TO‘LDIRUVChILARNI MEXANIK XUSUSIYaTLARI
To‘ldiruvchilarning mexanik xususiyatlari ham qiziqish uyg‘otadi, ayniqsa, bu to‘ldiruvchi asosida tayyorlangan beton yo‘l yopmalari konstruksiyalarida, ya’ni ekspluatatsiya jarayonida yuqori kuch ta’sirida bo‘ladigan elementlarda ishlatganda tadqiq etish zarur bo‘ladi. To‘ldiruvchining zarb ta’siriga qarshiligi, tog‘ jinslari asosida tayyorlangan silindr shaklidagi namunalarni sinash orqali aniqlanadi.
To‘ldiruvchining zarb ta’siriga qarshiligi sifatida standart girani tushish balandligi qabul qilinadi, bunda namuna buziladi. Tadqiqot o‘tkazish metodikasi Texnik shartlar ASTM D3-18 orqali bajariladi.
To‘ldiruvchining zarb ta’siriga qarshiligi va mustahkamligi xususiyatlari beton uchun muhim bo‘lib, bu betonlar yo‘l qurilishida va pollarni o‘rnatishda keng ishlatiladi. To‘ldiruvchilarni ishqalanishga bardoshligi silindr namunalarda, oldin keltirilganidek tog‘ jinslarini siqilishga mustahkamligini aniqlashga analogik holda bajariladi. Bu namunalar metall aylanuvchi ishqalanuvchi aylanma uskunada standart kvars qumi yordamida amalga oshiriladi.
3.1-jadval
Buyuk Britaniyada uchraydigan turli guruhga mansub tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlarining o‘rtacha kattaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |