4 mavzu. Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi Reja 1


Download 100.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi100.89 Kb.
#1047610
1   2   3   4
Bog'liq
A.K.T.pdf 1

Kuzovni quritish. Kuzov toza suv bilan chayilgandan so‘ng namlikni yuqotish
uchun quritish ishlari bajariladi. Suv qoldiqlarini qo‘lda quritishda g’ovak material,
doka va boshqalardan foydalaniladi. Yuk avtomobillarida kabina, yon va oldingi
oynalar, kapot, qanot va yoritgichlar artiladi. Avtomobillar mexanizatsiya


yordamida sovuq yoki issiq havoni tashqi yuzasiga purkash yo‘li bilan ham
quritiladi.
Kuzovni yaltiratishdan maqsad - sirtda chidamli himoya qatlamini hosil qilish
va bu bilan kuzovnining metall asoslarini tashqi muhitning salbiy ta'siridan
himoyalash va uning estetik ko‘rinishini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun yangi
yoki eski kuzov sirtlariga vaqti-vaqti bilan emulsiyalar, erituvchilar va suv asosida
tayyorlangan yaltiralish pastalari yordamida ishlov berilib turiladi. Yangi kuzovni
ehtiyoj bo‘lganda yaltirlatiladi. Yaltiratish xususiyatini yo‘qotgan eski kuzovlarga
asosi abraziv matenallardan iborat bo‘lgan avtoyaltirlatgichlar yordamida ta’sir
ko‘rsatiladi.
3. Kuzov va kabinani ta’mirlashda bajariladigan ishlar texnologiyasi.
Kabina, kuzov va tayanchlarni ta'mirlash texnologiyasi. Avtomobil
kuzov,
kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari ularning qiyshayishi, pachoqlanishi,
uzilishi, zanglashi. chirishi, boltli va parchinmixli birikmalaming bo‘shashib
ketishidan iborat. Ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash
va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qoplamalarini yangilash
yo‘llari bilan ta'mirlanadi.
Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida
tozalanadi.
Payvandlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvandlash turidan
fovdalaniladi. Bu ishlar qo‘l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi.
Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo‘shimcha
qoplama qo‘yiladi, o‘z navbatida, bu qoplama yirtilgan yerdan 20...24 mm chiqib
turishi zarur.
Pachoqlangan yerlar va qiyshiqliklar sovuq yoki qizdirilgan (600...650 °C gaz
gorelkasi yordamida) holda to‘g'rilanadi. Qizdirib to‘g’rilash metall qavat-qavat
bo‘lib qolganda yoki sovuq holicha to‘g’rilab bolmay qolganda bajariladi.
Pachoq ikki harakatda to‘g’rilanadi. Avval pachoq bo‘lgan joy urib chiqariladi.
Chiqarilgan qismning ustiga (6.4a,b-rasm) mahsus ushlagich - 1 qo‘yib markazdan
sirtga qarab mahsus bolg’acha yordamida to‘g‘rilanadi, so‘ngra yog'och yoki rezina
bolg’acha yordamida tekislanadi.



Download 100.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling