4-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida oriyentirlash reja


Download 27 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi27 Kb.
#1558809
Bog'liq
4-ma\'ruza YMAS (1)


4-MAVZU:
AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUVIDA ORIYENTIRLASH
Reja:

  1. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida сhiziqli inshootlarni orientrlash xaqida tushuncha.

  2. Chiziqli inshootlarni meridianlarga nisbatan orientrlash.

  3. Meridianlar yaqinlashish burchagi.

  4. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida azimut burchaklar.

  5. Tekislikda to‘g‘ri va teskari muxandislik masala yechish.



Chiziqlarni orientirlash va orientirlash burchaklari;
Loyhalanayotgan yoki qurilayotgan muxandislik inshootlarini joylanishini qutblarga ko‘ra: shimol, sharq, janub va g‘arb yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatilishi amaliyotga kiritilgan. Bunday belgilashlar inshootni qutb yo‘nalishidagi o‘rnini aniqlashlar orientirlash deb yuritiladi.
Muhandislik geodeziyasida orientirlash geografik, magnit yoki o‘q meridianlariga nisbatan o‘lchanadi. Orientirlash burchaklarini va ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlashda magnit og‘ish burchagi va meridianlar yaqinlashish burchaklarining miqdorlaridan foydalaniladi.
Orienterlash – chiziqlarni meridianlarga nisbatan yo‘nalishini (o‘rnini) belgilash bo‘lib, azimut, direksion va rumb burchaklar yordamida topiladi.
Azimut burchak (A) – soat millari bo‘ylab shimolga yo‘nalgan meredian tekisligidan vertikal tekislikdagi berilgan nuqtadagi chiziq yo‘nalishigacha o‘lchangan gorizontal burchakdir. Azimut qiymati 00 dan 3600 gacha o‘zgaradi. Geografik meridianga nisbatan o‘lchangan azimut – geografik Ag va magnit meridianidan o‘lchangan azimut – magnit Am azimutlari hisoblanadi. Amaliyotda magnit azimutidan foydalaniladi. Uning miqdori magnit yo‘nalishi bo‘yicha kompas yoki bussolda o‘lchanadi.
Geografik azimut bilan magnit azimuti o‘zaro quyidagi ifoda bilan bog‘langan
Ag=Am
bu yerda, δ – magnit og‘ish burchagi.
Direksion burchak αtopografik xaritada shimolga yo‘nalgan o‘q meridiandan yoki unga paralell bo‘lgan chiziqdan soat millari bo‘ylab berilgan chiziqqacha o‘lchangan gorizontal burchakka direksion burchak deyiladi. Direksion burchak 00 dan 3600 gacha o‘zgaradi. Direksion burchak to‘g‘ri va teskari bo‘lishi mumkin va ular o‘zoro quyidagi munosabatga ega:
αto‘g‘tes+180

2.7-rasm. 1:10000 masshtabli xarita varag‘i

Xaritada shimol va janubdagi bir xil miqdordagi uzunlikni (misol 180 021) birlashtirsak geografik meridian xosil etamiz (rasmda o‘rtadagi qalin qora chiziq) va unda AV chizig‘ining azimuti Aab miqdorni ko‘rsatadi (2.8-rasm).


Rumb burchagi r – o‘tkir burchak bo‘lib eng yaqin shimoliy yoki janubiy qutbdagi meridiandan o‘lchanadigan o‘tkir burchak qiymatidir. Rumb 900 oshmaydi. Rumblarni belgilashda gradus miqdorining oldiga unga mos bo‘lgan chorak ham ko‘rsatiladi (2.9-rasm). Misol uchun r1=ShShq 420 371, r4=ShG‘a 370 481 va h.

2.8-rasm. Rumb va azimut. Raqamlar bilan chiziq yo‘nalishlari va oralig‘ida bog‘lanish burchaklari

Azimutlar rumblar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir – biriga o‘tishda tenglamalardan foydalaniladi.


Yer yuzasidagi nuqtada geografik meridian bilan magnit millari yo‘nalishlari orasidagi gorizontal burchak δ – magnit og‘ish burchagi deyiladi. Agar magnit burchagi sharqiy bo‘lsa, ishorasi musbat va g‘arbiyda manfiy bo‘ladi. Yer yuzasining turli yerlarida uning miqdori turli qiymatga ega.

2.9-rasm. Orientirlash burchaklari: 2.10-rasm. To‘g‘ri va teskari azimutlar




Meridianlar yaqinlashish burchagi γnuqtadan o‘tgan meridian va chiziqlar orasidagi, absissa yoki o‘q meridianiga parallel bo‘lgan burchakka aytiladi. Ekvatorda meridianlar yaqinlashish burchagi 0 ga teng bo‘lib, qutblarga qarab oshib boradi (2.9-rasm).
Muhandis qidiruv hisoblash ishlarida orienterlash burchaklarini o‘zaro bog‘lanishlarini bilish talab etiladi. Bu bog‘lanishlar meridianlarning bir biriga nisbatan joylanishi va magnit og‘ish miqdori hamda meridianlar yaqinlashuviga bog‘liq va tenglamalari quyidagi ko‘rinishga ega:
A=α–γ;
α=Am+δ+γ;
Am=A–δ;
α=A+γ
Nazorat savollari;
1. Absissa va ordinata o‘qlari nima?
2. Meridian va paralell chiziqlar nima ?
3. avtomobil yo‘llarini qidiruvida qanday balandliklar tizimi qo‘llaniladi?
4. Qanday orientirlash burchaklari mavjud?
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling