4 mavzu. Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi Reja 1


Download 100.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi100.89 Kb.
#1047610
  1   2   3   4
Bog'liq
A.K.T.pdf 1



4 - mavzu. Avtomobil kuzovi va kabinasiga texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash ishlari texnologiyasi
Reja
1. Avtomobillarning ifloslanishi, uning asosiy sabablari, oqibatlari.
2. Avtomobillarni yig’ishtirish va yuvish usullari, qo‘llaniladigan jihozlar,
ularning tuzilishi. Yigishtirish va yuvish ishlarini mexanizatsiyalashtirish.
3. Kuzov va kabinani ta’mirlashda bajariladigan ishlar texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
Tashqi muhit, kimyoviy va fizik xususiyatlar,
mexanizatsiya, kuzov va tayanchlar, metall cho‘tka, erituvchi modda,
ruxlangan po‘lat.
1. Avtomobillarning ifloslanishi, uning asosiy sabablari, oqibatlari.
Avtomobillardan turli maqsadlarda, turli yo‘l va iqlim sharoitlarida foydalanish
ularning har xil ifloslanishiga оlib keladi. Yuk avlomobili kuzovlarining
ifloslanishi tashiladigan (qum, tuproq, ko‘mir, qurilish materiallari va istemol
mollari) yuk turiga bog’liq.
Tashqi muhit, ya’ni harorat, yog'ingarchilik va kuzovga yopishib qolgan
iflosliklar ta’sirida bolgan kuzovdagi bo‘yoqning kimyoviy va fizik xususiyatlari
o‘zgarib, yuza asta sekin eskiradi. Shu bilan birga avtomobil kuzovi, transmissiya
agregatlariga hamda yurish qismiga yopishgan iflosliklar TXK va T ni sifatli
o‘lkazish imkoniyatini pasaytiradi. Bularning oldini olish va TXK ishlarini sifatli
bajarish maqsadida tozalash, yuvish va quritish ishlari olib boriladi.
2. Avtomobillarni yig’ishtirish va yuvish usullari, qo‘llaniladigan
jihozlar, ularning tuzilishi.
Kuzovni tozalash. Tozalash ishlaridan maqsad - kuzovda qolgan yuk
qoldiqlarini yig’ishtirish, yuk avlomobillarining kabinalari, avtobus va yengil
avtomobil salonlarini changdan tozalashdan iborat.
Kir va changdan tozalashda junli cho‘tkalardan, qirg‘ichlardan va artish
materiallaridan hamda elektr changso‘rgichlardan foydalaniladi. Ular qo‘lda
ko‘tarib yuruvchi va qo‘zg‘almas bo‘lishi mumkin. Elektr changso‘rgich uchida
konussimon kallak va cho‘tkali egiluvehan ichak (shlang)lardan iborat. Havo so‘rish
bosimi 11-12 Pa bo‘ladi. Yirik avtotransport korxonalarida va avtobus saroylarida
qo‘zg’almas changso‘rgichlardan foydalanish katta samara beradi.

Download 100.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling