1. Nazariy tadqiqotlar. Bunday tadqiqotlar turli manbalarda mavjud materiallarni, dalillarni o‘rganish va umumlashtirishga qaratilgan. Bunday tadqiqotlar uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga biologik ob’ektlarni real muhitda, faoliyatda o‘rganishlari va izlanishlari uchun keng ko‘lamda materiallar berishi, turli taxminlar tuzishiga imkoniyat yaratishi kerak. Bu esa o‘quvchilarda tadqiqot ishlarini olib borishga qiziqishni orttiradi va ularni mustaqil bilish faoliyatiga undaydi. 5-6-sinf o‘quvchilari tadqiqotning bunday shakli bo‘yicha ish olib borishni bemalol uddalay oladilar. Masalan, 6-sinfda o‘quvchilar dasturda berilgan “Cho‘l, to‘qay, adir, yaylov o‘simliklari” mavzusi bo‘yicha quyidagi tadqiqot ishlarini olib borishlari mumkin: Adir o‘simliklarining yashash muhitiga moslanishlari. Avstraliyalik “mirzaterak”. Bakteriyalar olamiga sayohat. Bakteriyalar bizga do‘stmi yo dushman. Cho‘l o‘simliklarining yashash muhitiga moslanishlari. Dorivor o‘simliklar. Fotosintez yoki yashil o‘simlikning buyuk siri. Hasharotxo‘r o‘simliklar. Insonning yashil do‘stlari. Kartoshkaning tarixi. Lishayniklar - atmosfera tozaligini aniqlovchi indikator. O‘simlik nomlarining siri. O‘simlik va inson munosabatlari. O‘simliklar - davlat ramzi. Rekordchi o‘simliklar. Sayohatchi o‘simliklar. G‘aroyib o‘simliklar. To‘qay o‘simliklarining yashash muhitiga moslanishlari. Yaylov o‘simliklarining yashash muhitiga moslanishlari. Zamburug‘lar saltanati. G‘aroyib parazit – raffleziya.
Tajribaga asoslangan (eksperimental) tadqiqotlar (kuzatishlar, amaliy mashg‘ulotlar, tajribalar). Tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini o‘quvchilar botanika darslarida olib boriladigan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish davomida hamda darsdan tashqari ishlar davomida hosil qiladilar. Mavzular: Kartoshka ko‘chatini chopiq qilishning ahamiyati. Mineral o‘g‘itlarning oshpiyoz rivojiga ta’siri. O‘simliklarni tuproqsiz o‘stirish. O‘simliklarning yuqori haroratga moslashuvi. O‘simlikning urug‘dan rivojlanishi. Organik o‘g‘itlarning lavlagi rivojiga ta’siri. Pomidor ko‘chatini xomtok qilishning ahamiyati. Tashqi muhit omillarining xona o‘simliklariga ta’siri. Xona o‘simliklari bargidan kislorod ajralishini o‘rganish. Yorug‘likning o‘simliklarga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |