4-mavzu: axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun mohiyati. Xabar ma`lumot bitm va shartnomalar


Download 252.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.07.2023
Hajmi252.31 Kb.
#1660323
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BT 1-semenar



4-MAVZU:AXBOROTNI JAMIYATDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI. 
Reja: 
1. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun mohiyati. 
2. Xabar ma`lumot bitm va shartnomalar. 
3.Axborot oqimi va axborot madaniyatining shakllanish tendensiyalari. 
4.Media qadriyatlar. 
 
 
Media manbalaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan olingan axborotdan mos ravishda 
foydalanish insonning kasb nuqtai nazaridan axborot ehtiyojlarini tahlil qilishi, shuningdek, 
axborotni izlashi va uni baholashiga bog’liq. «Axborot» atamasi ko’plab tavsifga ega. U 
ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal 
yoki belgilarni anglatishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, axborot – bu to’plangan, qayta 
ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo’lgan ko’rinishda taqdim etiladigan 
ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi - «tushunishga oson shaklda berilgan 
bilimlar»dir. Lotin tilida “informatio” – tushuntirish, bayon qilish demakdir. O’tmishda mazkur 
tushuncha ortida odamlar tomonidan bir biriga og’zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan 
ma’lumotlar tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning 
asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, “axborot – bu biz unga va uning bizning 
hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”. Boshqa 
tomondan, “axborot” istilohi shuningdek “axborot berish”, axborotni uzatish va uni tarqatish 
ma’nosida ham qo’llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, axborot deb oldindan 
ma’lum bo’lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki ma’lumotlar tushuniladi. Nima bo’lgan 
taqdirda ham axborot muhim unsur bo’lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham 
tasavvur qilib bo’lmaydi. Masala, uning sifati, mazmuni, ohangi va yo’naltirilganligidadir. Shu 
bois axborot chegaralangan, qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo’lishi mumkin. 
Inson va jamiyat doimiy ravishda ma’lum bir axborot muhitida bo’ladi. Buni xattoki 
“axborotning yo’qligi ham, baribir axborot” degan ibora tasdiqlaydi. Axborotdan mahrum 
bo’lish, dezinformatsiya har qanday jarayonni turg’unlashuvga, shaxs va jamiyatni esa 
degradatsiya holatiga olib keladi. Sotsiologlarning ta’kidlashicha, axborot qanchalik ko’p 
to’plansa, jamiyat shuncha tez rivojlanar ekan. Albatta, bu fikr to’g’ri, ammo u izoh talab etadi. 
Bu yerda axborot mazmuni aniqlashtirilmaganligi bois, uning “mohiyati” - siyosiy, mafkuraviy, 
iqtisodiy va h.k. bo’lishi mumkin. Totalitar tuzum (o’tmishda militarizmga g’arq bo’lgan 
Yaponiya, fashizm o’chog’iga aylangan Italiya va Germaniya, “temir parda” egasi bo’lgan SSSR 
va b.)larga “ongni tozalaydigan”, unga saralab olingan qadriyatlarni shafqatsizlarcha 
singdiradigan axborot xos bo’lib, buning natijasida insonlar manqurtlik va zombilashtirish 
qurboniga aylangan. Demokratiya sari taraqqiyotga yuz tutgan mamlakatlarga esa fuqarolarning 
turfa manfaatlarini qondirishga yo’naltirilgan keng miqyosdagi va mazmundagi axborot xosdir. 
Axborot hokimiyat demakdir. Axborotga egalik holatga egalik qilish demakdir. SHuning uchun 
ham qadimdan u qabila yetakchilari va kohinlar, shamanlar va siyosiy elita quroli bo’lib kelgan. 
Omma esa hokimiyat vakillari qo’lida to’plangan mazkur bilimlarning juda ham oz hajmiga ega 
bo’lgan. Faqatgina xalqlarning ma’rifatga va demokratiya sari intilishlari natijasida yuqoridagilar 
axborotga bo’lgan monopoliyadan chekinishga majbur bo’ldi. Ammo hozirgi kungacha ham 
axborot erkinligi ajralmas qismi bo’lgan fuqarolik erkinliklari va ularga davlat hokimiyatining 
munosabati o’z dolzarbligini yo’qotganicha yo’q. Zero, ochiq jamiyatlarda ham fuqaro 
erkinliklari, ularning fikr va axborot erkinliklarini chegaralash holatlari kuzatilmoqda. Demak, 


axborotga u yoki bu tarzda egalik qilish uchun kurash davom etmoqda. Axborot - bu pul, 

Download 252.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling