4-mavzu: Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi


Tovar-moddiy zahiralarini baholash


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana28.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1136165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4-mavzu Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аs

 
5. Tovar-moddiy zahiralarini baholash 
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-bandiga muvofiq, materiallarni baholash quyidagi ikki 
bahoning eng pasti bo‘yicha —balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx bo‘yicha 
(sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish 
qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Materiallarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan 
xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: 
- materiallarning shartnoma qiymati; 
- boj to‘lovlari va yig‘imlari; 
- materiallarni sotib olishda qatnashgan ta’minotchi va vositachilarga to‘lanadigan 
komission haqlar; 
- materiallarni sertifikatlash va texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o‘tkazish 
xarajatlari; 
- transport-tayyorlov xarajatlari; 
- transportrovka qilish tavakkalchiliklarni sug‘urtalish xarajatlari. 
Materiallarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo‘lishini tasdiqlovchi boshlang‘ich 
hujjatlarga asoslanadi. Bu hujjatlarga hisobvaraq-faktura, qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasi, inventarlash dalolatnomasi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Xarid qilingan materiallarga haq to’lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish 
xarajatlari, o‘tkazmaIar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el 
valyutasida xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiyalash bo‘yicha komissiya va 
boshqa bank xizmatlari), materiallarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash
ro‘yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan 
bevosita bog‘liq bo’lmagan boshqa xarajatlar materiallarning tannarxiga kiritilmaydi, balki 
ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi. 
Materiallar kredit hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit (qarz)dan 
foydalanganlik uchun foizlar ko’rinishidagi xarajatlar uning hisobidan butkul yoki qisman 
sotib olingan materiallarning tannarxiga kiritilmaydi. 
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo‘yicha 
hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar qiymatiga kiritiladi: 
a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan badalning pul 
bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo‘shish). 
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) 
kiritish usulini ko‘p bo‘lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarga ega bo4gan 
tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining 
qiymati katta ahamiyatga ega bo’lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq; 
b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov 
xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga olib 


borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar 
tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr 
xarajatlariga kiritish. 
Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi foyda usuli va tovar-
moddiy zaxiraning chakana savdo usuli
2

Ishlab chiqarish zaxiralarining haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning 
quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi: 
1. Donalab baholash. 
2. FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga). 
3. O‘rtacha qiymat usuli (AVECO). 
Materiallarni hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob siyosatida belgilanishi 
lozim. 
Har bir birlik tannarxi usuli bo‘yicha alohida tartibda ishlatiladigan materiallar 
(qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar) baholanadi. 
Bunday materiallarning birligi odatda yagona namunada bo‘ladi. 
Materiallarni FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarish zaxiralar oy davomida va 
boshqa davrda ularni sotib olish ketma-ketligi bo‘yicha foydalaniladi degan taxmindan 
kelib chiqib hisoblangan bahoda amalga oshiriladi. Bu usul qo‘llanganda oyning oxiriga 
zaxirada turgan materiallarni baholash vaqtga ko‘ra oxirgi sotib olingan materiallarning 
haqiqiy tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ish va xizmatlar 
tannarxida esa vaqtga ko‘ra avval sotib olinganlarning tannarxi hisobga olinadi. 
O‘rtacha tortilgan qiymat (AVECO) usuliga muvofiq, har bir birlikning qiymati davr 
boshiga o‘xshash birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymatidan hamda davr mobaynida sotib 
olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklarning qiymatidan aniqlanadi. 
Materiallarning o‘rtacha qiymati davriylik asosida (davriy hisob) yoki har bir qo‘shimcha 
yetkazib berish jarayonida (uzluksiz hisob) hisoblanishi mumkin. 
4.2-jadval 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling