4-mavzu: Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana28.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1136165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аs

1- misol. Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati
10 000 000 so‘m. 
Debet 0110-0190 “Asosiy vositalar”. 
Kredit 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”. 
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan ulush sifatida olindi. 
Boshlang‘ich qiymat 20 000 000 so‘m. Eskirish summasi 4 000 000 so‘m. Qoldiq qiymati 
16 000 000 so‘m. Asosiy vositaning kelishilgan qoldiq qiymatiga: 
Debet 0110-0190 16 000 000 so‘m. 
Kredit 4610 16 000 000 so‘m. 
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va umuman 
foydalanish holatiga keltirish bilan bogTiq hamma xarajatlar 0800-“Kapital qo‘yilmalar” 
schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va 
ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining boshlang‘ich qiymatini tashkil etadi. 
3- misol. a) Ko’lpyuter xarid qilindi 5 000 000 so‘m. 
Debet 0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”. 
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”. 
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan todov hisoblandi
100 000 so‘m. 
Debet 0820-“Asosiy vositalarni xarid qilish”. 
Kredit 6990-“Boshqa majburiyatlar”. 
d) Ko’lpyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi firmaga to‘lov 
hisoblandi 60 000 so‘m. 
Debet 0820 - “Asosiy vositalarni xarid qilish”. 
Kredit 6990 - “Boshqa majburiyatlar”. 
d) Ko’lpyuter uchun to‘lov o‘tkazildi 5 000 000 so‘m. 
Debet 6010 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”. 
Kredit 5110 — “Hisob-kitob schyoti”. 
e) Transport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 100 000 so‘m. 
Debet 6990-“Boshqa majburiyatlar”. 
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti”. 
f) O‘rnatish xizmati uchun firmaga to‘lov o‘tkazildi 60 000 so‘m. 
Debet 6990 - “Boshqa majburiyatlar”. 
Kredit 5110 - “Hisob-kitob schyoti”. 
f) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida asosiy 
vosita foydalanishga topshirildi. 
Debet 0150 5 160 000so‘m. 
Kredit 0820 5 160 000so‘m. 
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot jarayonlaridan biri 
hisoblanadi. Mehnat buyumlariga xo’lashyolar, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va 
boshqalar misol boiib, ularni xarid qilish baholari bilan birga tashish, keltirish, tushirish 
xarajatlari ham mavjudki, biz ularni transport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. 


Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va 
tayyorlov xarajatlari uigcinidisi tashkil etadi. 
Mehnat buyumlari hisobi 1000 —“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da 
yuritiladi. Mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu 
schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining 
haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari yig‘indisi sifatida 
aniqlanadi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling