4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja


Olamning  paydo bo’lishi  va  evolyutsiyasi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#242133
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi

Olamning  paydo bo’lishi  va  evolyutsiyasi. Notirik tabiat o’z shakllari va 

holatlarining  son-sanoqsizligi  va  rang-barangligi  bilan  aqlni  lol  qoldiradi.  U  turli 

jismlar,  predmet  lar,  zarralar,  gazlar,  maydonlar,  xossalar,  hodisalar  ko’rinishida 

amal qilar ekan, muttasil harakat va o’zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi.  

Dunyoning paydo bo’lishi va  evolutsiyasi  haqidagi  hozirgi ilmiy  tasavvurlar 

so’nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to’dalari, makro va 

mikrodunyoning  hayratomuz  rang-barangligi  haqida odamlar  XX  asrdagina xabar 

to’dilar.  Olamning  cheksiz  bo’shlig’i  qarshisida  bizning  dunyo  haqidagi 

tasavvurlarimiz  hozir  ham  dengizdan  bir  tomchi  bo’lib  tuyuladi.  Lekin,  shunga 

qaramay,  bugungi  kunda  biz  bilgan  va  tushungan  narsalar  butun  Olam  va  uning 

ayrim  qismlari  evolutsiyasi  va  muttasil  o’zgaruvchanligi  haqida  ancha  asosli 

xulosa chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda 

ma’lum  narsalar  vujudga  kelib,  o’z  borlig’ini  kasb  etadigan  va  qachondir  yo’q 

bo’ladigan,  ya’ni  o’zining  avvalgi  borlig’ini  yo’qotib,  modda  va  energiyaning 

saqlanish  qonuniga  binoan  boshqa  narsaga  aylanadigan  muttasil  davom  etuvchi 

jarayondir.  

      Notirik  tabiatning  hozirda  mavjud  bo’lgan  butun  rang-barangligi  o’z 

asosiga  ega,  ya’ni  u  qachondir  vujudga  kelgan.  Bu  fikrni  kengayib  borayotgan 

Olam  haqidagi  hozirgi  ilmiy  tasavvurlar  ham  tasdiqlaydi.  Biroq,  olimlar  fikriga 

ko’ra,  biz  yashayotgan  Olam  tarixi  boshlanishiga  asos  bo’lgan  Katta  ‘ortlash 

nazariyasi  dunyoning  mohiyati  va  uning  tuzilishi  xususida  yangi  va  yangi 

masalalarni kun tartibiga qo’ymoqda. Tabiiy fanlarning ma’lumotlari taxminan 15 

milliard  yil  muqaddam  ayrim  osmon  jismlari  mavjud  bo’lmagani,  bizning  Olam 

deyarli  bir  jinsli  kengayib  borayotgan  ‘lazmadan  tashkil  to’ganidan  dalolat 



beradi.  Endilikda  bir-biridan  uzoqlashayotgan  galaktikalar  tarkibiga  kiruvchi 

yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko’plab kosmik jismlar mavjud bo’lib, 

bu  galaktikalarning  to’dalarida  vaqti-vaqti  bilan  fanga  ma’lum  bo’lmagan 

sabablarga ko’ra ulkan tadrijiy va inqilobiy o’zgarishlar yuz beradi. 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling