4-mavzu. Borliq falsafasi: Borliq tushunchasi va uning mohiyati


Download 114 Kb.
bet4/4
Sana07.04.2023
Hajmi114 Kb.
#1339776
1   2   3   4
Materiya harakatining kompleks shakllariga (astronomik metagalaktika - galaktika - yulduzlar - sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan iborat), geografik (litosfera, gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik, kimyoviy, biologik 1470 TD.va ijtimoiy shakllarini o‘z ichiga oladi) shakllar kiradi. Materiya harakati kompleks shakllarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularda pirovard natijada materiyaning quyi shakli -fizik materiya etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi,gravitatsiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi, geografik qonunlar fizik va kimyoviy shartlar hamda Er yuqori qatlamlarining o‘zaro nisbatlari bilan belgilanadi.
Makon va vaqt falsafa tarixida. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek, ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda, ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ular ning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu, avvalo, inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero, ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakl lar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish - substansional va relyasion yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo ‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida amal qiladi. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis oqadi, deb hisoblangan. Makon ob’ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin, u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy.
Makonning uch o‘lchovligi. Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim.Biz makroskopik tajribada ko‘radigan ob’ektlar uch o‘lchovli ko‘lamlilikka - uch o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega.
Xulosalar. Hozirgi zamon olimlari materiya harakatining texnik, kibernetik va informatsion shakllari to‘g‘risida so‘z yuritmoqdalar. Bu masalalar ko‘p jihatdan bahs lidir. Ammo shu narsa shubhasizki, ob’ektiv borliqni yanada chuqurroq o‘rganish na faqat mavjud tasniflarning mufassallashuvi va takomillashuviga, balki materiya harakatining yangi shakllari to‘g‘risidagi g‘oyalar va nazariyalar paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Zero, har bir shakl butun olam universal rivojlanish jarayonining imkoniyatlaridan birini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b

  2. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 56 b.

  5. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.

  6. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 2 nashr -T.:Ma’naviyat, 2016 176-b.

  7. Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. - T.: O’FMJ, 2006. 339 b.

  8. Shermuxamedova N.A. Falsafa. - T.: Noshir, 2012. 1214 b.

  9. Falsafa asoslari. Q.Nazarov tahriri ostida. -T.: «SHarq», 2005 y.






1 Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века // Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. -СП(б).: 1997 г. с. 93.







Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling