4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja
Harakat - materiyaning yashash sharti
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi
Harakat - materiyaning yashash sharti. Bizni qurshagan dunyoning yana
bir muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir. Tabiatning o‘zgaruvchanligi falsafa paydobo‘lishidan ancha oldin yaxshi ma’lum bo‘lgan, falsafa vujudga kelgach esa, masalalarning mazkur doirasi alohida o‘rganish predmet iga aylandi va vaqt o‘tishi bilan uning negizida falsafiy bilimlarning maxsus bo‘limi – dialektika yuzaga keldi. Uning (yaxlit ta’limot sifatidagi) ildizlari qadimgi yunon falsafasiga, xususan «Hamma narsa oqib, o‘zgarib turadi», «Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi» kabi mashhur iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob’ektiv borliqning turli-tuman miqdor va sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun «harakat» va «rivojlanish» kategoriyalari qo‘llaniladi. «Keng» ma’noda umuman har qanday o’zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni umuman o’zgarish sifatida tushunish harakat turlarining butun rang-barangligini uning muayyan bir turiga bog’lash to’g’ri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat shakllarining umumiy xususiyati va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora qiladi. «Umuman o’zgarish» deganda, bizning ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qat’iy nazar, ob’ektiv mavjud bo’lgan barcha o’zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi. O’z-o’zidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki ob’ektga nisbatan o’z-o’zidan harakat, o’z- o’zidan rivojlanish holati xos deb aytish o’rinli emas. CHunki, ushbu ob’ektni muayyan element sifatida o’z ichiga olgan tabiat o’z-o’zidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi. O’z-o’zidan harakat biron-bir narsaning unga ichdan (immanent tarzda) xos bo’lgan omillar ta’sirida o’zgarish va rivojlanish jarayonlarini ifodalovchi kategoriya sifatida amal qiladi. «O’z-o’zidan harakat» tushunchasi butun borliqning substantsional negizi sifatidagi materiya harakat va o’zgarish jarayoni yuz berayotganida o’z faolligining pirovard sababi sifatida amal qiladi. O’z- o’zidan harakat shakli sifatidagi faollik sirtdan olib kirilgan tashqi kuch sifatida tushunilmasligi kerak. SHu munosabat bilan: «Bu qanday yuz berishi mumkin?», degan savol yaxshi rivojlanmagan, nodialektik tafakkur uchun ancha mushkul masala hisoblanadi. SHakllanish jarayonini qadimgi mashhur «panta rei» – «hamma narsa oqadi» ta’rifida ifodalagan Geraklit an’anasiga, shuningdek, nemis faylasufi F.Gegelga xos yetuk metodologiyaga ko’ra, o’z-o’zidan harakatning
qarama-qarshi tendentsiyalari hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi, ayni vaqtda, inkor etuvchi o’zaro ta’sir sifatida tushuniladi. O’z-o’zidan harakat tabiatshunoslik va falsafaning eng qadimgi g’oyasi hisoblanadi. Uning yuzaga kelishi borliq harakatining sababini tushuntirish, o’z- o’zidan yuz berayotgan doimiy umumiy o’zgarishni tan olish asosida butun olamdagi o’zgarish jarayonlarining manbaini aniqlashga urinishlar bilan bog’liq. Antik falsafada barcha jismlarga xos bo’lgan, chetdan aralashuvsiz yuz beradigan tabiiy harakatni belgilovchi intilish to’g’risida atroflicha so’z yuritilgan. Dunyo zamirida materiya bilan uzviy bog’liq bo’lgan qandaydir intilish, qandaydir haqiqiy, lekin g’ayritabiiy kuch yotadi va uning o’z-o’zidan harakatiga turtki beradi, deb qaralgan. Ayni vaqtda, o’z-o’zidan harakat g’oyasi barcha faylasuflar tomonidan yakdillik bilan qabul qilinmaganini ham qayd etib o’tish lozim. Parmenidning: «Borliq mavjud, yo’qlik mavjud emas», degan mashhur tezisi barqarorlik, o’zgarmaslik, muayyanlikning mutlaqligini tan olishni anglatgan. Boshqacha aytganda, bunda o’zining boshqa holatiga aylanish sifatidagi o’z- o’zidan harakat g’oyasiga o’rin yo’q bo’lgan dunyo tan olingan. Keyinroq ta’riflangan neoplatonik Proklning tezisi uning muqobili sifatida amal qilgan. Prokl harakat, o’z-o’zidan harakat va harakatsizlikni farqlashni taklif qildi. U «Mavjud hamma narsalar yo harakatsiz, yo harakatdadir, – degan. – Agar narsa harakatda bo’lsa, u o’zi bilan o’zi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u o’zi bilan o’zi harakatda bo’lsa, o’z-o’zidan harakatda, boshqa narsa bilan harakatda bo’lsa – boshqacha harakatdadir. Binobarin, hamma narsalar yo harakatsiz, yo o’z-o’zidan harakatda, yo boshqacha harakatda bo’ladi» 5 .
SHunday qilib, o’z-o’zidan harakat g’oyasi dunyoni tushunish kontseptsiyalari maydonida bir necha muqobil yondashuvlar bilan birga amal qiladi. Butun borliqning to’xtovsiz harakati haqidagi tezis o’z-o’zidan harakat g’oyasining «sherik-raqiblari»dir. «Qarama-qarshiliklar birligi» sifatidagi rivojlanishdan farqli o’laroq, rivojlanishga «kamayish va ko’payish sifatida, takrorlanish sifatida» qarovchi yondashuv ikkinchi muqobilga aylandi. Birinchi
5 Prоkl // Vsеmirnaya ensiklоpеdiya. –M.: Sоvrеmеnniy litеratоr, 2001.-S.236. muqobil metafizik, ikkinchisi – dialektik kontseptsiya deb nomlandi va u mutlaqlashtiriladi. Sobiq sovet davri falsafasida bunday mutlaqlashtirish quyidagicha izohlangan: «Harakatning birinchi kontseptsiyasida o’z-o’zidan harakat, uning harakatlantiruvchi kuchi, manbai va sababi panada qoladi. Ikkinchi kontseptsiyada asosiy e’tibor aynan «o’z-o’zi»dan harakat manbaini bilishga qaratiladi. Birinchi kontseptsiya jonsiz, bo’sh, yuzaki. Ikkinchisi – hayotiy. Faqat ikkinchi kontseptsiya «butun borliq»ning o’z-o’zidan harakatini tushunib etish, «sakrashlar», «tadrijiylikning uzilishi», «qarama-qarshilikka aylanish», «eskining yo’q bo’lishi va yangining vujudga kelishi» mohiyatini anglash imkonini beradi» 6 . Aslida bu qarashlarni falsafiy tafakkur rivojida qo’lga kiritilgan yondashuvlar sifatida tushunish ma’qul. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling