4-mavzu: axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun mohiyati. Xabar ma`lumot bitm va shartnomalar


 MAS: kompetensiyalar va asosiy unsurlar, Axborot savodxonligi


Download 252.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.07.2023
Hajmi252.31 Kb.
#1660323
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BT 1-semenar

2. MAS: kompetensiyalar va asosiy unsurlar, Axborot savodxonligi. 
Jurnalistning axborot savodxonligi qaror qabul qilish va borliqning dolzarb 
muammolarini tahlil qilish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotni olish, 
tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo’lgan 
bilimlar, ko’nikmalar va mahorat majmuasini bildiradi 
Bunday bilimga ega bo’lgan jurnalist quyidagi bazaviy ko’nikmalarga ega bo’ladi: 
–tanqidiy tafakkur,
– axborotni tahlil qila bilish va undan keyingi bosqichda materialda ko’tarilgan muammoni hal 
etishda foydalanish,
– mustaqil ta’lim olish qobiliyati,
– davlat faoliyati va demokratik jarayonlarda ishtirok etishga imkon beruvchi shaxsiy media-
resurslarni yaratish. Kasbining ustasi bo’lgan jurnalist o’z oldiga qo’yigan maqsad- vazifalaridan 
kelib chiqqan hamda axloqiy qoida va me’yorlarga tayangan holda axborotni qanday to’plash, 
undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladi. Jurnalistning axborot 
savodxonligi o’z ichiga qo’yidagi ko’nikmalarni oladi:
– OAV kanali axborot ehtiyojlarini aniqlash/anglash: Unga nima kerak? U qandday muammoni 
hal qilishga urinmoqda? – Aniqlangan axborot manbalaridan samarali foydalanish: rasmiy 
hujjatlar, ekspert fikrlari, voqea ishtirokchilari, Internet ma’lumotlari, radio- va telesyujetlar
kitoblar va h.k. Birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi manbalarning qaysi biridan foydalanish 
zarur? Bu ham axborot izlash jarayoniga kiradi: Axborotni qayerda izlash maqsadga muvofiq? 
Yordam olish uchun kimga murojaat qilish lozim? – Axborot sifatini tahlil qilish va uni 
baholash: axborotning ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlash. – Axborotni tashkil etish, saqlash 
yoki arxivlash: ko’plab axborot manbalaridan olingan axborotni qanday qilib samarali tashkil 
etish mumkin? Ya’ni jurnalistning shaxsiy arxivini yaratish haqida gap boradi. – Axborotdan 
foydalanishda axloq me’yorlariga rioya qilish. – Shaxsiy axborot kontentini yaratish va uni 
taqdim etish usullari. Axborot savodxonligi jurnalist materialini tayyorlashda zarur bo’lgan 
muayyan hajmdagi axborot to’planganini anglash imkonini beradi.

Download 252.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling