4-mavzu. Barkamol, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish
Download 23.65 Kb.
|
4-MAVZU. 4-MAVZU. Barkamol, mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerikalik olim E.Vallerstayn (XX asrning 80-yillari).
4-MAVZU. BARKAMOL, MUSTAQIL FIKRLOVCHI ERKIN SHAXSNI SHAKLLANTIRISH. "... hozirgi mojarolar holva, agarda jarayon shu tarzda kechadigan bo‘lsa, XXI asrning o‘rtalariga borib ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealar sodir bo‘lishi mumkin" Amerikalik olim E.Vallerstayn (XX asrning 80-yillari). Respublikada uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilinishi yosh avlodda yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va siyosiy faollik, mustaqillik, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu maqsad o‘z navbatida, tahsil oluvchilarning faolligini oshirishni talab qiladi. Boshlang‘ich davrda olingan bilim, faol harakat qanchalik pishiq va puxta bo‘lsa, u shunchalik sinovlarga bardoshli bo‘ladi. Bugungi kunda yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash, ta'limni samaradorligini oshirish, shaxsni ta'lim markazida bo‘lishini va yoshlarni mustaqil bilim olishini ta'minlash uchun zamonaviy pedagogik texnologiya haqida nazariy ulardan nazariy ma'lumotlarga ega bo‘ladigan, amaliy faoliyatda unumli foydalanadigan murabbiylar zarurdir. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va innovatsion texnologiyalar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini o‘quv tarbiyaviy mashg‘uotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim. Barkamol inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘ziga xos ahamiyat kasb etayotganligini inobatga olgan holda ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish ijtimoiy ehtiyoj ekanligi tobora ayon bo‘lib bormoqda. qobiliyatlarini o‘stirish vositalari tizimini ishlab chiqish mumkin emas. Demak, o‘quvchilarda ijodkorligini rivojlantirish, mustaqil fikrlash asosida o‘quv faolligini oshirish, ulardagi mavjud iste'dodni rivojlanishidagi ahamiyati, o‘rnini o‘rganish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning darslarda mustaqil fikrlashlariga yetarli darajada e'tibor berilmayotganligi, ularning passiv tinglovchiga aylanib qolayotganliklari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilmaganligi, sinfda, iliq ruhiy iqlimning mavjud emasligi, ular qobiliyatini to‘la namoyon qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Bizning fikrimizcha, bugungi kunda ta'lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqilligi, tashabbuskorligi, ijodkorligi va qobiliyatlariga yetarli darajada e'tibor qilinmayapdi. O‘quvchi ta'limda ijrochi, o‘qituvchi topshiriqlarini, hohishlari-istaklarini bajaruvchi vazifasida ishtirok etayapti Ta'lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatning quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilishi ularda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli shakllantirish imkonini beradi: 1) bo‘lajak pedagoglarning ijodiy fikrlash malakalarini aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqish; 2) har bir tinglovchining innovatsion texnologiyalardan haqidagi ma'lumotlarga egaliklarini aniqlash; 2) guruhlarda turli treninglar, debatlar, forumlar, festivallar, aksiyalarni uyushtirish; 3) nazariy va amaliy tadbirlar samaradorligini ob'ektiv baholash tizimini yaratish; 4) bo‘lajak pedagoglarda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni, metodlari, shakl va vositalari aniqlash; 5) muassasa, oila va ijtimoiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shu asosida ularning kasbiy malakalarini shakllantirish chora-tadbirlarini belgilash. 6) bo‘lajak pedagoglarda pedagogik texnologiyalardan ijodiy foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-texnologik asoslarini ishlab chiqish 7) bitiruvchi kurs tinglovchilarining malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etish, kuzatish, egallangan nazariy bilimlardan ijodiy foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish va amaliyot davomidagi mavjud qiyinchiliklar, to‘siqlar muammolar ijobiy hal etish yo‘llarini belgilash. Ma'lumki, tinglovchilar ta'lim olish jarayonida o‘zlarida bilim olishga ijodiy munosabatlarni shakllantirishlari, dars materiallarini yuqori darajada o‘zlashtirishlari kerak. Buning uchun xohish-istakning o‘zi kamlik qiladi, vaholanki, bugungi kunda o‘quv-metodik materiallar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yetarli darajada emas. Pedagog olim V.P.Bespalko bu masalaga o‘z e'tiborini qaratib "Agar darslik tarbiyaviy vazifalarga Mustaqillik, Faollik, Mustaqil fikrlash Qiziquvchanlik befarq tuzilgan bo‘lsa, o‘quvchilarni o‘z dunyoqarashlarini mustaqil shakllantirishga umuman o‘rgatib bo‘lmaydi. Agar darsliklarda o‘quvchilarning ijodiy sifatlarini shakllantirishning tarbiyaviy maqsadlari, bunga erishishning yo‘nalishlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘quvchilarga o‘zlarida ijodiy xislatlar, qobiliyatlarni shakllantirishni taklif qilib bo‘lmaydi. O‘z navbatida, o‘quvchilardan dars materiallarini yuqori-ilmiy darajada o‘zlashtirishlarini ham kutib bo‘lmaydi",- deb ta'kidlaydi. Masalani to‘g‘ri hal etish tinglovchilarning yosh hamda individual xususiyatlarini, shuningdek, o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlari, ma'naviyati, tarbiyalanganlik darajasi pedagogik, kasbiy kamoloti va hakozolarni aniqlashga ham bog‘liq bo‘ladi. Tinglovchilarning ongli mustaqilligi ushbu motivlar – intilish – qiziqish – faol ongli faoliyat – unga bo‘lgan ehtiyoj egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llash tartibida shakllantiriladi. Tinglovchilarning mustaqil-ijodiy fikrlashida mustaqil ta'lim olish, ya'ni avtodidaktika (avtodidaktika – o‘z-o‘zini o‘qitish va avtonomlik) tamoyili hamda inson ehtiyojlari piramidasidagi o‘z-o‘zini namoyon qilish ehtiyoji o‘zaro aloqadorligini ko‘rishimiz mumkin. Avtodidaktika – bilimlarni o‘zlashtirish, tasavvurlarni rivojlantirish, tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish yo‘lida o‘quv jarayonining sub'ektiv maqsadiga muvofiq muntazam, mustaqil hamda avtonom xususiyatga ega faoliyatni tashkil etish sanaladi. Avtodidaktika tamoyilining muhim elementlari bo‘lgan «mustaqil ta'lim olish», «o‘z-o‘zini tarbiyalash» hamda «mustaqil o‘qish» kabi tushunchalar aniq maqsad asosida muntazam, uzluksiz tashkil etiluvchi, mustaqil va individual faoliyat mazmunini ifodalashga xizmat qilishi qayd etib o‘tildi . Mustaqil bilim olish texnologiyasi va mustaqil bilim olish ehtiyojlari bir-biri bilan bog‘liqdir: aniq natijaga erisha olishiga ishonmaslik tinglovchining mustaqil bilim olishdan ko‘nglini sovitadi. Mustaqil bilim olish texnologiyasini yaratish bir necha alohida muammolarni hal etishni ko‘zda tutadi. Ulardan eng muhimi mustaqil muntazam bilim olish maqsadini aniqlay olishdir. Bo‘lajak kasb ta'limi o‘qituvchilarining mustaqil va ijodiy ravishda bilim olish qobiliyatiga egaligini ko‘rsatuvchi omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - mustaqil ravishda turli qo‘shimcha manbalardan yangi bilimlarni o‘zlashtirish orqali o‘zida mustaqil ta'lim olish amaliy ko‘nikma va malakalarini hosil qilish; - qo‘shimcha adabiyotlardan o‘zlashtirgan bilim, egallagan amaliy ko‘nikma va malakalardan mashg‘ulot jarayonida unumli foydalanish; - olgan bilimlarni darsda va hayotda turli masalalarni hal etish amaliyotida mustaqil qo‘llay olish. Agar tinglovchidan kutilmagan holda topshiriqlarni mustaqil bajarish talab etilsa, u topshiriqlarni bajara olmasligi mumkin. Natijada tinglovchi o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Bunday holat sodir bo‘lmasligi uchun dastlab topshiriqlarni shu tahlitda berish kerakki, bunda sub'ekt topshiriqning biror qisminigina mustaqil bajarsin, so‘ngra o‘qituvchi bilan birgalikda natijalarning to‘g‘riligini tahlil qilib chiqsin. Topshiriqlarni bajarish jarayonida tinglovchilarda sababiy-tashkiliy (o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishning qadriyatli yo‘nalishlari, bilim, ko‘nikma, malakalari), mazmunli-protsessual (o‘quv faoliyatining mohiyatini bilish hamda bu faoliyat muvaffaqiyatli bo‘lishini belgilovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va tekshirish-baholash (mustaqil bilim olishda zarur sanalgan shaxs xususiyatlarini o‘zi baholash) kabi ko‘nikmalarning shakllanishi mustaqil fikrlash jarayonida majmuaviy ravishda shakllanib boradi. Tinglovchining faolligi ob'ektning o‘zi bilan ishlashga yo‘nalgan bo‘lsa, bunday hollarda ko‘proq bilish motivlarining har xil turlari haqida fikr yuritish mumkin. Tinglovchining faolligi mehnat davomida boshqa kishilar bilan munosabatga yo‘nalgan bo‘lsa, unda turli ijtimoiy motivlar mavjud deyish mumkin. Tinglovchilarning – dars mobaynidagi mustaqil ishlari bu texnologik va tashkiliy mashqlardir. Mashqlar puxta o‘ylab tuzilgan pedagogik jihatdan asoslangan amaliy tizimdan iborat bo‘lib, tinglovchilarda izchillik bilan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutishi kerak. Download 23.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling