Laboratoriya ishi № .3
Mavzu: Qovushqoq bitumga ignaning botish chuqurligini aniqlash.
Tashqi kuch ta’sirida zarralari surilishiga suyuq muhitning qarshilik
ko’rsatish xossasi qovushqoqlik deb ataladi.
Bitumning qovushqoqligi penetrometr ignasining botish chuqurligi bilan
aniqlanadi. Asbobdagi har bir gradus ignaning bitumga 0,1 mm ga botganligini
ko’rsatadi.
Penetrometr ignasining +25
0
S haroratda bitumga botishi, standart
ko’rsatkichda P
25
bilan va 0
0
S haroratda esa P
0
bilan belgilanadi. Yo’l qurilishida
ishlatiladigan qovushqoq bitumlar uchun bu ko’rsatkich 25
0
S da 41-200 oralig’ida,
0
0
S da esa 5 dan kam bo’lmasligi kerak.
1.1.-rasm. Penetrometr asbobi
1 – ustun;
2 – tsiferblat;
3 – pusk
knopkasi;
4 – tsiferblat strelkasini harakatlantiruvchi sterjen;
5 – harakatlanuvchi
ignali sterjen;
6 – po’lat idish;
7 – taglik;
8 – stolcha.
Kerakli jihozlar:
Penetrometr asbobi, bitum, metall idish, termometr, suv
hammomi, sekundomer, 0.7
mm li elak, byuks: d=55
mm h=45 mm.
Sinovga tayyorlash:
Bitum +150
0
S
haroratda qizdirib, doimiy ravishda aralashtirib turish yo’li
bilan suvsizlantiriladi. So’ngra № 0,7 mm elakdan o’tkaziladi va yuqori qirrasiga 5
mm yetkazmay byuksga quyiladi va havo pufakchalari yo’qolguncha
aralashtiriladi. Bitum byuks bilan birgalikda suvli hammomda 60-75
minut
davomida harorati 25
0
S va 0
0
S haroratgacha sovutiladi.
Sinov o’tkazish:
Tayyor bo’lgan bitum namunasi byuks bilan birgalikda hajmi kamida 0,5
litrli suv to’ldirilgan boshqa idishga qo’yiladi. Suvning harorati 25
0
S va 0
0
S
bo’lishi kerak. Suvli idish asbob stolchasiga qo’yiladi
va ignaning uchi bitum
yuzasiga tegar-tegmas qilib o’rnatiladi va strelka nolga qo’yiladi.
Suvning harorati 25
0
S bo’lganda unga qo’yilgan yuk ignaning og’irligi bilan
birgalikda 100 g, ignaning botish vaqti 5 sekund bo’lishi kerak. Suvning harorati 0
0
S bo’lganda esa unga qo’yilgan yuk ignaning og’irligi bilan birgalikda 200 g,
ignaning botish vaqti 60 sekund bo’lishi kerak.
Natijalar shkaladagi ko’rsatkichlardan olinadi. Aniqlashlar bitum yuzasining turli
nuqtalarida 3 marta takrorlanadi. Bunda nuqtalar orasi va idish chekkasidan 10 mm
bo’lishi keark. Igna qayta botirilayotganda benzin bilan artib tozalanadi. Ignani
botish chuqurligi deb (mm ning o’ndan bir ulushida o’lchanadi) 3 marta
takrorlangan natijaning o’rtacha olinganiga aytiladi.