4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi
Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada
«Substantsiya» kategoriyasi «substrat» (lot. – to’shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta’limotlarda atomlar ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o’ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, muayyan fizik jarayonlarning
hosil bo’lish va o’zgarish jarayonlarida o’zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo’ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo’lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o’zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo’lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi. Hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasining ontologik mazmuni o’zaro ta’sir sifatida tushuniladi. CHunki aynan o’zaro ta’sir dunyo yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning o’z-o’zini yakuni (causa finalis) hisoblanadi. Narsalarni substantsiyalilik nuqtayi nazaridan o’rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va o’zaro ta’sirlar nuqtayi nazaridan yoritish, demakdir. SHu ma’noda, substantsiyani ichki birlik nuqtayi nazaridan, uning cheksiz va rang-barang o’zgarishlaridan qat’iy nazar, qaraladigan ob’ektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo’q bo’luvchi tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtayi nazaridan yondashiladigan materiya sifatida ta’riflash mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling