4-mavzu. Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi


Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi


Download 50.09 Kb.
bet5/14
Sana19.11.2023
Hajmi50.09 Kb.
#1787154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-Borliq falsafasi (Ontologiya)

Tasavvuf ta’limotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar o‘zlarining poetik asarlarida va mifologik g‘oyalarida borliq haqidagi bilimlarini bayon etganlar.
Poetik ontologiyada birinchidan, ramz, majozlar, qiyos va h.k. ko‘p. Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas, ko‘proq tuyg‘ularga yo‘nalgan. Ayniqsa, musiqa jo‘rligi, tasviriy san’at asarlarida namoyon bo‘lgan, «Aruz» vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan.
Uchinchidan, poeziya qalb faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan, tuyg‘ularga ta’sir etadi. Buni anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli, deyish mumkin. SHu ma’noda poeziyani tushunish uchun ongning mantiqiy (nazariy) tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya taqazo etiladi. CHiziqli (mantiqiy) tafakkurning yolg‘iz o‘zida esa, na intellektual va na estetik (hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. SHu ma’noda A.Navoiy aytganidek, majozlar haqiqatga ancha yaqinroq. To‘rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham aytilishi mumkin bo‘lmagan ba’zi g‘oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina etkazish vazifasini bajargan .
Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari. Nasafiy borliqni «Zubdat ul – Haqoyiq» «Haqiqatlar qaymog‘i» asarida Olami Kubro (katta, ulug‘ Olam, yunon falsafasidagi Makrokosm) va Olami sug‘ro (Kichik Olam, inson borlig‘i, yunon falsafasidagi Mikrokosm) ga ajratadi hamda ular orasidagi uzviylikni ko‘rsatadi. Asarning birinchi bobi Olami Kubro, (makrokosm, kosmos) uning kelib chiqishi, strukturasi va boshqa ontologik muammolarni yoritishga bag‘ishlangan.
YAngi davrda borliq masalasi. YAngi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma’nosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. YUzaga kelayotgan kapitalizm ta’sirida tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.
Spinoza (1632-1677) dunyo haqidagi monistik ta’limotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: Benedik Spinoza o‘z ontologiyasida Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo‘lib, uning asosiy atributlari ko‘lamlilik va fikrlashdir, degan g‘oyani ilgari suradi. SHunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo‘lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo‘ladi.

Download 50.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling