4-mavzu: Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi


Sotish (realizatsiya) jarayonining hisobi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana28.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1136165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аs

Sotish (realizatsiya) jarayonining hisobi. Sоtish (rеаlizаtsiya) jаrаyoni. Ishlаb 
chiqаrish jаrаyonidаn so’ng yarаtilgаn milliy dаrоmаdni tаqsimlаsh vа kеyingi ishlаb 
chiqаrishni аmаlgа оshirishdаn mаhsulоtlаrni sоtish fаzаsigа kеlаdi. Kоrхоnа 
mаblаg’ining аylаnishining bоshqа fаzаlаri muоmаlа sfеrаsidа аmаlgа оshirilаdi. 
Muоmаlа sfеrаsi kоrхоnаni mоddiy qiymаtliklаr bilаn tа’minlаsh vа tayyor mаhsulоtlаrni 
sоtish fаzаsidаn ibоrаt. 
4. Ta’minot jarayonining hisobi 
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni 
hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat: 
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan 
mehnat buyumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu 
ta’minotlar ham natura, ham pul o’lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining 
hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, 
ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatkichlari umumiy bajarilishi haqida 
ma’lumotlarga ega bo’linadi. 
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya 
hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning haqiqatdagi 
xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining 
ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy hajmini, balki xarajatlar alohida turlari 
ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi. 
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun 
zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag’lar 
quyidagilardan iborat: 
- uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar); 
- aylanma mablag‘lar (xo’lashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, pul mablag‘lari va 
boshqalar). 
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa va uzoq 
muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aksiya, obligatsiya, qarzlar, depozitlar va h.k). 
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi: 
a) sotib olish
b) ta’sischilarning hissasi tariqasida; 
c) bepulga olish
d) moliyaviy yoki operativ ijaraga olish. 


Asosiy vositalar hisobi 0100-“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi. Demak, 
asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin foydalanilgani va 
foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. Asosiy vositalarni kirim 
qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish” dalolatnomasida 
rasmiylashtiriladi. 
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar aks 
ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling