4-mavzu: biologiyada foydalanadigan ko‘rgazmali, amaliy metodlar va ular tarkibiga metodlar hamda ularning turlari reja


Download 21.18 Kb.
bet5/5
Sana27.10.2023
Hajmi21.18 Kb.
#1727414
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu biologiyada foydalanadigan ko‘rgazmali, amaliy metodlar-fayllar.org

2. Tajriba-sinov ishlari. Tajribalar o‘tkazish o‘quvchilardan ma’lum bilimga ega bo‘lishni, bilimlarini amaliyotga qo‘llay olish mahoratini, sabr-toqat bilan ish olib borish kabi jihatlarning bo‘lishini talab etadi. Tajribalar o‘tkazish davomida o‘quvchilar mustaqil faoliyat olib borish ko‘nikmasini hosil qiladilar. Tajriba ishlari davomida o‘quvchilarda ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqish uyg‘onadi. Tajriba ishlarining maqsadi, mohiyati, rejasi, o‘tkazish tartibi, uning natijalari maxsus daftarga qayd etib boriladi.
3. Mustaqil kuzatishlar olib borish. Bu usul o‘quvchilarning bilishga qiziqishini shakllantiradi, bilimini chuqurlashtiradi, faolligini oshiradi hamda mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Mustaqil kuzatishlar orqali o‘quvchilar o‘simliklarning tuzilishini, o‘sishini, rivojlanishini, ularda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarni, o‘simliklarga ekologik omillarning ta’sirini o‘rganishlari mumkin. Mustaqil kuzatishlar tabiatda, maktab o‘quv-tajriba maydonida, tirik tabiat burchagida olib boriladi. Kuzatish ishlarining mazmuni, maqsadi, olib borish tartibi, natijalari maxsus daftarga qayd etib boriladi.
4. Amaliy ishlar. O‘quv yili mobaynida o‘rganiladigan materiallar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘simliklarni ekish, parvarishlash, ko‘paytirish, maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirish kabi ishlarni olib borishdan iborat bo‘ladi.
5. Ko‘rgazmalar, mavzuiy kechalar, musobaqalar tashkil etish. Bunday ishlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, mustaqil ravishda qo‘shimcha bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojlarini va qiziqishlarini rivojlantiradi. Masalan, o‘quvchilar o‘zlari uylarida parvarish qilgan xona o‘simliklarining ko‘rgazmasini tashkil etishlari mumkin. Bunda o‘quvchilar o‘zlari o‘stirgan o‘simlikning nomi, vatani, sistematikada tutgan o‘rni, parvarish qilish qoidalari, o‘simlikning ahamiyati kabi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadilar.
TALABALARNING O‘ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH TOPSHIRIQLARI

        1. Metod bu……..?


        2. Ko‘rgazmali metodlarning asosiy xususiyati nimalardan iborat?


        3. Amalaiy metodlarni tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratish zarur?




http://fayllar.org
Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling