Milliy g‘oyada mentalitet namoyon bo‘ladi. Mentalitetning fikrlash uslubi va qadriyatlar
bilan bog‘liq elementlari mavjud.
Mentalitet
(lotincha
“ichki
tuyg‘u,
aql-idrok”)
gumanitar
yo‘nalishdagi
umumlashtiruvchi, xususan turli psixik va boshqa sifatlardan
iborat alohidaliklar, o‘ziga
xosliklar majmuasini va ularning ifodalanish holatlarini
anglatuvchi ijtimoiy- siyosiy,
publitsistik va metaforik tushuncha.
Asosan tafakkurdagi, o‘ylash va fikr yuritishdagi o‘ziga
xoslikni aks ettirish uchun qo‘llanadi. Ilgarilari nisbatan kam ishlatilgan
mentalitet keyingi
paytlarda
jamoaviy tafakkur shaklini, asosan milliy xarakterning jihatlarini anglatuvchi
deyarli
umumiste’mol so‘zlardan biriga aylangan.
Birinchi marta 1691 yilda ingliz lug‘atlarida
paydo bo‘lgan mentalitet so‘zi XIX asr o‘rtalariga kelib boshqa G‘arbiy Yevropa tillarida
ham tarqala boshladi. O‘sha asrning oxirlarida ilmiy adabiyotlarda ham qo‘llana boshlaydi:
fransuz sotsiologiya maktabining asoschisi Emil Dyurgheym uni individdan yuqori
turuvchi (jamoaviy) ma’naviy o‘ziga xosliklarni ifodalovchi sinonim sifatida ilmiy
amaliyotga olib kiradi. Mentalitet o‘z tabiyatiga ko‘ra serqirra va bir-biriga zid voqe’liklardan
xoli bo‘lmagan o‘ta murakkab ijtimoiy tushuncha. Ushbu tushunchaning mazmunida uning bir
tomondan tafakkur, dunyoqarash va tasavvur, ikkinchi tomondan, xulq va harakatdan iborat ikki
muhim jihati ko‘zga tashlanadi.
Mavzu bo’yicha topshiriq
1.Mediamatnni tayyorlashda siz qanday mediako’nikmalarga ega ekanligingizni o’ylab ko’ring.
2. Sizning qanday qobiliyatingiz hanuz yuzaga chiqmagan?
3.Oilaviy tadbirkorlik masalasiga bag’ishlangan tahliliy material tayyorlash zarur.
Bunda
jurnalist manbalar bilan qanday ishlaydi?