4-mavzu. Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi
SHarqning buyuk mutafakkiri Forobiy
Download 50.09 Kb.
|
2-Borliq falsafasi (Ontologiya)
SHarqning buyuk mutafakkiri Forobiy “Fuqarolik siyosati” va “Fozil shahar odamlari” asarida borliq va uning ibtidosi masalasi haqida fikr yuritadi. Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi:
1. Birinchi holatdagi sabab. 2. Ikkinchi holatdagi sabab. 3. Uchinchi holatdagi aqli faol. 4. To‘rtinchi holatdagi instinkt. 5. Beshinchi holatdagi shakl. 6. Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy bu darajalarning har biriga ta’rif beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni ta’riflaydi. Unga ko‘ra, aynan “aqli faol”ga ko‘ra, insonning tabiiy, ma’naviy va ruhiy hayoti shakllanadi. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan foydalangan. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, er, suvni; shuningdek minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. SHu tariqa u tashqi dunyoning ob’ektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari SHarq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Ollohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. CHunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi3. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo‘lishi mumkin emas. Vujudi vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati harakat bilan bog‘liq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Download 50.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling