MPa bosim ostida, 0.17... 1.0 mm diametrli sepgichlar yordamida sepish usulidan ham foydalanilmoqda. Bunda mehnat unumdorligi juda yuqori bo‘ladi va bo‘yashda katta maydondan foydalaniladi. Bu holda quyuq bo‘yoqlarni eritmasdan turib foydalanish mumkin. Bo‘yash vaqtida tumanlik hosil bo‘lishi juda kam va bir sepishda kerakli bo‘yoq qalinligiga erishish mumkin. Bo‘yalgan yuzaning sifati boshqa usullarga qaraganda pastroq chiqadi, chunki yuqori bosim hosil qilish uchun foydalaniladigan plunjerli nasosla, bo‘yoqni bir tekis sepishini unchalik ta'minlay olmaydi. Hozirda bu kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari topilgan. Bo‘yash ishlari texnologik jarayoni quydagi tartibda bajariladi: metall yuzani bo‘yashga tayyorlash (zangdan eski bo‘yoqdan yuzani tozalash), shpaklyovka surtish (yuzaga surtiladi va silliqlanadi), gruntovka surtish (GF – 021 surtib 1.5…2.0 soat quritiladi), bo‘yash (ML – 12, ML – 197, ML – 110) turidagi bo‘yoqlar sepilib, yuza 130… 140 C da 20 soat davomida, shu jumladan chang yopishmasligi uchun 2 soat, bo‘yoqning yopishqoqligini quritish uchun 6 soat, mustahkam bo‘lishi uchun 12 soat quritiladi. Zanglashdan himoyalash. Avtomobillarning zanglashiga moyillik qiluvchi asosiy omillar havoning harorati, namligi va tarkibida tuzlarmning mavjudligi hisoblanadi. Respublikamizda avtotransport vositalarining aksari qishloq joylarida, og‘ir ekstremal sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadi va saqlanadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar va defoliantlar transport vositalarining kuzovlari va boshqa qismlariga, iqlim sharoitlariga qaraganda ko‘proq zarar yetkazadi. Atrof muhit ifloslanishi havo tarkibidagi agressiv kimyoviy moddalarning oshib ketishiga, bu esa, o‘z navbatida avtomobillarda zanglash jarayonlari tezlashishiga olib keladi. Dunyodagi metrologik xizmatlarining ma’lumotlariga ко‘ra, atmosfera oltingugurt ikki oksidi (S2O) bilan ko‘proq ifloslanmoqda, natijada havodagi namlik bilan qo‘shilib sulfid kislotasi hosil bo‘lmoqda. Kislota mashina detallariga o‘tirib, zanglashni tezlashtiradi. Shaharlarda qish mavsumida sirpanishning oldini olish uchun yo‘llarga sepiladigan tuzlar ham zanglashni tezlashtiradi. Avtomobil detallarining zanglash turlari orasida elektr kimyoviy zanglash o‘zining katta tezligi bilan ajralib turadi. Bunday zanglash metall yuzalarida elektr tokini o‘tkazadigan elektrolit (tuzlar, kislotalar va ishqorlarning suvdagi eritmasi) hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Avtomobillarning barcha tashqi va ichki detllari zanglashga uchrashi mumkin. Kuzov tetallari yubqa (0,5…1,2 mm) po‘latlardan tayyorlanadi va faqat ozgina qalinlikdagi gruntovka bilan himoyalanadi, ular 2…2,5 yil eksplutatsiyadan keyin, zanglash natijasida, ayrim joylari ishdan chiqadi. Avtotransport vositalari zanglashini oldini olishning ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchisi - zanglashning oldini olish, ikkinchisi zararli muhit ta’siridan himoyalashtadbirlarini o‘z ichiga oladi. Albatta zanglashni keltirib chiqaruvchi sabablarni yuqotish maqsadga muvofiq, lekin buni qisman amalga oshirish mumkin. Iqlim ta’sirini oldini olish, asosan, avtomobillarni yopiq joyda saqlash, yuvish va quritish ishlarini yaxshi tashkil qilish bilan amalga oshiriladi. Zararli moddalar ta’sirini kamaytirish esa qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlarning zararsizlaridan foydalanib maqsadga erishiladi. Avtotransport vositalarini loyihalashda va ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallaini to‘g'ri tanlash va ijobiy konstruksion ishlamalar bilan korrozilanishni kamaytirish mumkin. Masalan, avtomobillar kuzovlarini zanglamaydigan ruxlangan po‘latlardan tayyorlanmoqda. Bu usul "Ford" (AQSh), "Sitroen" (Fransiya), "Daymler-Bens" (GFR) firmalari tomonidan ishlab chiqarishda qo‘lanilmoqda. Shu bilan birga, kuzov detallarini loyihalashda har xil iflosliklar va namlik yig'iladigan “cho‘ntak” joylarni mumkin qadar kamaytirish, tarkibida agressiv moddalar kam bo‘lgan yonilg‘i moy mahsulotlaridan foydalanish lozim. Keyingi yillarda avtomobillarni ekspluatatsiya va ta’mirlash davrida zararli muhit ta'siridan himoyalash keng qo‘llamlmoqda. Avlomobillarning tashqi qismini himoyalash uchun, ular yuzasiga zanglashga qarshi materialdan yubqa parda qoplanmoqda. Buning uchun asosan plastik moy, mastika va konservatsiya moyi qo‘llaniladi. Zanglashga qarshi parda detallarni zanglashdan saqlash bilan birga shovqinni ham kamaytirishga yordam beradi. Nazorat savollari: 1. Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun qanday vositalaridan foydalaniladi? 2. Avtomobil kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari? 3. Pachoqlangan yerlar va qiyshiqliklar qanday to‘g'rilanadi? 4. Bo‘yash ishlari texnologik jarayonini tushuntiring? 5. Avtotransport korxonalari sharoitida bo‘yash va gruntlash qanday bajariladi? Document Outline
Download 100.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling